Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
Gonkong tajribasi. Ishga qabul qilish agentliklarining o‘ziga xos
xususiyati shundaki, kompaniyalarning yosh xodimlarining aksariyati har 12-14 oyda o‘zlarining ish joylarini o‘zgartiradilar, bu esa u erda doimiy bandlikni an'anaviy ma'noda vaqtinchalik yoki shartnoma asosidagi bandlikka o‘xshatadi. Gonkongda, shuningdek Singapurda ham xalqaro rekrutment etarlicha rivojlangan. Ko‘plab transmilliy korporatsiyalar, yirik investitsiya va bank muassasalari o‘z bizneslarini rivojlantirmoqdalar, 214 shuning uchun ular AQSh va Evropadan talab etiladigan malaka mutaxassislariga faol ravishda buyurtma bermoqdalar. 15.3. Buyuk Britaniya, Frantsiya, Avstriya va Germaniyada rekrutment amaliyotining tahlili Aksariyat rekrutment bozori ishtirokchilarining raqobat sharoitida omon qolishlari uchun eng samarali usullardan biri Buyuk Britaniyadagi rekrutment sohasida shakllantirildi - kompaniyalar ishga qabul qilish sohasida yanada samarali natijalarga erishish uchun kuchlarini birlashtirgan: ular Rekrutment va Bandlik Konfederatsiyasi (REC) tashkiloti tarkibiga kirishgan va bu "sheriklik" ning asosini ularning o‘zaro munosabatlarining 70 yildan ortiq tarixi tashkil etdi. 1930 yilda Buyuk Britaniyada birinchi marta London bandlik agentliklari federatsiyasi tashkil etildi. 8 Bu biznes tarixining o‘ziga xos turi - bizda tarixda bo‘lmagan, shuning uchun ba'zi usullar va texnologiyalarni bilish, ehtimol, O‘zbekiston kadrlar bozori uchun juda foydali bo‘ladi. Ayniqsa, kompaniyalar shunchaki zamonaviylik va tsivilizatsiyalashganligi belgisini saqlab qolishlari kerak bo‘lgan tobora kuchayib borayotgan raqobat sharoitida. Bugungi kunda Rekrutment va Bandlik Konfederatsiyasi - bu yakka tartibdagi rekruterlarni ham, kadrlar agentliklarini ham bir tom ostida birlashtirgan tashkilot. Raqamlarga kelsak unga 7000 dan ortiq rekruting agentliklar va 5000 dan ortiq menejerlar birlashgan bo‘lsa, taqqoslash uchun MDH davlatlari ichida etakchi bo‘lgan Rossiyada ishga qabul qilish bo‘yicha maslahatchilar assotsiatsiyasi a'zolari soni 93 ta. Buyuk Britaniyada rekruting kompaniyalarining ikki turi mavjud: qisman davlat tomonidan dotatsiyalanadigan kompaniyalar rekruting kompaniyalari; rekruting agentliklari. Birinchi turdagi kompaniyalar aylanmasiningning o‘rtacha uchdan bir qismi davlat byudjeti mablag'lari hisobiga to‘g'ri keladi. Ushbu mablag’dan foydalanib, ishga rekruting agentliklari universitet bitiruvchilari uchun bepul xizmatlar to‘plamini taqdim etishni tashkil qilishadi. Shu yo‘l bilan, bo‘lg’usi mutaxassislar uchun rezyume tuziladi, treninglar o‘tkaziladi, shuningdek "ommaviy" (bepul) konferentsiyalar va ko‘rgazmalar davomida 8 Зеленский, С.Б. Особенности рынка рекрутмента Великобритании / С. Б. Зеленская // Справочник по управлению персоналом. – 2007. – №4. – [Электронный ресурс] – Режим доступа: http://www.hr-vision.ru (дата обращения: 10.04.2015) 215 maslahat va tushuntirish ishlari olib boriladi. Xususan, ishga qabul qilish agentliklari rezyumelarni to‘g'ri yozishda yordam beradi yoki ish beruvchiga intervyu berishga tayyorgarlik ko‘rish istagida bo‘lganlar uchun mini treninglar o‘tkazadi. Shuningdek, rekruting agentliklari ish beruvchilarni ish qidiruvchilar uchun o‘tkaziladigan bunday treninglarga bepul taklif qilishadi, shunda ish beruvchilar bevosita yosh mutaxassislarni o‘quv jarayonida kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Xuddi shu agentliklar, ammo tijorat asosida, kadrlarni tanlash bilan ham shug'ullanadilar. Ko‘pincha ular kotibalarni, buxgalterlarni, ma'murlarni, hamshiralarni, oshpazlarni, ofitsiantlarni va boshqalarni tanlab oladilar. Bunday vakansiyalarga ishga joylashish uchun agentliklar ish beruvchilardan haq oladilar, va mohiyatan bunday xizmat rekruting hisoblanadi. Rekruting kompaniyalari orasida juda ko‘p ixtisoslashgan idoralar mavjud. Ko‘pincha ular IT, moliya sohasida va restoran va mehmonxona biznesi uchun xodimlarni ishga yollaydilar. Qizig'i shundaki, ma'lum bir mavsumga qarab kompaniyaning ixtisoslashuvlari to‘plami o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha ingliz agentliklari o‘z faoliyat profilini o‘zgartiradilar. Shu tariqa, olti oy oldin ko‘plab agentliklar tibbiyot va farmatsevtika sohasida ixtisoslashgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu soha tijorat istiqbollari nuqtai nazaridan moliya va axborot texnologiyalari kabi sohalarga yo‘l ochgan bo‘lishi mumkin. Angliyada rekruting kompaniyalari faoliyat ko‘rsatadigan umumiy ixtisosliklar mavjud. Shunday tariqa, rekrutment konfederatsiyasi tomonidan agentliklarning eng tez-tez uchraydigan ixtisoslashuvlariga mos keladigan 12 ta asosiy bo‘lim ajratdi. REC a'zolari bo‘lgan ishga qabul qilish markazlari umumiy ma'lumotlar bazasiga ega. Buyuk Britaniyada ishga qabul qilish markazlari faoliyatining ba'zi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. REC-dagi tibbiyot bo‘limining o‘ziga xos xususiyati shundaki, barcha rekruting kompaniyalarida faqat bitta mijoz - ish beruvchi - NHS (Milliy sog'liqni saqlash xizmati) mavjud. Milliy sog'liqni saqlash tizimining rasmiy vakili sifatida ushbu tuzilma uning turli xil bo‘g'inlarining uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. Shu jumladan kadrlar uchun mas'uldir. Tender asosida rekruting kompaniyalar o‘z sohasi va obro‘siga muvofiq NHSdan buyurtmalar qabul qilishadi. Bir tomondan, bunday holatda deyarli sifatsiz ish faoliyati bo‘lmaydi, sababi bir marta aldagan kompaniya hech qachon keyingi marta buyurtma qabul qilmaydi. Boshqa tomondan, bu eng yaxshi ijrochilarga xizmat sifatini yaxshilashga 216 imkon beradi. Shu bilan birga, xaridor bilan bog'liq vaziyatni hisobga olgan holda, ushbu bozor juda tor va shuning uchun turli sabablarga ko‘ra buyurtma olmagan ko‘plab kompaniyalar shunchaki ixtisoslashuvini o‘zgartiradilar. Shunisi qiziqki, milliy bozorda farmatsevtika va tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan rekruting kompaniyalari deyarli yo‘q. Buning sababi bu sohada ish haqining past darajasi va xususiy sektorda kadrlar almashinuvi juda yuqoriligi. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling