257
sariyog‘ga xos struktura va konsistensiyaga ega boiadi. Oqimli usulda olingan sariyog1 nafis ta’m va hidga ega.
Sariyog‘ning sifatiga talablar. Standart talablariga mos keladigan sariyog1 shu turga xos ta’m va hidga ega, begona ta’m va hidlarsiz boiishi kerak. Sariyog‘ning konsistensiyasi 10-12 °C haroratda zich, bir jinsli, kesimi yuzasining ko‘rinishi-kuchsiz yaltiroq va quruq yoki alohida juda mayda suv tomchilariga ega boiishi kerak.
Sariyog' ayrim turlari sifatiga ko‘ra oliy va 1-navlarga boiinadi. Bu sariyogiarning sifati organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 100 balli tizim bo‘yicha baholanadi. Har bir ko‘rsatkich uchun ma’lum maksimal ball ajratiladi: ta’mi va hidiga-50; konsistensiyasi, ishlov berilishi va tashqi ko‘rinishiga-25; rangiga-5; tuzlanganligiga-10; joylashga-10 ball. Umumiy bahosi 88-100 ball, shu jumladan, ta’mi va hidi bo‘yicha 41-50 ball bahoga ega boigan sariyog1 oliy nav, umumiy bahosi 80-87 ball, shu jumladan, ta’mi va hidi bo‘yicha 37-40 ball bahoga ega boigan sariyog* birinchi navga tegishli deb hisoblanadi.
Organoleptik ko'rsatkichlari bo'yicha 80 balldan past baholangan sariyog1 sifati bo‘yicha nostandart hisoblanadi va qayta ishlashga yuboriladi.
Chirigan, taxir, baliq, mog‘orlagan va boshqa begona ta’mli nuqson- larga ega sariyog* savdoga chiqarilmaydi.
Saqlash jarayonida mikroorganizmlar, havo, yorugiik va boshqa omillar ta’sirida sariyog‘ning sifati yomonlashadi. Sarig‘yoni saqlash uchun moijallangan xona toza va yorugiikdan himoya qilingan boiishi kerak. Uzoq muddat saqlash uchun moijallangan sariyog4 sovitkichlarga joylanadi. Bu yerda sariyog‘ning taxminiy yaroqlilik muddati -18 °C haroratda tuzlanmaganniki-12 oy, tuzlanganniki-7 oy; -12°C haroratda tuzlanmaganniki-9 oy, tuzlanganniki-6 oy. Qadoqlangan sariyog4 -18 °C haroratda 1 oydan ortiq saqlanmasligi kerak. Eritilgan sariyog4 3-8 °C haroratda 1 yilgacha saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |