Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet22/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Komponent miqdori, %

Komponent miqdorining og'ishi, % (ko‘p emas)

30 dan ortiq

±1,5

11-30

±1,0

3-10

±0,5

3 dan kam

±0,1


Alohida mikrodozatorlarda mikroqo‘shimchalar va ularning aralashmalarini dozalashda komponent miqdorining± 3% og'ishiga ruxsat beriladi.
Omixta yem komponentlarini aralashtirish-bu
ishlab chiqarish jarayonining tugallovchi bosqichidir. Dozalash bilan bir qatorda komponentlarni aralashtirish-asosiy texnologik jarayonlardan biridir. Aynan shu ikki jarayon ko'pincha omixta yem sifatini belgilaydi.
Omixta yem retseptida ko‘rsatilgan barcha moddalar o‘rnatilgan miqdorlarda mavjud boiishi kerak. Binobarin, dozalangan komponentlar yaxshi aralashtirilgan, ya’ni omixta yem bir jinsli oquvchan massadan iborat boiishi kerak. Omixta yemning bir jinsliligi uning butun hajmi bo‘yicha bir xil oziqaviylikka ega boiishi bilan ifodalanadi. Aralashtirish jarayoni hozirgi vaqtda alohida e’tiborni talab qilmoqda, chunki omixta


40




yemga kam miqdorda turli mikroqo‘shimchalar kiritila boshlangan-
ligi tufayli, aralashmalarning yuqori darajada bir jinsliligi talab qilinadi.
Aralashtirish samaradorligi bir tomondan komponentlarning fizik
xossalariga (namlik, zichlik, granulimetrik) bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi
tomondan aralashtirgich konstruksiyasiga, aralashtirish vaqtiga aralashtir-
gichni to‘ldirish darajasiga va boshqalarga bog'liq bo‘ladi.
Komponentlarni aralashtirish davriy (porsion) va uzluksiz ishlay-
digan aralashtirgichlarda amalga oshiriladi. Uzlukli ishlaydigan aralashtir-
gichlarga avval komponentlarning olchangan dozalari bir vaqtda beriladi,
keyin aralashtirish amalga oshiriladi, bundan so‘ng araltirgich bo'shatiladi.
Uzluksiz ishlaydigan aralashtirigichlarda komponentlar dozasi uzluksiz
oqimda beriladi, aralashtirladi va ishchi mexanizmlar bilan chiqaruvchi
quvur tomon yo'naltiriladi.
Omixta yemni granulalash. Sochiluvchan omixta yemni tashish,
saqlash va undan foydalanishda o‘z-o‘zidan
joylashuvi, changlanib ketishi va jipslashuvi
kuzatiladi. Omixta yem va xomashyo
resurslarini tejash hamda ulardan ratsional
foydalanish vositalaridan biri bo‘lib, omixta
yemni granula ko‘rinishida ishlab chiqarish
hisoblanadi. Granulalash chorvachilikni
mexanizatsiyalash, parrandachilikda
mehnat sharoitini yaxshilash, omixta yemni
yuklash, saqlash va tashish sharoitlarini
yaxshilash, shuningdek, komponentlarda
oziqa moddalarning to‘liq saqlanishini
ta’minlaydi. Granula so‘zi lotincha granulum
so‘zidan olingan bo‘lib, «donacha»
ma’nosini anglatadi. Granulalash dastlabki
sochiluvchan omixta yemni presslash prin-
sipiga asoslanadi. Granulalangan omixta
yem ishlab chiqarish texnologik sxemasi
1.8-rasmda tasvirlangan.
Sochiluvchan omixta yem avtomatik
tarozi 1 da o‘lchanadi va magnit ushlagich
nazoratidan o'tgandan keyin bunker
3 ga tushadi. Tayyorlangan yem bunker
3 dan bir tekisda press-granulator 4 ga



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling