Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

 


100 
Ko’l transporti 
Bu ham ichki suv transportining bir turi. Yuk va yo’lovchilarni tabiiy 
(ko’l) va sun’iy suv yo’llari bilan tashiydi. Daryo kemalariga nisbatan 
to’lqinga chidamli kemalar ishlatiladi. 
Jahonda ko’l transporti eng rivojlangan rayon AQSH va Kanada 
xududida joylashgan Buyuk ko’llardir. Buyuk ko’llar Atlantika okeani 
bilan chuqur Avliyo Lavrentiy daryosi orqali bog’langan. Afrikada ko’l 
transporti Nyasa, Tanganika, Viktoriya va Albert ko’llarida, yevrosiyoda 
Kaspiy, Balxash, Baykal, Onega, Ladoga ko’llarida rivojlangan. Orol 
dengizining qurishi munosabati bilan u yerda hozir ko’l transporti yo’q. 
Bundan tashqari, yirik suv omborlarida ham ko’l transporti rivojlangan. 
Xavo transporti 
Aloqa (pochta, yuk va yo’lovchilarni havo yo’li orqali samolyotlarda 
tashiydigan, XX asrda tashkil topgan eng yosh transport turi. Asosiy 
tarkibiy qismlari: aeroport, samolyot va havo yo’llari, aeroport bu 
yo’lovchi va transport aviatsiyasining muntazam ishlashini: ta’minlash 
uchun qurilgan va havo yo’llarida joylashgan doimiy aerodrom. 
Aeroportlar: xalqaro (turli mamlakatlar samolyotlarini qabul qilishga
ularga xizmat ko’rsatishga va jo’natishga mo’ljallangan); asosiy, ya’ni 
samolyotlarni doimiy turishiga mo’ljallangan; boshlang’ich (reyslar 
boshlanadigan); oraliq; oxirgi va extiyoj (majburiy qo’nish uchun) 
guruhlarga bo’linadi. 
Bu transport turi eng qimmatliligi, tezligi va relefga kam bog’liqligi 
bilan ajralib turadi. Yo’lovchi tashishda uning ahamiyati nixoyatda katta. 
Unda tashiladigan yuklarning ancha qismi shoshilinch va qimmatbaxo 
bo’ladi. 
Aviatsiya transporti qishloq va o’rmon xo’jaligida ham qo’llaniladi. 
U dengiz va okeanlarda baliqchi kemalarda baliq ovlash rayonlarini 
qidirishda yordam beradi. 
Aviatsiya transporti jahonning asosiy transport turlaridan biriga 
aylanib qoldi. Chunki uning eng muhim afzalligi tezligidir. Hozirgi paytda 
eski porshenli samolyotlar o’rniga turbovintli samolyotlar ko’proq ishlab 
chiqarilmoqda. Oxirgi paytlarda ko’p yo’lovchi tashiydigai (500 
yo’lovchiga mo’ljallangan) «Boing-747» (AQSH), «Il-86» (Rossiya), «A-
310» (GFR—Frantsiya—Buyuk Britaniya), tovushdan tez uchadigan 
«Konkord» 
(Frantsiya—Buyuk 
Britaniya) 
samolyotlari 
ishlab 


101 
chiqarilmoqda. O’zbekistonda o’rta masofalarga uchuvchi «Il-114» 
magistral samolyoti, Il-76 TD yuk tashishga mo’ljallangan samolyotlar 
ishlab chiqarish yo’lga qo’yilmoqda. 
Jahon aviatsiya transportining 50 foizi AQSHga to’gri keladi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling