Saodat toxirovna toshaliyeva r e k r u t m e n t
Download 4.36 Mb. Pdf ko'rish
|
Rekrutment Darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlamayapman
5.3. Web-rezyume Saytlarni yaratish arzonlashgani sayin, ish izlovchilar o‘rtasida WEB- rezyume, ya'ni kichik shahsiy sayt ko‘rinishidagi rezyumelar urf bo‘ldi Ingliz tilidan “Web-resume” veb-rezyume (onlayn rezyume). Veb- rezyume formatidan foydalanish tu/rli xil mutaxassisliklar vakillariga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ish topishga imkon beradi. Bu ish qidiruvchiga xodim sifatida barcha afzalliklarini namoyish etish va bu ma'lumotlarni maksimal ish beruvchilar soniga etkazish imkonini beradi. Shu bilan birga, asosiy maqsad har bir murojaat etuvchiga individual yondashuv bo‘lib, u bunda shaxsiy veb-sayt orqali shaxsiy matnni, grafikani va video formatida ma'lumotlarni ish beruvchiga etkaziladi. Ish qidirishning taklif etilayotgan shakli ish joylaridagi shablon rezyumelarini ishlatishdan farqli o‘laroq samaralidir. Chunki ish beruvchi nomdodlarning rezyumesini ko‘rib chiqayotganda ish qidirish portallaridagi 84 rezyumelarning uzun ro‘yxatidan izlaydi, natijada u eng maqbul nomzodga to‘xtalmasligi mumkin. Veb-rezyumeni standart rezyumega nisbatan afzalliklari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: • Nomzod ko‘proq e’tiborga tushish imkoniga ega bo‘ladi. • Nomzod texnologiyalaridan foydalanib, u zamonaviy inson sifatida qaraladi. • Ko‘proq potentsial ish beruvchilar nomzodning rezyumesini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. • Nomzod haqida ma'lumot Internetda kunning istalgan vaqtida istalgan vaqt davomida mavjud bo‘ladi. • Nomzod haqidagi ma’lumotlar oddiy rezyume doirasida chegaralanmaydi va veb-rezyume orqali asl shaklda (qisqacha tavsif, tarjimai hol, malaka hujjatlari, ishdagi yutuqlaringiz, loyihalaringiz, ishlanmalaringiz va boshqalar) qo‘shimcha ma'lumot taqdim etish imkoniga ega bo‘ladi . • Nomzod o‘zining rezyumeni o‘nlab ish saytlarida joylashtirmasdan ish qidirish vaqtini sezilarli darajada tejaydi. Shaxsiy veb-rezyume nomzodga o‘zi haqida ma'lumotlarning hajmini sezilarli darajada kengaytirishga imkon beradi. Masalan, birgina fotosuratdan foydalanish ish topish imkoniyatini to‘rt martaga oshiradi va agar nomzod o‘zi yaratgan buyumlar, mahsulotlar, fotosuratlar yoki videolarni joylashtirsa, ishlagan hujjatlari yoki chizmalarini skanerlasa, ish beruvchi nomzod bilan bog'lanib, uning ishga qabul qilinish imkoniyatu oshadi. Bundan tashqari, potentsial ish beruvchilar nomzod haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘ladilar, chunki nomzodning shaxsiy veb-sahifasi ko‘plab qidiruv tizimlari va Internet-kataloglari tomonidan indekslanadi va uzoq vaqt davomida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Ish qidirish portallaridagi oddiy rezyumelardan farqli o‘laroq, ularni yo‘q qilib yoki o‘chirib bo‘lmaydi. Odatda oddiy job-saytlarda rezyumelar bir necha kundan so‘ng quyi pog’onalarga tushib qoladi. Shu bilan birga, veb- rezyume saytidan foydalanish sizning rezyumeingizni biron bir ish saytiga joylashtirishning maqbul usulini bekor qilmaydi, siz u erda o‘z shaxsiy sahifangizga havolani qoldirishingiz mumkin. Vakant.ru nomli nufuzli ish qidirish bo‘yicha internet-xizmati tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, ish qidirish usullari bo‘yicha Internet birinchi o‘rinda turadi. Shu bilan birga, da’vogarlarning faqat yarmi global tarmoq resurslaridan oqilona foydalanadilar. Birinchidan, ish beruvchida siz haqingizda xodim sifatida ijobiy taassurot qolishi kerak. Shuning uchun veb-rezyumeda nomzod haqida 85 ma'lumotga boy va qulay veb-sahifa yaratish birinchi o‘ringa qo‘yilishi. Bunda veb-dasturlashning ilg'or texnologiyalaridan foydalangan holda veb- dizaynda "durdona" rezyume saytli yaratish lozim. Shu tariqa, nomzod veb- rezyumesi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, ish uchun barcha kerakli vositalarga ega. Ishlab chiqilayotgan veb-rezyumening o‘ziga xos xususiyati uning mazmunining ish beruvchiga yo‘naltirilganligi bo‘lishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun avvalo uning tarkibiy tuzilishi, so‘ngra veb-sahifada uning dizaynining texnik tomoniga e’tibor qaratilishi kerak. Veb-rezyume namunaviy tuzilishi quyidagicha: Veb-rezyume tuzilishida nomzodning bandligini tavsiflovchi banner bo‘lishi maqsadga muvofiq, unda potentsial ish beruvchiga mutaxassis band yoki band emasligi, ish joyini o‘zgartirish yoki faol ish qidirish holati to‘g'risida ma'lumot beriladi. Bandlikning uch darajasi ko‘zda tutilgan: • Ishlamayapman. Faol ravishda ish izlamoqdaman. • Ishlayapman. Ish takliflarini qabul qilaman. • Bandman. Men ish takliflarini qabul qilmayman. Download 4.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling