218
AQSh dollardan ko‘proqni tashkil etgan. Rekruting
xizmatlari hajmidan
olingan tushum quyidagi segmentlar bo‘yicha kuzatilgan:
– vaqtinchalikdan doimiyga o‘tish bo‘yicha xizmatlar – yiliga 38,5 %;
– personal lizingi bo‘yicha xizmatlar – yiliga 28,0 %;
– kasbiy mahorati yuqori bo‘lganlar va mutaxassislarni
vaqtinchalik
taqdim qilish bo‘yicha xizmatlar - yiliga 27,8 %;
– axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar
va muhandis texnik
xodimlarni vaqtinchalik taqdim qilish bo‘yicha xizmatlar – 24,0 %;
– personalni tanlash va ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar – 22,0 %.
Shimoliy Amerikada mazkur tarmoqqa 25
ming kompaniya jalb
qilingan. Ushbu biznes asosiy bo‘lib hisoblanadi, ya’ni 10 ming kompaniya
uchun 80% dan ortig‘i shug‘ullanadi.
Mingdan ortiq rekruting
kompaniyalari xizmat ko‘rsatadi.
Yevropa mamlakatlari. Amalda barcha Yevropa
mamlakatlarida rekruting kompaniyalari tushumining o‘sishi kuzatilmoqda.
Fransiya rekruting bozori o‘sish sur’ati bo‘yicha jahonda AQShdan keyin
ikkinchi o‘rinda turadi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy tushum 15
mlrd. AQSh dollarini tashkil etmoqda.
Keyingi bir necha yillarda
vaqtinchalik ish bilan bandlik sektorida tushumning o‘sishi Ispaniyada –
114 %, Shvesiyada – 50 %, Niderlandiyada – 28 %, Fransiyada – 25 %,
Shveysariyada – 20 % hamda Belgiya va Avstriyada – 19 %ni tashkil etdi.
Odatda Yevropa rekruting kompaniyalari mijozlarga xizmat ko‘rsatishga
qo‘shma yondashuvdan foydalanmoqdalar.
Bunda
bitta va bir guruh mijozlar uchun doimiy va vaqtinchalik ishga joylashtirish
yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatmoqda. Boshqa tomondan, Yevropa
mamlakatlarining ko‘pchiligida, xususan, Belgiya, Fransiya, Luksemburg,
Niderlandiya, Norvegiya va Ispaniyada kadrlarga xizmat ko‘rsatishning
faqat bitta yo‘nalishidagi faoliyat doirasida
rekruting kompaniyalari
faoliyatini
litsenziyalash bilan chegaralamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: