Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- Don xo’jaligi
Tayanch tushunchalar: Agrosanoat, agrobiznes, yer resurslari,
renta, agrofirma, agrar munosabatlar. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Agrosanoat deganda nimani tushunasiz? 2. Agrosanoatning tarkibiy qismlarini aytib bering. 3. Agrobiznes nima? 82 4. Agrobiznesning turlarini izohlang. 5. Agrar munosabatlarni tushuntiring. 6. Renta nima? 7. Renta turlarini ayting. 8. Agrofirma deganda nimani tushunasiz? 9. O’zbekistonda agrosanoat majmui qaysi tarmoqlarga asoslangan. Nima uchun? 10. O’zbekiston agrosanoat tarmoqlarining kelajagini qanday izohlaysiz? FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. A.Ulmasov, M.Sharifxo’jaev. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, 1995 yil. 2. Ro’ziev A « Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish asoslari» Toshkent. 1990 3.A.S.Soliev «Iqtisodiy geografiya asoslari» ma’ruza matni 4.O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi Assonov G, Nabixonov M, Safarov I. Toshlkent 1994 yil 5.X.Vaxobov, M. Tillaboeva «iqtisodiy geografiya asoslari» Toshkent, 2001 yil Mavzu: DEHQONCHILIK TARMOQLARI GEOGRAFIYASI REJA: 1. Umumiy ma’lumotlar. 2. Donli ekinlar. 3. Texnika ekinlari. 4. Bog’dorchilik. 5. Sabzovotchilik va polizchilik. Dehqonchilikka don xo’jaligi, texnik ekinlar va kartoshka yetishtirish, sabzavotchilik, polizchilik, bog’dorchilik va uzumchilik kiradi. Don xo’jaligi Don xo’jaligi aholini don bilan, chorvachilikni esa ozuqa bilan ta’minlaydi. Don ekinlariga bug’doy, javdar, makkajo’xori, suli, arpa, grechka, sholi va dukkakli don ekinlari kiradi. Bug’doy jahon aholisining deyarli yarmi uchun asosiy oziq manbai bo’lib hisoblanadi va don ekinlarining 28 foizini tashkil qiladi. Bug’doy 83 pastroq haroratda o’sa boshlaydi, «qora» sovuqqa birmuncha chidamli, o’sish davri qisqa. Qurg’oqchilikka chidamli emas, ammo erta o’sa boshlagani va yetilish davri qisqa bo’lgani uchun yoz quruq va issiq bo’ladigan rayonlarda ham yetishtiriladi. Bug’doy 70 dan ortiq mamlakatda yetishtiriladi, ammo uning 80 foizi faqat to’rtta davlatda yetishtiriladi: Xitoy, AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliya, Xindistoi, Rossiya. Eng yirik bug’doy ekiladigan mintaqalar AQSH va Kanada dashtlaridadir. Makkajo’xori ham don, ham oziq sifatida yetishtiriladi. Ertapishar o’simlik, 10—12° haroratda o’sa boshlaydi, sovuqqa chidamsiz, sug’orilsa juda yuqori hosil beradi. Jahonda yetishtiriladigan donli ekinlarning 25 foizini tashkil qiladi. Makkajo’xori yetishtirish bo’yicha AQSH dunyoda birinchi o’rinda turadi. Jahon bozoriga yetishtirilgan maxsulotning 10—15 foizi chiqariladi. Makkajo’xori eksport qiladigan davlatlar AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliya, Frantsiya; import qiladigan davlatlar G’arbiy yevropa davlatlari, Yaponiya, Rossiya. Sholi ham insoniyatning yarmi uchun asosiy oziq manbai bo’lib hisoblanadi va jahonda yetishtiriladigan don ekinlarida uning salmog’i 25 foizni tashkil qiladi. Suvni ko’p talab qiladi, 12—15° haroratda o’sa boshlaydi, tropik kengliklarda ko’proq ekiladi. Shu sababli, sholining 90 foizi Janubiy va Janubi-Sharqiy hamda Sharqiy Osiyo davlatlarida yetishtiriladi. Jahonda yetishtiriladigan sholining 38 foizi Xitoyda, 20 foizi Xindistonda ekiladi. Bundan tashqari, Yaponiya, Indoneziya, Bangladesh, Tailand, Filippin davlatlarida ham asosiy don ekini hisoblanadi. Javdar hozirgi paytda kamroq ekiladi, u sovuqqa, qurg’oqchilikka chidamli, past haroratda o’sa boshlaydi, tez pishadi. Shimoliy o’lkalarda ko’proq ekiladi. Suli va arpa erta pishadi. Arpa past haroratda o’sa boshlaydi, «qora» sovuqqa chidamli, tez pishadi. Suli ham past haroratda rivojlana boshlaydi, ammo o’sish davri uzoqroq, qurg’oqchilikka chidamsiz. Nordon tuproqlarda ham o’sa beradi. Shimoliy o’lkalarda arpa sulidan ko’proq ekiladi, chunki «qora» sovuqqa chidamli va tezpishar bo’lganligi uchun qisqa yoz sharoitida pishib yetiladi. Arpa shuningdek tog’larda ham ko’p ekiladi. Tariq birmuncha yuqori haroratda rivojlana boshlaydi, sovuqqa chidamsiz, qurg’oqchilikka chidamli. Quruq dasht, mo’l va chala cho’llarda ko’proq ekiladi. 84 Grechixaning o’sish davri qisqaroq, (70—85 kun), rivojlanish harorati 8°. Shuning uchun kech ekiladi. Asosan o’rmon zonasining janubiy qismida ekiladi. Dukkakli don ekinlariga no’xat, mosh, loviya, yasmiq kiradi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling