Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
360 ° baho. 360 ° baholash uslubi barcha darajadagi xodimlar
tomonidan kompaniyadagi boshqaruv uslubini idrok etish, shuningdek, tashkiliy o‘zgarishlar, murakkab va noaniq vaziyatlar to‘g'risida ma'lumot to‘plash va tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu vosita tashqi nomzodni tanlashda foydalanilmaydi, lekin rahbarlik lavozimiga ichki nomzodni ko‘rib chiqishda, shuningdek kompaniya ichidagi xodimlarni almashtirishda, o‘qitish va rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, 105 kadrlar aktivini shakllantitishda va individual yoki guruhlarni baholashda qo‘shimcha vosita sifatida xizmat qiladi. 360 ° baho odatda qog'ozda yoki onlayn so‘rov bo‘lib, unda rahbar, hamkasblar, xizmatchilar va baholovchi xodim qatnashadi. Ba'zi hollarda, bir xil odamlar bilan so‘rovnomalar o‘tkazish bilan birga (yoki ularning o‘rniga) suhbat o‘tkazish mumkin. Anketa tegishli rahbar ega bo‘lishi kerak bo‘lgan aniq vazifalar va vakolatlar uchun maxsus ishlab chiqiladi. Maksimal samaraga erishish uchun 360 ° baholashni tashqi maslahatchilar yordamida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bu natijalarning xolisligi va anonimligini ta'minlaydi, shuningdek, ishtirokchilarni baho qo‘yishda iloji boricha ochiq va halol bo‘lishga undaydi. Anketalar va suhbatlar natijalari tahlil qilinadi va kompaniya rahbariyatiga baholanayotgan menejerning kasbiy fazilatlari va boshqaruv xususiyatlari haqida keng fikr bildirilgan mulohaza taqdim etiladi. 360 ° bahoning to‘g'ri qo‘llanilishi kompaniya rahbariyatiga menejerlar imidjiga, tashkilotdagi korporativ madaniyat va iqlimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatish, shuningdek, xodimlarga fikrlarining muhimligini namoyish etib, ichki aloqalarni yaxshilash imkoniyatini beradi. Bunday baholash natijalari umumiy va individual o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va o‘rta va yuqori darajadagi menejerlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling