Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t


Guruhli baholash (assessment markazi / baholash va rivojlanish


Download 4.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/181
Sana10.09.2023
Hajmi4.36 Mb.
#1675208
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   181
Bog'liq
Rekrutment Darslik

Guruhli baholash (assessment markazi / baholash va rivojlanish 
markazi). Bu tegishli ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun xodimlarga zarur 
bo‘lgan ko‘nikma va fazilatlarning rivojlanish darajasini guruhli baholash 
usuli. Guruhli baholash jarayonida qatnashchilar yangi lavozimda o‘zlariga 
berilgan vazifalarni bajarishda duch kelishi mumkin bo‘lgan odatiy ish 
vaziyatlari imitatsiya (taqlid) qilinadi. Guruhning kattaligi 6 dan 12 
kishigacha. 
Assessment-markaz usulidan yosh mutaxassislardan tortib to tajribali 
mutaxassislar va menejerlarga qadar barcha darajadagi nomzodlarni 
baholash uchun foydalanish mumkin. 
Shu bilan birga, guruhli baholash, shuningdek individual baholash 
ham nafaqat kompaniyalarda yangi xodimlarni tanlashda, balki kadrlarni 
boshqa lavozimga ko‘chirishda, o‘qitish va rivojlanish dasturlarini ishlab 
chiqishda, xodimlarning ichki yoki tashqi aktivlarini shakllantirishda ham 
qo‘llaniladi. Ba'zi yirik kompaniyalarda baholash markazlari va rivojlanish 
markazlari uchun alohida tartib mavjud. Bunday hollarda, baholash 
markazlari ko‘proq nomzodlarni tanlash va ularning joriy chuqur bilimga 
egaliligiga ko‘proq e'tibor qaratadilar, rivojlanish markazlari esa 
xodimlarning kelajakdagi rivojlanishi uchun potensiallarni va yo‘nalishlarni 
aniqlashga e'tibor qaratadilar. 


103 
Baholash markazining borish jarayoni quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z 
ichiga oladi 
- yakka tartibda ish mashqlari; 
- tahliliy taqdimot; 
- rolli o‘yin; 
- guruh muhokamasi; 
- kompetentsiyalar bo‘yicha suhbatlar; 
- testlar va so‘rovnomalar; 
- ishtirokchilar uchun teskari aloqa; 
- mijoz uchun xulosa va tavsiyali hisobot. 
Baholash 
natijalariga 
ko‘ra 
mijoz 
nomzodlar/xodimlarning 
kompetentsiyalari, motivatsiyasi, potentsiali, kuchli tomonlarini va 
rivojlanish yo‘nalishlarini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Baholash 
markazining natijalari har bir ishtirokchi uchun hisobot (individual 
baholashga o‘xshash) va guruh uchun umumiy hisobot shaklida taqdim 
etiladi.
Dastlabki shaklda baholash texnologiyasi birinchi marta o‘tgan 
asrning 20-yillarida - Germaniya armiyasi zobitlarining etakchilik 
fazilatlarini attestatsiya qilish uchun ishlatilgan. Ikkinchi Jahon urushi 
davrida bu usul Britaniya qurolli kuchlarida kichik zobitlarni yollash uchun 
va AQShda razvedka xodimlarini tanlash uchun ishlatilgan. 
Rossiya konsalting agentliklarida ommalashgan assessment markazi 
texnologiyasi 70-yillarda Amerika Assessment Center institutida ishlab 
chiqilgan va hozirda Evropa va AQShda keng qo‘llaniladi. Bu ma'lum bir 
faoliyat sohasida muvaffaqiyatli mutaxassis qanaqa bo‘lishi kerak bo‘lgan 
dunyo standartlariga asoslanadi. 
Nomzodlarni tanlashning boshqa usullari bilan taqqoslaganda, 
assessment yuqori ishonchliligi bilan ajralib turadi (80% gacha). 
Odatda jarayon butun kun davom etadi, ko‘pincha bir kishiga emas, 
balki guruhga qaratilgan bo‘ladi. 
Mashqlarning mazmuni ishtirokchilar da’vo qilayotgan lavozimlarga 
qo‘yiladigan talablarga bog'liq: agar bu lavozim savdo bilan bog'liq bo‘lsa, 
xayoliy mahsulot taqdimoti; "xodimlar" ma'lum bir muammoni hal 
qiladigan yig'ilish; "rahbar" "qo‘l ostidagilar" bilan ziddiyatni hal 
qilayotgan paytdagi suhbat va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
Quyida 
baholash 
markazlarida 
qo‘llaniladigan 
mashqlarning 
namunalari keltirilgan: 
1) mini intervyu. Maxsus texnologiyalar yordamida, berilgan 
kompetentsiyalar baholanadi; 


104 
2) berilgan mavzu bo‘yicha taqdimot. Stressga chidamlilikni, analitik 
qobiliyatlarni, ma'lumot bilan ishlash ko‘nikmalarini, dalillarni tezda topish 
va to‘g'ri tuzish maxorati, qiyin vaziyatlardan chiqish qobiliyatlarini 
o‘lchashga imkon beradi; 
3) analitik mashqlar. Vazifada, masalan, bozorning muayyan segmenti 
va ushbu segmentdagi alohida kompaniyaning ko‘rsatkichlari to‘g'risidagi 
ma'lumotlar to‘plami bo‘lishi mumkin. Nomzod qarorlarini, prognozlarini 
yoki xulosalarini va ularning asoslarini taqdim etishi lozim. Odatda, 
mashqda tasvirlangan na kompaniya, na bozor nomzodlarning kasbiga va 
ixtisosligiga aloqasi bo‘lmaydi. Bu ataylab amalga oshiriladi: mashqning 
vazifasi nomzodning ko‘p xajmdagi notanish ma'lumotlarga qanchalik tez 
kirishini ko‘rish, umumiy qonuniyatlarni aniqlash va mavjud bo‘lgan 
ma'lumotlar asosida o‘z xulosalarini tuzish; 
4) guruh muhokamasi. Birinchi bosqichda ma'lum miqdordagi 
ma'lumotlarga asoslanib, nomzod o‘zining qarorini qabul qilishi kerak. 
Mashqning ikkinchi qismida guruh kelishib, birgalikda qaror qabul qilishi 
kerak. Bunday vazifalar ishontirish, natijalarga qarab ish tutmoq, guruh 
jarayonlarini tashkil etish qobiliyati, tajovuzkorlik darajasi, etakchilik 
fazilatlari, jamoani muhokamaga jalb qilish va murosalarni topish 
qobiliyatini o‘lchashga yordam beradi. 
5) Konvertdagi mashqlar (qutida). Ishtirokchilarga shartli vaziyat va 
ushbu kompaniyadagi rol taklif etiladi. Mashq qilish uchun materiallar - 
xodimlarning ichki yozishmalari, xizmat yozishmalari, turli xil kirish / 
chiqish hujjatlari. Ushbu materiallardagi ma'lumotlarga asoslanib, 
ishtirokchilar keyingi harakatlar to‘g'risida qaror qabul qilishlari kerak. 
Baholash jarayoni maxsus tayyorlangan kuzatuvchilar (kompaniya 
rahbarlari - ish beruvchilar va ko‘pincha rekruting agentligi yoki konsalting 
kompaniyasining vakillari) ishtirokida amalga oshiriladi, ular natijalarni 
maxsus bayonnoma varaqasida belgilaydilar. Baholash mezoni bu ma'lum 
mahoratga ega bo‘lish darajasi yoki ma'lum bir kompetentsiyaning 
ifodalanishdir. 

Download 4.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling