Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Mezonlarga asoslangan intervyu


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

Mezonlarga asoslangan intervyu. O‘tmish tajribasidan xulq-atvor 
namunalari tahlil qilinadigan kompetentsiyalar bo‘yicha suhbatdan farqli 
o‘laroq, mezonli suhbat davomida nomzodga kelajakdagi kasbiy faoliyati 
bilan bog'liq bo‘lgan muayyan vaziyatda qanday va nima qilish kerakligi 
haqida savol beriladi. 
Ushbu intervyuda tegishli lavozim uchun chuqur malakaviy savollar 
qo‘llaniladi. Qo‘shimcha afzallik - nomzodlarni saralashning qulayligi, 
chunki ular bir xil savollarga javob berishadi. Kamchiliklar nomzodning 
baholanayotgan fazilatlari cheklanganligi va uzoqroq tayyorgarlik ko‘rish 
zarurati bilan bog'liq. O‘z navbatida barcha mezonlarga aniqlik kiritilishi 
kerak va ularning har birida potensial ishga nomzodning munosib yoki mos 
kelmasligini tasdiqlovchi bir nechta ma’lumot izlashi kerak. Belgilangan 
mezonlar bo‘yicha suhbatlar natijalariga ko‘ra, rekruter nomzod ushbu 
vazifalarni avvalgi ish joylarida qanday bajarganligi to‘g'risidagi 
ma’lumotlarni emas, balki nomzod kelajakdagi ishi uchun zarur bo‘lgan 
ko‘nikma va bilimlarga ega ekanligi to‘g'risida ma'lumot oladi.


100 
Ta'kidlash joizki, mezonlarga asoslangan intervyular biografik va 
vaziyatli suhbatlar bilan birgalikda ishlatiladi va ular bir-birini yaxshi 
to‘ldiradi.
Biografik intervyu. Quyidagi mavzularni o‘z ichiga oladi: ish 
tajribasi; ta'lim va qo‘shimcha kurslar; dam olish faoliyati; shaxsiy / oilaviy 
sharoitlar; maqsad va kelajak rejalari. 
Erkin suhbat. Ushbu turdagi intervyu nomzodga o‘z faoliyati, hayoti 
va yutuqlari haqida erkin gaplashish imkoniyatini beradi. Yuqori malakali 
intervyuerlar ushbu yondashuvdan ma'lum rahbarlik lavozimlariga yoki 
o‘zini namoyish etish ko‘nikmalarini talab qiladigan lavozimlarga 
nomzodlarni tanlash uchun foydalanadilar. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling