Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

Texnika ekinlari 
Sanoatda xom ashyo sifatida ishlatiladigan qishloq xo’jalik ekinlari 
texnik ekinlar deb ataladi. 
Texnik ekinlar sanoatni turli tarmoqlariga: to’qimachilik (tolali 
ekinlar), yog’ sanoatiga (moyli ekinlar), kand sanoatiga (shakar moddasi 
bor ekinlari), oziq-ovqat sanoatining boshqa ba’zi bir tarmoqdariga (choy, 
), tamaki va farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo beradi. 
Tolali ekinlar, asosan to’qimachilik sanoati uchun xom ashyo beradi 
va unga paxta, zigir hamda kanop kiradi. 
Paxtachilik. Paxta to’qimachilik sanoati uchun asosiy xom ashyo 
hisoblanadi. Chigit birmuncha yuqori haroratda (15°) unib chiqadi, o’zoq 
rivojlanadi, shonalaydi, gullaydi va ko’sak tugadi. G’o’za 25—30° 
haroratda yaxshi rivojlanadi. 17—20° haroratda rivojlanishi susayadi. 
Shuning uchun u issiqsevar va yorug’sevar o’simlik hisoblanadi. Paxta 
mo’tadil 
mintaqaning 
janubiy 
qismlarida, 
tropik 
ia 
subtropik 
mintaqalarning sug’oriladigan yerlarida etishtiriladi. Jahonda yiliga 15—
17 mln.t. paxta tolasi yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiradigan davlatlar 
quyidagilar: Xitoy, AQSH, Xindiston, O’zbekiston. 
Zig’irchilik. Zig’ir pastroq haroratda o’sa boshlaydi, shuning uchun 
ham erta ekiladi, o’sish (rivojlanish) davri qisqa. Shu hossalari bilan zig’ir 
qurg’oqchil xududlarda yaxshi moslashgan bo’lib, tuproq qatlamidagi 
baxorda to’plangan namdan foydalanib, quruqroq mavsum boshlanguncha 
o’z taraqqiyotini tugallay oladi. Ammo ushbu hossalari uni shimoliy 
rayonlarda ham keng tarqalishiga imkon beradi. Yoz salqin, yomg’irli va 
bulutli bo’ladigan rayonlardagina zig’ir yaxshi sifatli tola beradi va hosili 
yuqori bo’ladi. Bunday rayonlarda zig’irning poyasi uzun va 
shoxlamaydigan navlari ekiladi. Dasht zonasining yoz quruq va issiq 
keladigan joylarida esa zig’irning poyasi kalta va sershox navlari ekiladi, 
bu navlardan asosan moy olinadi. 
O’rmon zonasida, ya’ni namgarchilik yuqori bo’lgan shimol va 
g’arbda zig’ir juda yuqori hosil beradi. Eng shimoldagi rayonlarda 
zig’irdan yuqori sifatli tola olinadi. Zig’ir asosan qumoq tuproqlarda 
yaxshi rivojlanadi. 


85 
Kanopchilik. Kanop tolasidan arqon, kanop, dag’al gazlama 
tayyorlanadi. Ushbu o’simlikning geografik tarqalishi juda keng. Zig’ir 
kabi kanop ham turli iqlim mintaqalarida yetishtiriladi. Kanopning 
shimoliy va janubiy navlari bor. Shimoliy navlari o’rmon dasht zonasida 
ko’proq ekiladi. Ushbu joylarda yog’in nisbatan ko’p va kanop o’simligi 
sevadigan qumoq tuproqlar ko’proq tarqalgan (Masalan, O’rta Rossiya va 
Volga bo’yi qirlari). Kanopning janubiy navi mo’tadil mintaqaning 
janubida va subtropik mintaqada keng tarqalgan (O’rta Osiyo va Kavkaz 
davlatlarida va h.k.) 
Kauchuk (kau — daraxt, uchu — oqish; tupi tilida) tanasidan juda 
ko’p tabiiy kauchuk olinadigan sharbati (lateks) bor daraxtdir (geveya, 
gvayula va h.k.)- Tabiiy kauchukning asosiy qismi Janubi-Sharqiy Osiyo 
davlatlarida (Malayziya, Indoneziya, Tailand) yetishtiriladi. 
Moyli ekinlar. Moyli ekinlarga paxta, zig’ir, kungaboqar, serept 
gorchisasi, soya, rijik, kunjut, tung va zaytun daraxti, araxis kiradi. Bir 
qancha ekinlar faqat moy olish uchun ekiladi. Ekinlarning moyi turli 
maqsadlarda ishlatiladi. Moyli o’ruklarning chiqindisi (kunjarasi) chorva 
mollari uchun to’yimli oziqa bo’lib hisoblanadi. 
Kungaboqar Rossiya va Ukrainada ko’proq ekiladi. Bir oz issiqsevar, 
qurg’oqchilikka chidamli, yog’ingarchilik kamroq bo’ladigan rayonlarda 
yetishtirsa bo’ladi. Jahonda kungaboqar yetishtirish bo’yicha Rossiya 
yetakchi o’rinda. 
Soya yetishtirish bo’yicha jaxonda AQSH birinchi o’rinda turadi, 
asosan moy olish uchun ekiladi. Araxis yetishtirish bo’yicha Xindiston 
yetakchi bo’lib, asosan moy olish uchun ekiladi, shuning uchun bu davlat 
araxis moyi ishlab chiqarish bo’yicha ham jahonda yetakchi. Zaytun 
daraxtidan yog’ olish bo’yicha Italiya birinchi o’rinda. Kunjut issiqtalab 
bo’lib, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarida ko’proq ekiladi. Ovqatbop 
yuqori sifatli moy beradi. 
Shakar olinadigan o’simliklar. Bunday o’simliklarga shakarqamish 
va qand lavlagi kiradi. Shakarqamish tropik mintaqada ko’proq 
yetishtiriladi (Markaziy Amerika, Janubiy Osiyo). Jahonda shakarqamish 
yetishtirish bo’yicha Braziliya (250 mln t), Xindiston (170 mln t), Kuba 
(70 mln t), Xitoy (50 mln t) va Meksika (40 mln t) yetakchi o’rinlarda 
turadi. 
Qand lavlagi asosan shimoliy mo’tadil mintaqada yetishtiriladi 
(Shimoliy Amerika, Yevropa). Qand lavlagi yetishtirish bo’yicha quyidagi 
davlatlar yetakchi: Ukraina (45 mln t), Rossiya (30 mln t), Frantsiya (30 
mln. t), Polsha (26 mln. t), AQSH (23 mln. t). 


86 
Tamakichilik mo’tadil mintaqaning janubiy qismi va tropik 
mintaqalarda rivojlangan (Lotin Amerikasi, Markaziy Osiyo, Janubiy va 
Janubi-G’arbiy Osiyo davlatlari). Choy subtropik va tropik mintaqalarda 
yetishtiriladi (Xindiston, Xitoy, Shri-Lanka, Indoneziya va h.k.). 
Kartoshka yetishtirish. Kartoshka asosan mo’tadil mintaqada 
yetishtiriladi (Shimoliy Amerika va yevropa davlatlari). Kartoshka 
yetishtirish bo’yicha Rossiya, Polsha, Xitoy yetakchi o’rinlarda turadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling