Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Osiyo-Tinch okeani hududi
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
Osiyo-Tinch okeani hududi. Osiyo – bu yagona joy emas, balki
ko‘plab madaniyatlarni birlashtiruvchi mintaqa hisoblanadi va mamlakatlar turli mezonlar bo‘yicha bir-biridan tubdan farqlanadi. Osiyo mamlakatlarida rekruting faoliyati rivojlanishiga e’tibor qaratsak, Xitoyda rekruting kompaniyalari litsenziyasiz faoliyat yuritishlari mumkin emas, litsenziyani olish esa ancha murakkabdir. Janubiy Koreyada esa, davlat qonunchiligida xorijiy korporatsiyalar uchun mazkur xizmatlarni investitsiyalashni taqiqlaydi. Gonkong. Xitoyga tegishli bo‘lishiga qaramasdan, Gonkong iqtisodiyoti jonlangan va mehnat bozori jadal sur’atlar bilan 219 rivojlanmoqda. Zaruriy ko‘nikmalarga bo‘lgan jiddiy taqchillik ishlashning noodatiy shartsharoitlarini yaratdi. Kuchli, biroq bozorda intensiv tarzda o‘zgarayotgan doimiy ish bilan bandlik - yosh professionallarni har 12-14 oyda ish joyini o‘zgartirish tendensiyasiga ega. Ya’ni, an’anaviy talqinda vaqtinchalik yoki shartnoma asosidagi ish bilan bandlikka o‘xshash ishchilarning doimiy ish bilan bandligi amal qiladi. Malakali mehnatning yetishmasligi ayollarning ishlashi uchun katta imkoniyatlarni yaratgan 16.3. Milliy va global rekruterlar Ish beruvchilarga zarur bo‘lgan kadrlar ta’minoti bilan shug‘ullanadigan rekruting kompaniyalari milliy iqtisodiyotda bosqichma- bosqich rivojlanmoqda. Dastlabki rekruting firmalari 2000 yillarda Toshkent shahrida tashkil etilgan holda ular asosan xorijiy investitsiya ishtirokidagi kompaniyalarga xizmatlar ko‘rsatish bilan chegaralangan. Mazkur kompaniyalar rekruting firmalariga nisbatan yuqori kasbiy va malakaviy talablarni bildirishlari bilan bir qatorda, ko‘proq loyihalarni joriy etish davomida ko‘proq chet ellik vositachilarga murojaat qilishganiga e’tiborni qaratish lozim. Milliy rekruting idoralarining shakllanish bosqichi davom etayotgan hozirgi vaqtda ularning tashkiliy huquqiy, mulkiy, mintaqaviy, funksional jihatlarini ilmiy tadqiq etish, ularning amaliy-uslubiy ta’minotini ishlab chiqish va hayotga joriy etish dolzarb masalalardan biri hisoblanmoqda. Xorijiy mamlakatlardagi rekruting xizmatlari bozorining xususiyatlarini o‘rganish va milliy tizimda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlash muhim amaliy ahamiyatga ega. O‘zbekistonda xodimlarni ishlashga yollashda tadbirkorlik sub’ektlari xizmatidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda o‘z aksini topgan: milliy qonunchilikda, xususan, Fuqarolik, Soliq va boshqa kodekslarda ilmiy-nazariy va o‘quv ishlanmalarda rekruting xizmatlari bozori va xususiyatlari aks etmaganligi; sanoat korxonalarining texnik qurollanish darajasining yuqori emasligi, uzoq muddatli aktivlarning o‘z muddatini o‘tab bo‘lganligi va ma’naviy eskirganligi ta’sirida zamonaviy rekruting xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning yuqori emasligi; 220 yirik kompaniya va firmalarda kadrlar ta’minoti bilan shug‘ullanishga jiddiy va tegishli e’tibor qaratilmaganligi, zamonaviy menejment elementlari joriy etilmaganligi; kichik biznes sub’ektlarida, xususiy biznes va tadbirkorlikda norasmiy bandlik darajasining yuqori ekanligi; tadbirkorlik sub’ektlari va ishbilarmonlar tomonidan daromadligi yuqori bo‘lmagan, tavakkalchiligi yuqori bo‘lgan tizimga qiziqishni pastligi va b.; xizmat tariflari va sifati bo‘yicha yagona uslubiy yondashuv va qarashlarning mavjud emasligi va b. Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan rekruting firmalari faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy va xorijiy kompaniyalar uchun rekrut xizmatlarini ko‘rsatuvchi firmalar asosan malakali hisobchilar, savdo va marketing bo‘yicha menejerlar, moliyaviy masalahatchilar, u yoki bu sohadagi ustalarni taklif etish bilan shug‘ullanadilar. Mamlakatimizda bunday firmalar qatoriga mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan va faqat Toshkent shahrida joylashgan «HRC», «Emilia Baraka», «PANSISTEM», «Profesionals Performance», «Radius PRP» va «Resurs recruitment personnel» nomdagi agentliklarni misol sifatida keltirish mumkin. Ularning soni yildan-yilga ortib borayotganligi bunday agentliklarni butun respublika hududi bo‘yicha tashkillashtirish va kengaytirish zaruratini taqozo etmoqda. Yuqori malakali xodimlar bilan bir qatorda zamonaviy xizmatlar bozorida malakasi yuqori bo‘lmagan, yuqori ish haqiga talabgor bo‘lmagan «universal» ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj ham shu bozorda o‘z ifodasini topadi. Malaka darajasini talab qilmaydigan va ish haqi yuqori bo‘lmagan ishchi-xizmatchilarning rekurting idoralari tomonidan jalb qilinishi nihoyatda sezilarsiz darajada, chunki mehnat bozorining ushbu sektori tartibsiz va juda ham oddiy tarzda mustaqil ravishda rivojlanmoqda. Milliy kompaniyalar faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zining dastlabki faoliyatida yirik va o‘rtahol firmalar va kompaniyalarga tegishli kasbiy malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar, asosan, menejerlar, hisobchilar, huquqshunoslar, marketologlar, tahlilchilar va advokatlar bilan ta’minlash yuzasidan takliflarni bildirishgan. Keyinchalik o‘z reklama bukletlari, internet saytlari va tarqatma materiallari yordamida ommaviy tarzda o‘z xizmatlarini taklif etishga e’tibor qaratishgan. Bugungi kunda mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tgan xususiy bandlik agentliklari soni 68 ta atrofida. Shundan, litsenziya berilgan tashkilotalar 221 soni - 52 ta. Ko‘rib chiqilayotgan arizalar soni - 1 ta. Shundan: ishchi organda 1 ta. Arizasi rad etilgan tashkilotlar soni - 2 ta. Fuqarolarni xorijda ishlashga yuborish vakolati shu paytgacha faqat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida mavjud edi. Endilikda mazkur vazifani Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligidan tashqari respublikaning turli hududlarida joylashgan litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari ham erkin amalga oshirishlari mumkin. Rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorida yuqori samaradorlik bilan faoliyat ko‘rsatayotgan rekruting firmalarining taklif etayotgan xizmatlari tarkibi va sifati mamlakatimizdagi idoralardan jiddiy farq qiladi. Ularning ta’sis hujjatlarida qonunchilikda cheklanmagan quyidagi faoliyat turlari ham amalga oshiriladi: korxonadagi xodimlarning ish hujjatlarini yuritish va tartibga keltirish; xodimlarning mehnat muhofazasi va tibbiy ko‘rigini tashkillashtirish; ishchi-xodimlarga mehnat haqi hisoblash; korxona ehtiyojidan kelib chiqib chetdan zarur bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish; soliq, statistika va buxgalteriya hisobini yuritish; xodimlarni boshqarish, kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishini tashkil etish va boshqalar. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling