Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Yerdan haq to’lash sharti bilan ma’lum muddatda foydalanish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

Yerdan haq to’lash sharti bilan ma’lum muddatda foydalanish 
yuzasidai kelib chiqqan iqtisodiy aloqalar ijara munosabatlari 
deyiladi. Yer egasi ijaraga beruvchi, yerni ishlatuvchi esa ijaraga oluvchi 


77 
bo’ladi. Ularning munosabati ijara bitimi bilan qonunlashtiriladi. Ijara 
mulk egasini o’zgartirmaydi, ammo ijarachi yerining mulkdori bo’lmasa-
da, mutasqil xo’jalik yurita oladi, ijara muddati davomida yerdan 
foydalanish uning ixtiyorida bo’ladi. Yerdan qanday foydalanish, nimani 
va qancha yetishtirish, kimga sotish, kimdan qarz olish, resurslarni 
qaerdan topish - bular ijarachining o’z ishi hisoblanadi. Uning vazifasi yer 
egasi bilan aloqasi vaqtida ijara haqini to’lab turishdan iborat bo’ladi. 
Ijaraga ko’lidan kelganicha boylik orttirishi mumkin, tushgan daromadni 
mustaqil taqsimlaydi va ishlatadi, boshqa iqtisodiy sub’ektlar bilan aloqa 
qiladi. Ijarachi erkin xo’jalik yurituvchi bo’lganidan ish yuzasidan bo’lgan 
majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi, o’rnatilgan tartib-qoidalarga rioya 
qiladi. Ijarachi yerga mablag’ soladi, yerda tadbirkorlik yuritib, foyda 
ko’radi, o’z manfaatiga erishadi. Yer egasi ham ijara haqi olib manfaatini 
yuzaga chiqaradi, ya’ni mulki unga daromad keltiradi. yerdan 
foydalanganlik uchun uning egasiga to’lanadigan haq renta deyiladi. 
Renta mohiyatan qishloq xo’jaligidagi qo’shimcha mahsulotning yer 
egasiga tekkan qismidir. Yerda ishlovchilar mehnati ham qo’shimcha 
mahsulot yaratadi, uning qiymati mahsulotning bozor narxiga kiradi. 
Maxsulot sotilganda xaridorlar shu mahsulot ekvivalentini (unga teng 
pulni) to’laydilar, binobarin, uning qiymati pul shakliga kiradi va shu 
hisobdan renta to’lanadi. 
2. Renta turlari 
Renta yerga bo’lgan mulkning iqtisodiy realizatsiyasi, ya’ni amalga 
oshishidir. Yer egasi manfaati yuzaga chiqishi uchun u o’z uchastkasini 
ishga solib, pul topishi kerak bo’ladi. U o’z yerida dehqonchilik qiladi
korxona yoki har xil xo’jalik, turar-joy binolarini quradi, yerni ijaraga 
beradi, uni sotadi yoki garovga qo’yib, pul oladi va shu pulni ishlatadi. 
Yerni ishlatishning bir-biridan farq qiladigan muqobil usullari ko’p. Bu 
usullardan qay birini tanlash yer egasining ishi. Albatta, mulkdor o’z 
manfaatidan kelib chiqqan holda, o’zi uchun eng qulay usulni tanlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti tizimida yerni ishlatishdagi (keng tarqalgan usul uni 
ijaraga berib, renta olishdir. 
Renta turlari ko’p, jumladan, absolyut (mutlaq), differensial, 
monopol renta, qurulish uchastkalaridan va undirma sanoatda olinadigan 
renta kabilar uning ko’rinishlaridir. Ularning hammasi yerga kapital 
ko’yilib, mehnat sarflanishi natijasida keladigan va yer egasiga tegadigan 
daromaddir. 


78 
Absolyut renta yer uchastkalarining sifatidan qat’i nazar yer mulk 
bo’lgani uchun uning egalari oladigan renta. Mazkur renta hamma 
yerlardan olinadi, lekin miqdoran yomon va hatto eng yomon yerlardan 
olingan rentaga teng bo’ladi.
Differensial (tabaqalashgan) renta yerning sifatiga qarab olinadigan 
va rentaning absolyut rentadan ortiqcha bo’lgan qismidir. Yer sifatining 
har xil bo’lishi, ya’ni tuproqning unumdorligidagi farqlar uni yaratadigan 
omildir. Tuproq hosildorligi ikki xil bo’ladi: tabiiy va iqtisodiy. Tabiiy 
hosildorlik tuproqning ximiyaviy va fizikaviy xossalari bo’lib, uni tabiat 
in’om etgan. Xalq tilida oriq yer, semiz yer degan tushuncha qo’llanishi 
bejiz emas, albatta. Yerning hosildorligi tabiatan har xil bo’lganidan, yerga 
sarflangan bir miqdordagi resurslar turlicha natija beradi. Yerning sifatiga 
qarab, muayyan miqdordagi moddiy va mehnat resurslari sarflangan holda, 
turlicha yalpi hosil olinadi. Masalan, 100 birlikka teng resurs sarflangan 
holda «A» uchastkasidan har gektariga 40 sentnerdan, «V» uchastkasida 
30 sentierdan bug’doy olinadi. Hosildorlikdagi farqqa qarab renta ham 
tafovutlashadi. 
Tuproqning iqtisodiy hosildorligi yerga qo’shimcha resurs sarflash, 
ishlov berish orqali, uning sifatini oshiradi, unumdorligini ko’tarishni 
bildiradi. Iqtisodiy hosildorlikni tabiat emas, balki fan-texnika yutuqlari 
va mehnat in’om etadi. Iqtisodny hosildorlikni oshirib borish cheksiz 
emas, albatta. Yerga sarflangan qo’shimcha resurs hosildorlikni ma’lum 
chegaraga qadar oshira oladi. 
Shu doirada renta ham farqlanadi. Gap shundaki, qo’shimcha resurs 
sarfiga nisbatan hosildorlik ma’lum darajada o’sadi, keyinchalik u 
o’smaydi. Differensial rentaning (dif. renta) o’zi differensial renta I va 
differensial renta II dan iborat bo’ladi. Differensial renta I tuproqning 
tabiiy hosildorligiga va yer uchastkasining joylashuviga qarab olinadi 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining bozor narxi bir xil, ammo 
o’rtacha xarajatlar esa yerga qarab, har xil bo’lganligi sababli, bozor 
narxiga asos bo’lgan yomon yerdagi xarajatlar bilan boshqa sifatliroq 
yerdagi xarajatlar o’rtasidagi farq dif. renta I ni paydo qiladi. 
Differensial renta II – tuproqning iqtisodiy hosildorligi natijasidir. 
Yerga qo’shimcha mablag’ sarflab, unga ishlov berish orqali hosildorlikni 
oshirish natijasida olinadigan renta dif. renta II bo’ladi. Tuproqning tabiiy 
imkoniyatlari doirasida yerga mablag’ sarflash hosildorlikni ma’lum 
me’yor darajasida oshiradi, o’rtacha xarajatlarni kamaytiradi. Mablag’ 
sarfini samarali ishlatishiga qarab, turli xo’jaliklarning individual 
xarajatlari tabaqalashadi. Bozor narxi bir xil bo’lib, xarajatlarning har xil 


79 
bo’lishi yerga yaxshi ishlov bergan xo’jaliklarda dif. renta II ni hosil etadi. 
Bunda tuproqning tabiiy emas, balki iqtisodiy hosildorligidagi tafovutlar 
rentani yuzaga kelitiradi. 
Dif. renta II mohiyatan qo’shimcha sarflar keltirgan qo’shimcha 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling