Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekstravertlar
- Introvertlar
Ekstravertlik - bu shaxsning shaxsiy-psixologik xilma-xilligining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, uning eng chekka qutblari shaxsning tashqi ob'ektlar dunyosiga (ekstraversiya) yoki o‘zining subyektiv dunyosi (introversiya) hodisalariga yo‘naltirilganligiga mos keladi. Neyrotizm - bu hissiy beqarorlik, tashvish, havotir, o‘zini yomon his etish va vegetativ kayfiyat buzulishlari bilan tavsiflanadigan ruhiy holat. Bu omil ham bipolyar. Uning qutblaridan biri ijobiy ma'noga ega bo‘lib, hissiy barqarorlik bilan, ikkinchi qutb esa - hissiy beqarorlik bilan tavsiflanadi. Hissiy barqarorlik samimiy odamlar va flegmatik odamlarga xosdir, hissiy beqarorlik xolerik va melankolik odamlarga xosdir. G.Ayzenkning izlanishlari, ko‘pchilik odamlar o‘zi ishlab chiqqan ekstravertlik va neyrotizmning ikki faktorli modeli qutblari o‘rtasida va normal taqsimot bo‘yicha uning o‘rtasiga yaqin degan xulosaga keldi. Ushbu tadqiqotning natijasi odamning to‘rtta temperament turlaridan biriga aniq bog'liqligi edi (7.3.1 va 7.3.2-rasm). Ekstravertlar (sangvinik va xoleriklar) xushmuomalalik, moslashuvchan xulq-atvor, ajoyib tashabbus, yuqori ijtimoiy moslashuvchanlik, ammo past qat'iyatlilik bilan ajralib turadi. Introvertlar (flegmatik va melanxoliklar) kuzatish, yopiqlik, o‘zini tahlil etishga moyillik, ijtimoiy moslashishda qiyinchilik, o‘z ichki dunyosi 115 hodisalariga qiziqishni belgilash, etarlicha qat'iylik ila ijtimoiy passivlik bilan tavsiflanadi. Ikki faktorli modelda predmetning temperament turini aniqlash uchun G. Eisenck o‘zining so‘rovnomasining moslashtirilgan versiyasidan foydalanadi. Taklif qilingan har bir savolga "Ha" yoki "Yo‘q" javoblari berilishi kerak. O‘rtacha javob ko‘zda tutilmagan. Ayzenk shkalasi 57 ta savoldan iborat bo‘lib, ulardan 24 ta savol ekstraversiya –introversiya shkalasi bilan, 24 ta savol neyrotizm shkalasi bilan bog‘liq bo‘lsa, qolgan 9 tasi Yo-shkalasi bo‘lib, sinaluvchining savollarga aldamasdan naqadar to‘g‘ri javob berganligini ko‘rsatadi. Ko‘rsatma: «Siz quyidagi savolnomani o‘qib ularga javob berishingiz lozim. Ularga “Ha” yoki “Yo‘q” deb javob bering, fikringizga kelgan birinchi javobni yozing, Ular ustida uzoq o‘ylab o‘tirmang, chunki ushbu savollarga Sizning dastlabki reaksiyangiz muhim. Chunki to‘g‘ri va noto‘g‘ri javobning o‘zi yo‘q, bu yerda bor-yo‘g‘i Sizning shaxsingiz aniqlanadi xolos». Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling