Sanoatda sulfat kislotasi ishlab chiqarish Sulfat kislotasining xossalari va ishlatilish soxalari


Oltingugurt (IV)- oksidini ishlab chiqarish


Download 32.14 Kb.
bet4/10
Sana05.09.2023
Hajmi32.14 Kb.
#1673224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-Maruza Sanoatda sulfat kislotasi ishlab chiqarish

Oltingugurt (IV)- oksidini ishlab chiqarish 
SO
2
- rangsiz, o`tkir hidli (yonayotgan oltingugurt hidini eslatadi) gaz. 100% SO
2
atmosfera bosimida- 10,09
0
C da suyuq holga o`tadi. -70
0
S da qotadi. Juda zaharli
bo`lib, chegaraviy xavfli kontsentratsiya (ChXK) miqdori 0,005 mg/m
3
, ishlab
chiqarish binolarida esa 10 mg/m
3
ga teng.
Xom ashyo. SO
2
olish uchun asosiy xom ashyo kabi oltingugurtli moddalar va
tarkibida S saqlovchi sanoat chiqindilaridir. Sobiq SSSR da SO
2
olish uchun xom
ashyo temir kolchedani FeS
2
, vodorod sulfid H
2
S va oltingugurtdir. Keyingi yillarda
rangli metallurgiya sanoatining chiqindi gazlari tarkibidagi SO
2
ni olish keng quloch
yoymoqda. Sobiq SSSRda ishlab chiqariladigan sulfat kislotaning 30% ga yaqini
temir kolchedani kuydirishdan hosil bo`ladigan gazdan olinadi. 35% ga yaqini esa
toza oltingugurtdan ishlab chiqariladi.
Pirit tarkibida nazariy jihatdan olganda 53,46 % oltingugurt saqlaydi. Tabiiy
kolchedan har doim tarkibida begona arashlama sifatida mis, rux, nikel, kumush,
qo`rg`oshin, mishyak, surmaning oltingugurtli birikmalari, turli sulfat va karbonatli
tuzlar, kvarts, silikatlar va boshqalar saqlaydi va o`z navbatida u shu metallarni olish
uchun xom-ashyo hamdir. Rangli metallarning sulfidlarini ajratish uchun ruda
maydalanadi va flotatsiyalanadi. Natijada rangli metall sulfidlarining kontsentranti
olinadi: qolgan qoldig`i asosan tarkibida 45-50% oltingugurt saqlovchi boyitilgan
piritdan iborat bo`lib, SO
2
olish uchun yoqiladi.
Olingan rangli metall kontsentratlari metallurgiya zavodlarida kuydirilib
metallar ajratib olinadi. Bunda chiqindi gaz sifatida 3% gacha SO
2
ajralib chiqadi va
havoni, atrof muhitni zaharlaydi. Keyingi yillarda shu chiqindi gazdan ham sulfat
kislota ishlab chiqarish yo`lga qo`yilmoqda. Shunday yo`l bilan 1 tonna mis olganda
ajralib chiqqan SO
2
dan 10 tonnadan ko`proq sulfat kislota olish mumkin. Buning

5
uchun SO
2
ni kontsentratsiyasini oshirish kerak bo`ladi. Hali ayrim rangli
metallurgiya zavodlaridagina SO
2
kontsentratsiyasini oshiruvchi qurilmalar
o`rnatilgan xolos. Kelajakda rangli metallurgiya zavodlarining chiqindi SO
2
gazini
to`liq ushlab olish va undan foydalanish ishlarining loyihalari ishlab chiqilmoqda.
Bu chiqindi gazlardan kompleks foydalansa atrof muhitni ifloslanishning oldi
biroz bo`lsada olinardi. SO
2
olish uchun eng yaxshi ashyo bu toza oltingugurtdir. U
yoqilganda massa ulushi yuqori bo`lgan va zararli qo`shimchalari kam bo`lgan SO
2
olinadi. Ammo FeS
2
- kolchedandan bir necha marta qimmat turadi, hamda u boshqa
ishlab chiqarishlar uchun qimmatbaho kimyoviy ashyo hamdir. Ko`mir yoqiladigan
korxonalar,
yoritish
tarmoqlarining
mo`rilaridan
atmosferaga
chiqarib
yuboriladigan gazlar tarkibida anchagina SO
2
bo`ladi. Chunki toshko`mir tarkibida
1-3% gacha oltingugurt saqlaydi. Keyingi yillarda atrof muhitning tozaligiga biroz
e’tibor
kuchaytirilganligi
sababli
mo`rilardan
chiqarilgan
gazlarni
zaharsizlantirishning adsorbtsiya-desorbtsiya usullari ishlab chiqilgan. Bunda SO
2
ushlab qolinadi va sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Ammo
kislotaning tan narxi piritdan olingan kislotaga nisbatan bir necha marta qimmatga
tushadi. Shu sababli u kam qo`llanilmoqda. Keyinchalik SO
2
ni ushlab qolish va uni
tozalab H
2
SO
4
ishlab chiqarish uchun foydalanishning takomillashgan usullari
topilgach keng qo`llanila boshlanadi. Dunyo bo`yicha atmosferaga chiqarib
yuboriladigan SO
2
ning miqdori, dunyoda ishlab chiqarilayotgan sulfat kislota
miqdoridan ikki barobar ko`proq kislota ishlab chiqarishga yetarlidir.
Yana bir muhim SO
2
olinadigan xom-ashyo bu vodorod sulfid gazidir. H
2
S
ko`pgina tabiiy gazlar tarkibida bo`ladi. Qaysikim, uni tozalaganda H
2
S ajratib
olinadi, va u SO
2
ga aylantiriladi. Ko`mirni kokslaganda, neftni qayta ishlaganda
ular tarkibidagi S qisman vodorod sulfidga aylanib gaz holida ajralib chiqadi. Koks
gazlari tozalanganda ularning tarkibidan H
2
S yoki S shaklida ajratib olinadi, yoqib
SO
2
ga aylantiriladi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari SO
2
olish uchun juda ko`p foydalanish
mumkin bo`lgan ammo, hozircha foydalanilmayotgan potentsial ashyo manbalari
mavjud. Bylarga sobiq SSSRdagi kaltsiy sulfat va natriy sulfat tuzlarining yirik
konlarini ko`rsatish mumkin.
Yana fosfat kislota ishlab chiqaradigan zavodlarda hosil bo`ladigan va chiqindi
sifatida tashlab yuborilayotgan gipsni ko`rsatish mumkin. Neft mahsulotlarini
tozalashda tarkibida sulfat kislota saqlovchi gudron, ko`pgina organik mahsulotlar
ishlab chiqarish sanoatlarida, organik moddalar bilan ifloslangan va chiqindi
hisoblangan suyultirilgan sulfat kislota. Po`latni tozalashda hosil bo`ladigan aslida
chiqindi hisoblangan temir sulfit tuzlari. Bylarning hammasi va ular kabi tarkibida
sulfat kislota yoki tuzlarini saqlovchi har qanday chiqindi moddalar qaytaruvchilar
bilan qo`shib qizdirilganda SO
2
hosil qiladi, va undan sulfat kislota olish mumkin.

Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling