Sanobarning matematika fanidan bir soatlik jizzax shahri
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
2 sinf matematika 5ni kopaytirish va
- Bu sahifa navigatsiya:
- JIZZAX SHAHAR 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABNING BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI HAMRAYEVA SANOBARNING MATEMATIKA FANIDAN BIR SOATLIK
- JIZZAX SHAHRI 2-sinf Fan: Matematika Mavzu
JIZZAX SHAHAR XALQ TA’LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA’MINLASH VA TASHKIL ETISH BO’LIMI JIZZAX SHAHAR 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABNING BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI HAMRAYEVA SANOBARNING MATEMATIKA FANIDAN BIR SOATLIK JIZZAX SHAHRI 2-sinf Fan: Matematika Mavzu 5 ni ko’paytirish va 5 ga bo’lish jadvali. Maqsad va vazifalar O’tilgan mavzu yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash. O’quvchilarga 5 ni ko’paytirsh va 5 ga bo’lish jadvaliga doir misol va masalalarni yechishni o’rgatish. O’quvchilarning DTS talablari bo’yicha bilim ko’nikma va malakalarini tekshirish. Iqtisodiy bilim berish, kompyuter savodhonligini oshirish. O'quv jarayommng mazmuni. O’quvchilarni matematika faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirib borish. Matematika fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta olish malakasini o’stirish. Jonli tabiatni sevishga ularga g’amxo’r bo’lishga o’rgatish. Tejamkor va tadbirkor bo’lishga o’rgatib borish. O’quvchilarni bilimli zukko bo’lishga undash, erkin va mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish. O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Uslub: "Klaster"metodi, og'zaki bayon qilish, “aqliy hujum” metodi, o’z o’zini baholash, tushuntirish, erkin fikrlash. Shakl: Guruhlarda ishlash, kichik sahna ko’rinishi. Vosita: 2-sinf matematika darsligi, kompyuter, proyektor, slayd magnitli xat taxta, mavzuga oid ko’rgazmalar, issiqxona maketi, sport lotto o’yini uchun raqamli qopcha. Usul: multmediya asosidagi interfaol metod, “Sirli alifbo” o’yini, tezkor savollar, “sport lotto” o’yini. Nazorat: Og'zaki nazorat , savol-javob, o'z-o'zini nazorat qilish, yozma ko'zatish. Baholash: Rag'batlantirish, 5 ball tizim asosida baholash. Kutilayotgan natijalar O'qituvchi: O'quvchilarning fanga qiziqishini, faolligini oshiradi, sinfda, jamoada do'stona muhitni shakllantiradi.Past o'zlashtiruvchilarning fikrlash qobiliyatini o'stiradi, misol va masalalarni mustaqil bajarish ko’nikmalarini oshiradi. Nutq boyligini oshiradi. O'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishadi. Ko’paytirish jadvali orqali o’quvchilar bilan turli xil o’yinlar o’tkaziladi. Barcha o'quvchilarni dars davomida baholaydi. O'quvchi: Matematika fani orqali hayotni to’g’ri tasavvur eta oladi tejamkor va tadbirkor bo’lishni o’rganadi. Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo'lib ishlashni o'rganadi. Nutqi rivojlanadi va eslash qobiliyati kuchayadi. O'z ustida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotlarga ega bo'ladi. Boshqa fanlar bilan bog'lanadi. Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar) O'qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish va takomillashtirish. O'z ustida ishlash.Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog'lash. Pedagogik mahoratini oshrish. O'quvchi: O’quvchilarni kasblarga bo’lgan qiziqishlari ortadi. O'z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish. Keyingi darslarga fikr berish ko'nikmalari hosil bo'lishi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling