Саноат ва кишлок хужалик асослари ма
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi
Quruqlik transporti
Quruqlik traisportiga temir yo’l, Avtomobil va ot-ulov transporti kiradi. Temir yo’l transporti U transportning yuk va yo’lovchilarni parovoz, teplovoz va elektrovozlar bilan temir yo’lda tashuvchi turidir. Birinchi temir yo’l transporti (parovoz) Buyuk Britaniyada 1825 yilda qurilgan. O’zbekistonda temir yo’l qurilishi 1890 yildan boshlandi, 1899 yili Samarqand—Andijon, 1906 yilda Orenburg—Toshkent temir yo’li qurib bitkazildi. Temir yo’l transportining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: teplovozlar, elektrovozlar va vagonlar deposi; vokzallar; temir yo’llar. Temir yo’l transporti — iqlim sharoitlari va yil fasllariga bog’liq bo’lmay, hamma vaqt faoliyat ko’rsata beradi. Uning tezligi katta, yuk tashish tannarxi past. Ilmiy- texnika taraqqiyoti temir yo’l transportiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Masalan, Frantsiyada poezdlar tezligi bo’yicha rekordlar o’rnatilgan. Bu yerda poed tezligini 1955 yilda — 331 km/soatga, 1981 yilda 380 km/soatga, 80-yillarning oxirida esa 515 km/soatga yetkazilgan. Oddiy tezyurar poezdlarning tezligi soatiga 200— 300 km. Parij—Bordo temir yo’lida qatnaydigan eng tezyurar poezdning tezligi 350 km/soat. 93 Jahonda temir yo’llarning umumiy uzunligi taxminan 1,2 mln. km, ammo uning 50 foizi oltita maydoni katta davlatlarga to’gri keladi (AQSH, Rossiya, Kanada, Xindiston, Xitoy, Avstraliya). AQSH temir yo’llarning umumiy o’zunligi bo’yicha jahonda birinchi o’rinda turadi. Temir yo’llarning zichligi bo’yicha G’arbiy yevropa davlatlari va AQSH yetakchi. Temir yo’llarning zichligi deganda 100 km 2 maydonga to’gri keluvchi temir yo’l uzunligi tushuniladi. Bu ko’rsatkich G’arbiy yevropada 10 km ga teng. Rivojlangan davlatlarda temir yollarning deyarli hammasi elektrlashtirilgan va ular ikki yo’lli. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling