Sanoatda sulfat kislotasi ishlab chiqarish Sulfat kislotasining xossalari va ishlatilish soxalari


Download 32.14 Kb.
bet7/10
Sana05.09.2023
Hajmi32.14 Kb.
#1673224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-Maruza Sanoatda sulfat kislotasi ishlab chiqarish

Changitib kuydirish pechlari
. Changitib kuydirish pechlari (48-rasm)
maydalab kukun holiga keltirilgan quruq kolchedanni havo oqimi bilan pech ichida
changitib purkashga asoslangan bo`lib, mexanik pechlardan ko`ra ancha
takomillashgan va undan ustun turadi. Bunda kolchedan kukuni siqilgan havo bilan
pechning ostidan forsunka (suyuqlik yoki kukunsimon moddalarni havo bilan
aralashtirib purkaydigan asbob) orqali pech ichiga purkaladi. Bunda har bir chang
zarrachasi har tomondan havo bilan to`qnashadi va o`chib borayotgan paytda
yonadi. Fazalar ta’sir sathi yuza to`qnashuvi ortadi. Natijada yonish jarayoni
intensiv tusga keladi, zarrachalarning bir-biriga yopishib qolish hollari keskin
kamayadi. Shuning uchun ham bunda haroratning 1100
0
C gacha oshirish mumkin.
Hosil bo`lgan kuyundi pechning ostki konussimon qismidan chiqarib tashlanadi.
Kuyundi gazlari esa 900-1000
0
C haroratda pechning yon tomonidagi shtutser
(shtutser- sirti rezbali quvircha) orqali siqib, suv bug`i hosil qiluvchi qozon orqali
o`tadi. Natijada gazning issiqligidan foydalaniladi.
Bunda olingan kuyundi gazi tarkibida 13% gacha SO
2
bo`ladi, kuyundi
tarkibida esa 1-1,5% S qoladi. Pechning intensivligi 700-1000 kg/m
3
sutkaga teng.
Ammo bu pechlar uchun faqat quritilgan va boyitilgan kolchedangina
ishlatiladi. Chunki ho`l bo`lsa forsunka tiqilib qoladi. Buning yana bir kamchiligi
shundan iboratki, kuyundi gazlar tarkibida changi ko`p bo`ladi. Mexanik
pechlarning kuyundi gazi tarkibi 10 g/m3 chang bo`lgani holda, changitib kuydirish
pechinning kuyindi gazida 100 g/m3 chang bo`ladi. Mana shu kamchiliklar uchun
bu pech keng tarqalmagan.
Qaynovchi qavatda kuydirish pechlari
Bu pechlarda zarrachalar tez aralashishi sababli uni osonlik bilan isitish va
sovutish mumkin. Jumldan, yonish jarayoni ham intensiv ketadi. Qavatning hamma
joyida, taxminan bi r xil haroratni hosil qilish oson.
U silindrsimon po`latdan yasalgan qurilma bo`lib ichi o`tga chidamli g`ishtlar
bilan qoplangan. Pech ostki qismining ichida gorizontal holda o`rnatilgan ko`p sonli
mayda teshikchalari bo`lgan chambara o`rnatilgan. Shu teshiklardan havo purkaladi,
natijada chambarak yuzasida qaynovchi qavat hosil bo`ladi. Qaynovchi qavatga
pechning yon tomonidan to`xtovsiz kolchedan tushib turadi. Kolchedan
zarrachalarining kattaligi taxminan bir xil bo`lishi kerak, chunki keladigan havo
oqimining tezligi zarracha kattaligiga proportsional bo`ladi, ya’ni qaynovchi qavat
hosil bo`lishi kerak. Qaynovchi qavatda hamda kuyindi gaz oqimida bug` hosil
qiluvchi quvirlar o`rnatilgan bo`lib, ularga suv kirib, bug` bo`lib chiqadi. Natijada
qaynovchi qavat haroratsini taxminan bir xilda 800
0
C da saqlab turish mumkin
bo`ladi. Pechning ostki qismidan havo kiritilib turiladi, yuqori qismidan kuyundi gaz
chiqarib olinadi. Kuyundi (kul) esa pechning yon tomonidan maxsus qisqa quvurcha
5 orqali chiqadi.

8
Pechning intensivligi 1000-1800 kg/m
3
sutkaga teng. Kuyundi gazi tarkibida
15% gacha SO
2
bo`ladi. Kuyundi tarkibida esa 0,5 S qoladi. Bu pech intensivligining
kattaligi va kuyundi gazi tarkibida SO
2
ning massa ulushi ko`pligi hamda kolchedan
tarkibidagi Sning to`liqroq yonishi kabi yutuqlari tufayli bu xil pechlar keng tarqaldi.
Oltingugurtni yoqish SO
2
gazi toza oltingugurtni yoqish yo`li bilan ham olinadi.
Kolchedanni kuydirib olingan SO
2
ga nisbatan S ni yoqib olingan SO
2
ancha toza va
kontsentratsiyasi ancha katta bo`ladi. Havoda yoqilgan 21% gacha SO
2
saqlovchi
kuyundi gazi olish mumkin, ammo havoni ko`proq qo`shish bilan SO
2
miqdori
kamaytiriladi.
Amalda S ni yoqishdan 9-11% SO
2
va 12-10% O
2
dan iborat kuyundi gaz
olinadi (chunki S ni SO
3
ga oksidlash uchun ham kislorod kerak bo`ladi.)
kolchedandan esa amalda 7-9% SO
2
va 11-9% O
2
saqlovchi kuyundi gaz olinadi.
Toza S ni yoqish uchun purkagichli va siklonli (57-rasm) pechlardan
foydalaniladi. Oltingugurt pechga kelishdan oldin suyuqlantiruvchi qozonda bug`
yordamida suyuqlantiriladi, begona aralashmalardan filtirlab tozalangach forsunka
orqali siqilgan havo yordami bilan pech ichiga purkaladi. Pech ichida bug`lanib havo
yordamida yonadi. Forsunkali pechlarda oltingugurtning havo bilan aralashuvi
diffuztsion ekstensiv jarayon bo`lganligi uchun yetarli darajada aralashmaydi.
Siklon pechlarida havo tangentsial (egri chiziqqa urinma chiziq bo`yicha yo`nalgan)
oqimda berilgani uchun ham S bug`lari havo bilan juda kuchli va tez aralashadi.
Natijada S ning yonishi juda intensiv ketadi. Shuning uchun ham siklonli pechlar
o`z qulayliklari bilan forsunkali pechlarni oradan siqib chiqarmoqda.

Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling