Sanoatda sulfat kislotasi ishlab chiqarish Sulfat kislotasining xossalari va ishlatilish soxalari
Oltingugurt (VI) oksidining absorbtsiyasi
Download 32.14 Kb.
|
8-Maruza Sanoatda sulfat kislotasi ishlab chiqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik sistemasi.
Oltingugurt (VI) oksidining absorbtsiyasi.
SO 3 suv bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi: SO 3 + H 2 O = H 2 SO 4 +94 kJ. Bunda gaz fazada ozgina suv bug`lari bo`lsa sulfat kislotaning barqaror tumani hosil bo`lib suvga, kislotaga hatto ishqorga ham qiyin yutiladi va praktik jihatdan reaksiya to`xtaydi yoki juda sust ketadi. Shuning uchun ham absorbtsiyaga keluvchi reaktsion gaz aralashmasida suv bug`lari mutloqo bo`lmaydi. Yana SO 3 ni absorbtsiyalovchi suv yuzasida suv bug`larining portsial bosimi ham minimal miqdorda kam bo`lishi zarur. Bunaqangi talabga faqat 98,3%li H 2 SO 4 javob beradi xolos Shunday konsentratsiyada SO 3 ning ham partsial bosimi eng kam hisoblanadi. Shunday kontsentratsiyali kislota SO 3 ni to`liq (99% dan ham ko`proq) yutadi. Bunda shunday miqdor kislota beriladiki, unda bir marta SO 3 bilan to`qnashuvda uning kontsentratsiyasi faqat 0,2% ga ortadi xolos. Kislota sovutkichlarda sovutilgach ozroq qismi tayyyor maxsulot sifatida olinadi, qolgan ko`p miqdori yana suv bilan yoki suyuq kislota bilan suyultirilib absorbtsiyaga qaytariladi. Oleum H 2 SO 4 ·nSO 3 esa boshqa adsorberga olinadi. Bunda ham kislota konsentratsiyasi bir to`qnashuvda protsentning ma’lum qismlarigina ortadi. Olinayot gan oliumning o`rnini qoplashi uchun absorverga to`xtovsiz monogidrat aniqrog`i 98,5 % ni sulfat kislota solinib turiladi. Texnologik sistemasi. Temir kolchedaning quydirishdan olinadigan SO 2 dan sulfat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 61- rasmda berilgan. 11 Kuyundi gazlari siklonlar va quruq elektrofiltirlardan qisman tozalanib kelgach 300 0 C haroratda yuvish minorasiga kiritiladi, minora 75 % li sovuq sulfat kislotasi bilan sug`orilib turiladi. Kuyundi gazlari sovutilgach tarkibidagi ozroq miqdor SO 3 va suv bug`lari kichkina tomchilar shaklida kondensatsiyalanadi. Bu tomchilarda mishyak oksidi eriydi va sulfat kislota tumani hosil bo`ladi. Bu tuman 7,6 minoralarda qisman ushlanib qolinadi. Bu minoralarda yana chang qoldiqlari, selen va boshqa qo`shimchalar ham ushlab qolinadi. Bunda ifloslangan sulfat kislota hosil bo`ladi. (u zavodda ishlab chiqarilgan kislotaning taxminan 5% i miqdoriga teng). Bu kislota nostandart maxsulot sifatida beriladi va kerakli joylarda ishlatiladi. Gazni (SO 2 ) sulfat kislota tumani va mishyakdan batamom tozalanadi. So`ngra sulfat kislotani to`liq ushlab qolish maqsadida 5 minorada suv bilan ho`llanadi. Gazni (SO 2 ) oksidlashga tayyorlash, uni suv bug`laridan nasadkali 3 minorada kontsentrlangan sulfat kislota bilan quritish orqali tugallanadi. Shu yergacha barcha gaz o`tkazgich kuvurlar, kislota yig`gichlar, minoralar, hammasi oddiy po`latdan yasalgan bo`lib kislotaga chidamli g`ishtlar bilan yoki diabazli plitalar bilan futerovkalanadi (qoplanadi). Quritilgan gaz agressiv emas, shuning uchun keyinggi barcha apparatlar uglerodli oddiy po`latdan yasalib futerovkalanmaydi apparatlarning, gaz o`tuvchi kuvurlarining ko`pligi gaz harakatiga to`sqinlik qiladi. Shuning uchun qurutgich bo`limidan keyin kompressor-2 o`rnatiladi. U kuyundi gazlarini pech bo`litmidan tozalash va qurutish sistemalari orqali surib olib uni kontakt bo`limiga yuboradi. Kontakt bo`limi tokchali kontakt apparatini-10 va kuvursimon assiqalmashtirgichlarni issiq almashtirgichlarni – 9 o`z ichiga oladi. Issiq almashtirgichlar harorat rejimini normallab turadi. Sulfat kislota ishlab chiqarishning eski kam quvvatli sistemasida kontakt apparati ichidagi tokchalar oralig`ida turg`un issiq almashtirgichlar o`rnatilgan bo`ladi Tokchalarda esa kattalizatr bo`ladi. Bunda gaz ketma-ket barcha kattalizator qavatlardan va issiq almashtirgichlardan o`tadi bu xil konstruktsiya kichik razmerli kam quvvatli apparatlar uchun rentabilli hisoblanadi ammo hozirgi zamon qudratli diametri 10m va undan ham ortiqroq bo`lgan apparatlarda esa rentabilli bo`lib qoldi. Chunki katta diametrli apparatlarda issiq almashtirgichlarda gaz oqimini bir tekisda borishini ta’minlash va uni buzilganda tuzatish qiyin bo`ldi. Shuning uchun ham olib quyiladigan bo`lak-bo`lak issiq almashtirgichlar o`rnatiladi. Eski 5 tokchali kontakt apparatlarida SO 2 ning SO 3 ga aylanishi 98 %ni tashkil qilar edi. Qolgan 2 % zaharli gaz – SO 2 atmosferaga chiqarib tashlanar edi. Bu esa atrof muhitni zaharlar edi. Yirik zavodlarda esa bu juda xafli (juda ko`p gaz atmosferaga chiqib ketadi) va bunga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Shuning uchun ham keyingi yillarda IK/IA sistemasiga o`tildi. Bu 2 marta kontaktlash va 2 marta absortsiyalash degan ma’noni anglatadi) 61 rasmdagi sxemada ko`rinib turibdiki gaz (SO 2 ) kontakt apparatining 3 qavat kattalizatoridan o`tgach olium olish uchun birinchi absortsiyaga oleumli absorberga yuboriladi. Bunda SO 3 ning absortsiyalanishi tufayli SO 2 , SO 3 muvozanati buziladi va SO 2 ni oksidlanishini susaytirmaydi. Natijada keyingi ikki kavatdan o`tgach SO 3 ga to`liq oksidlanadi (99,5-99,8 % gacha). 12 Hozirgi paytda qo`llaniladigan vanadiyli kattalizatorlar 400 0 C haroratda aktivlik ko`rsatadi. 600 0 C dan yuqoriroq haroratda aktivligini yo`qotadi, chunki qayta kristallanadi. SO 3 ning absorbsiyalanishi uchun esa past harorat kerak bo`ladi. Shuning uchun ham gaz oxirgi qavat kattalizatordan o`tgan kontakt apparatidan chiqadi va avval issiq almashtirgichlardan so`ngra havo sovutgichlardan o`tib absorbentga borib kiradi. Absorberlar nasadkali minora bo`lib ichi keramik xalkalar bilan to`lgazilgan bo`ladi. Bu minoralar tepasidan kislota sachratib sug`oriladi, pastdan yuqoriga qarab esa, qarama-qarshi oqim prinsipida SO 3 gazi ko`tariladi. Absorberdan absorbsiyalanmay qolgan chiqindi gaz (0,03% SO 2 saqlaydi) atmosferaga chiqarib tashlanadi. Hozirgi zamon kontakt aparatlarining quvvati-maxsuldorligi sutkasida 1500 t. H 2 SO 4 ga tengdir. Bunday qudratli zavod juda yirik, to`xtovsiz ishlovchi, mexanizatsiyalashtirilgan, ko`p qismi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish korxonasidir. Ishlab chiqarishni intensivlashning eng muxim yo`llari quyidagilar: % miqdori yuqori bo`lgan kontsentrlangan SO 2 olish, buning uchun kolchedan kuydirish jarayonidan boshlab toza kislorodni qo`llash. Yuqori bosimdan foydalanish, aktiv kattalizatoridan foydalanish va qaynovchi kavatli kattalizatorli kontakt aparatiga to`liq o`tish va boshqalar. Intevsivlashning barcha ko`rsatilgan bu usullari kelajakda qurilishi kerak bo`lgan yoki rekonstruktsiyalanadigagan barcha korxonalarda qo`llaniladi. Chunki ularda sobiq SSSR ning siklik sistemasi deb ataluvchi sistema qo`llanilishi planlashtirilgan, bu siklik sistemasida hozirgi IK/IA sistemasiga qaraganda (bu sistemaning o`zi hali yangi va ayrim zavodlardagina qo`llanila boshlandi) atmasferaga chiqarib tashlanadigan gazning mikdori 50 marta kamayadi hamda reaksiya issiqligidan bug` hosil qilishda maksimal foydalaniladi. Natijada ishlab chiqarish praktik jihatdan chiqindisiz va energiya tejovchi korxonaga aylanadi. Bu bilan atrof muhitni ifloslashni oldini oladi. Kelajakda sulfat kislota ishlab chiqarishning istiqbolli yo`li boshqa ishlab chiqarishlarining oltingugurtli chiqindilaridan xom ashyo sifatida foydalanishdir. Yaqin kelajakda ancha miqdor sulfat kislotasi rangli metalurgiya korxolarining oltingugurtli chiqindilaridan va elekterostantsiyalarining yoqilg`i gazlaridan ajralib chiquvchi SO 2 dan ishlab chiqariladi. Bu tabiatni muxofaza qilishning muhim omillaridir. Bu xolat xukumatimizning atrof muxitni muxofaza kilish haqidagi karorlariga gamxurliklariga mos bo`lib tushadi. 1t. sulfat kislotani kolchedandan olish uchun (45% oltingugurt saklovchi kolchedan ) 0.82 t. Kolchedan, 82 kVt soat elektr energiyasi 50 m 3 suv sarflanadi. Download 32.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling