Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suhbat natijalariga ko‘ra tanlov.
Rezyume bo‘yicha tanlov. Rekruting jarayonini aytsorsing qilish
uchun Internetda "rekruting agentligi" iborasi yozilsa - qidiruv tizimlari juda 208 ko‘p saytlarni taqdim etadi. Ularning ichidan kerakli bo‘lgan bir nechtasini tanlash kerak. Qanday qilib? Tanlovning yakuniy maqsadi - kerakli vakansiyani to‘ldirishga qodir agentlik bilan shartnoma tuzishdir. Avvalgi mavzularda rezyume bo‘yicha nomzodlarni saralash texnologiyasini ko‘rib chiqdik. Xuddi shu tarzda bir nechta agentliklarni tanlash mumkin. Bundan tashqari, nomzodni izlash va tanlashning butun texnologiyasi, lavozim tavsifini tuzishdan boshlab, yakuniy nomzodlarning tavsiyalarini tekshirish bilan yakunlanish bosqichlari agentlikni tanlash sharoitida ham juda qo‘l keladi. Dastlabki bosqichda agentliklarni tanlashning asosiy mezonlari: ixtisoslashuv sohasi, agentlikning bozorda ishlash muddati, shunga o‘xshash pozitsiyalarni yopish tajribasi, shunga o‘xshash kompaniyalar bilan ishlash tajribasi, ishonchli mijozlarning tavsiyalari. avval kerakli nomzodni yollash xizmatini ko‘rsatgan rekruting agentliklari Tavsiya etilgan mezon to‘plami qat’iy emas, pozitsiyaga qarab o‘rnatiladi. Suhbat natijalariga ko‘ra tanlov. Yuqorida kadrlar menejeri muzokaralar olib borish mumkin bo‘lgan kadrlar agentliklari doirasini aniqlandi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi - to‘plagan agentliklar haqidagi barcha ma'lumotlarni tekshirish. Bunda agentlik vakillari bilan uchrashib, qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish lozim: Kadrlar agentliklari mutaxassislari talab etilayotgan lavozimga o‘xshash vakansiyani yopganmi? Qaysi kompaniya uchun? Qanday natija bilan? Tavsiyalar uchun ushbu kompaniya bilan bog'lansa bo‘ladimi? Agentlikning xizmatlari qancha - taxminan - qancha turadi? Maslahatchilar qancha vaqtdan beri ishlamoqda? Finalga chiqqan nomzodlarning tarjimai hollari qaysi shaklda taqdim etiladi (nomzodning tarjimai holi, agentlik tomonidan standartlashtirilgan tarjimai hol, nomzod to‘g'risida yig'ilgan va agentlik tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha ma'lumotlar bilan standartlashtirilgan tarjimai hol)? Mijozga ishning borishi to‘g'risidagi hisobot qancha muddatda taqdim etib boriladi? Agentlik eng oxirgi nomzodlarning tavsiyanomalarini ko‘rib chiqadimi? Muhimi buyurtmachi kompaniya va rekruting agentligining ishlash texnologiyasi va nomzodlarni baholash usullari haqidagi qarashlari mos kelishiga ishonch hosil qilish kerak. Agar vakansiya haqida bir xil tasavvur 209 mavjud bo‘lsa, agentlikda nomzodlarni aniq qanday tanlashi haqida tushuncha mavjud - demak, aynan shu kompaniya bilan ishlash lozim. Ammo, shunga qaramay, oldinda o‘zaro aloqalarning eng muhim bosqichlaridan biri - lavozim tavsifini agentlikka taqdim etish turibdi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling