Саноат ва кишлок хужалик асослари ма


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/42
Sana14.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1459719
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
sanoat va qishloq xojalik geografiyasi

 
 
 
 


68 
Mavzu: QISHLOQ XO’JALIK GEOGRAFIYASI 
REJA: 
1.
 
Umumiy tushunchalar. 
2.
 
Dehqonchilik. 
3.
 
Chorvachilik. 
4.
 
Qishloq xo’jaligini xududiy tashkil etilishi va tabiiy zonalari buyicha 
ixtisoslashuvi. 
Qishloq xo’jalik geografiyasi qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi 
joylashuvining xududiy muammolari va asosiy qonuniyatlari bilan 
shug’ullanadi. 
Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi inson xo’jalik faoliyatining ilk va 
eng qadimgi shakllaridan biri hisoblanadi. 
Sanoatdan farq qilib, qishloq xo’jaligi bir kancha o’ziga xos 
hususiyatlarga ega. Birinchidan, u rel’ef, iqlim va qo’proq sharoiti turlicha 
bo’lgan maydonlarda olib boriladi. Ikkinchidan, qishloq xo’jaligi 
mavsumiydir. 
Uchinchidan, 
tabiiy 
sharoit 
qishloq 
xo’jaligining 
rivojlanishiga, joylashishiga va ixtisoslashuviga juda katta ta’sir qiladi.
Qutbiy mintaqalarda juda ko’p joylar qor bilan qoplanib yotganligi 
uchun hozircha xo’jalikda foydalanilmaydi. Bu o’lkalarning janubida va 
shimolida bug’uchilik rivojlangan. Mo’tadil mintaqaning igna bargli 
o’rmonlari ham qishloq xo’jaligini yuritish chegaralangan. Faqat ushbu 
o’rmonlarning janubiy qismining ochiq yerlarida bir oz dehqonchilik 
qilinadi, ammo yoz (issiq) mavsumining qisqaligi dehqonchilikni 
rivojlantirishni cheklab qo’yadi. Umuman, o’rmon zonasining (tayga, 
aralash va keng bargli) asosiy hususiyati yog’ingarchilikning ko’pligi, 
yozgi haroratning nisbatan pastligidir. Shu sababli, bu yerlarda 
dehqonchilikning 
ayrim 
tarmoqlari 
rivojlangan 
(zig’irchilik, 
kartoshkachilik, oziq o’simliklari va pichanbop o’simliklar yetishtirish). 
Ammo tuproqlari unumdor, o’simliklar asosiy oziqni tuproqdan oladi. 
Jahon bo’yicha o’rmon-dasht, dasht, chala cho’l va cho’l (voxalarda) 
zonalari asosiy ekin ekiladigan yerlar hisoblanadi. O’rmon-dasht va dasht 
zonasida eng hosildor bo’lgan qora tuproqlar tarqalgan, shuning uchun 
ushbu zona yuqori o’zlashtirilgan xudud hisoblanadi. Chala cho’l va cho’l 
zonalarida sugorma dehqonchilik rivojlangan. Bu yerlarda musbat 
haroratlar yigindisi yuqori bo’lgani uchun issiqsevar ekinlar qo’proq 
yetishtiriladi. 


69 
Tabiiy sharoit qanday bo’lishidan qat’i nazar, qishloq xo’jaligining 
rivojlanish darajasi sarf qilingam mehnatning miqdori va sifatiga, texnika 
va o’gitlardan foydalanish darajasiga bog’liq. Ushbu ko’rsatkichga qarab, 
qishloq xo’jaligi ekstensiv va intensiv xo’jalikka bo’linadi. 
Qishloq xo’jalik maxsulotlarini ekin maydonlarini kengaytirish va 
chorva mollari sonini oshirish hisobiga yetishtirish ekstensiv xo’jalik deb 
ataladi. 
Insoniyat tarixining juda katta davri mobaynida qishloq xo’jaligi 
asosan ekstensiv yo’l bilan rivojlandi. Yangi yerlar ko’pincha o’rmonlar 
hisobiga kengaytirilgan. Hozirgi davrda ham juda ko’p rivojlanayotgan, 
kam rivojlangan davlatlarda qishloq xo’jaligi ekstensiv yo’l bilan 
rivojlanmoqda. 
Maydon birligida (1 ga ekin maydonidan) agrotexnika vositalaridan 
qo’proq foydalanish yoki chorva mollarining qo’proq maxsuldor zotlarini 
yaratish hisobiga qishloq xo’jalik maxsulotlari yetishtirish intensiv xo’jalik 
deb ataladi. 
Intensiv xo’jalik rivojlangan davlatlar uchun xos bo’lib, qishloq 
xo’jaligida sodir bo’lgan «Yashil inqilob» ga asoslanadi. Ushbu 
davlatlarda asosan tovar qishloq xo’jaligi rivojlangan. Chunki bu 
davlatlarda qishloq xo’jaligida barcha ko’l mehnatini asosan mashinalar 
bajaradi. 
Yuqori 
sifatli 
mineral 
o’g’itlardan 
foydalaniladi, 
zararkunandalarga qarshi zaharli kimyoviy dorilardan, chorva mollari 
kasalliklariga qarshi kurash vositalaridan keng foydalaniladi. 
Mexanizatsiyalashtirish, elektrlashtirish va kimyolashtirish qishloq 
xo’jaligini yanada rivojlantirish va jadallashtirishning asosiy yo’lidir. 
Yer qishloq xo’jaligida mehnat majmui va ayni paytda mehnat 
vositasi bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun yerdan to’gri foydalanish va 
uning hosildorligini saqlash qishloq xo’jaligining muhim vazifaliridan 
biridir. 
Intensiv xo’jalikni barpo qilish uchun yerlarni melioratsiya qilish, 
ya’ni yer xolatini yaxshilash ishlarini (sugorish, zax va botkoklarni 
kuritish, tuproqka oxak solish, daraxt o’tkizish va h.k.) olib borish kerak. 
Bunda kompleks melioratsiya tadbirlari yaxshi natija beradi (shamol va 
suv eroziyasiga karshi ko’rash, gumrok hosildorligini oshirish). 
Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar qishloq xo’jalik yerlari 
deb ataladi. 
Qishloq xo’jalik yerlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 
xaydaladigan yerlar (sug’oriladigan va lalmikor yerlar); bog’ va 


70 
uzumzorlar; pichanzorlar; yaylovlar; bug’u yaylovlari; o’rmonlar, 
butazorlar va h.k. 
Jahonda sug’oriladigan yerlar xaydaladigan (shudgor qilinadigan) 
yerlarning 15 foizi (230 mln ga)ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich Xitoyda 
30 foiz, Xindistonda 28 (foiz, AQSHda 15 foiz, Pokistonda 70 foizni) 
tashkil qiladi. 
Qishloq xo’jaligi ikkita katta tarmoqdan iborat: dehqonchilik va 
chorvachilik. Qishloq xo’jaligi xodimlarining asosiy vazifasi xo’jalik 
yuritishni jadallashtirish yo’li bilan ekinlar hosildorligini va chorvachilik 
maxsuldorligini oshirishdir. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling