Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-BOB. XORIJDA REKRUTMENT TAJRIBALARI 15.1. AQShda rekrutment kompaniyalar faoliyatining xususiyatlari
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
1. Autsorsing nima? 2. Autsorsingga qanday holatlarda talab vujudga keladi? 3. Autsorsing orqali qanday maqsadlar ko‘zlanadi? 4. Rekruting agentligi bilan ishlash texnologiyasi qanday? 5. Kadrlar agentligiga murojaat qilishning qanday afzalliklari mavjud? 212 15-BOB. XORIJDA REKRUTMENT TAJRIBALARI 15.1. AQShda rekrutment kompaniyalar faoliyatining xususiyatlari Qo‘shma Shtatlar va Kanadada rekruting deyarli bir hil: usullar, yondashuvlar, vositalar. Rekrutment tadbirkorlik faoliyati turi sifatida AQShda XX asrning 50- yillarida shakllangan. Aynan Amerika Qo‘shma Shtatlarida to‘g'ridan- to‘g'ri qidirish va xedxanting (yirik kompaniyalar - R2R-RED, The ocean partnership) va personal lizingi (etakchilar - Kelly Girl Services, Adecco, Manpower) kabi rekruting xizmatlari paydo bo‘ldi. 1956 yilda Londonda Manpower o‘z vakolatxonasini ochganidan so‘ng, kontinental Evropada personal lizingi xizmatlarini faol targ'ib qilish boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan Buyuk Britaniya, Frantsiya va Daniya, Qo‘shma Shtatlar bilan bir qatorda, rekruting bozorining ushbu ulushida etakchi bo‘lishdi. 6 Ta'kidlash joizki, personal lizingi amaliyotini amalga oshirish AQSh federal soliq qonunchiligining xususiyatlari tufayli amalga oshirildi, unga ko‘ra provayder agentliklari pensiya ta'minotining foydaliroq tizimlaridan foydalanishlari mumkin edi. Shuningdek, qarzli mehnatning qonuniyligi Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan 1997 yilda 181-sonli Konventsiya va rekruting agentliklari faoliyati to‘g'risida 188-sonli tavsiyanoma qabul qilib, tan olingan, Xozirgi kunda personal lizingi xizmatlari hajmi AQShning rekruting bozorining 40% dan ortig'ini tashkil etadi. Bundan tashqari, ushbu xizmatning dunyo bo‘yicha umumiy aylanmasining 1/3 qismi Amerika rekruting agentliklari zimmasiga to‘g’ri keladi. Ushbu bozorda eng yirik Manpower xalqaro kompaniyasining yillik aylanmasi 4 milliard dollardan ortiq baholanadi. Autstaffing xizmati AQShda ancha rivojlangan. Bu xizmat Professional Employer Organization (PEO) kompaniyalari tomonidan ta'minlanadi. Shu tariqa, Garvard Business Review jurnali autstaffing yoki xodimlarni xodimlar jadvalidan chiqarish faoliyatini "90-yillarda AQShda eng jadal rivojlanayotgan biznes" deb atagan. 7 Aftidan, autstaffing xizmatining ommabop bo‘lishining asosiy sababi G'arb biznesining ajoyib xususiyati - o‘z xodimlariga "benifits" yoki sug'urtalovchilar bilan shartnomalarning yuqori narxini hisobga olgan holda, kichik kompaniyalar 6 Тюльпанов, А. Зарубежный опыт развития рекрутинга / А. Тюльпанов// Управление персоналом. – 2008. – № 19. – [Электронный ресурс] –Режим доступа: http://www.hr-portal.ru (дата обращения: 10.04.2015) 7 HR-Portal [Электронный ресурс] – Режим доступа: http:// www.hr-portal.ru (дата обращения: 10.04.2015) 213 taqdim eta olmaydigan ijtimoiy imtiyoz va sug'urta paketlarini berish imkoniyatidir. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling