Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
Kunjara va shrot. Yogii o‘simliklarning urugiaridan yog‘ni ajratib olgandan keyin hosil boiadigan chiqindi mahsulotlar hisoblanadi. Kunjara tozalangan, maydalangan, issiqlik va namlik bilan ishlov berilgan urugiardan presslarda yog‘ siqib olingandan keyin, shrot esa yog‘ni organik erituvchilar bilan ekstraksiyalab olgandan keyin hosil boiadi. Ekstraksiyalashdan keyin erituvchi ajratib olinadi, qolgan massa esa quritiladi. Quritilgan sochiluvchan massa shrot deb nomlanadi. Kunjarada yog‘ning miqdori absolut quruq moddaga nisbatan 7% ni tashkil qiladigan boisa, shrotda-2,5% dan oshmaydi.
Yogii urugiarning kunjarasi va shroti oqsilga boy, sezilarli miqdorda yog‘, selluloza, almashinmaydigan aminokislotalar, mineral moddalar saqlovchi yem hisoblanadi. 100 kg kungaboqar shrotining oziqaviy qiymati 104, zig‘irniki-113, yeryong‘oqniki-124, chigitniki-106, makkajo‘xoriniki—116 oziqa birligiga mos keladi. Fosfatid konsentrati. Yog‘ ishlab chiqarish korxonalarida yog‘dagi fosfatidlar (lesitin) eritmasi ishlab chiqarishda qo‘shimcha mahsulot sifatida hosil boiadi. Konsentrat tarkibida hayvonlar organizmida modda almashinuvini rivojlantiradigan xolin, tokoferol (E vitamini) kabi qimmatli biologik faol moddalar mavjud. 100 kg fosfatid konsentratining oziqaviy qiymati 350 oziqa birligiga mos keladi. Makkajo'xori oz/<7<3.s7-makkajo‘xoridan kraxmal ishlab chiqarishning qo‘shimcha mahsulotidir. 100 kg yemning oziqaviy qiymati 112 oziqa birligiga mos keladi. Tuzlangan gidrol kraxmal-patoka sanoati korxonalarida kristallsimon glukoza ishlab chiqarishning qo‘shimcha mahsuloti hisoblanadi. Gidrol tarkibida 45-50% qandlar, 9-13% osh tuzi va mineral moddalar mavjud. 100 kg tuzlangan gidrolning oziqaviy qiymati 67 oziqa birligiga mos. 36 Hayvon mahsulotlaridan olinadigan xomashyolarga yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan go‘sht, baliq, sutni qayta ishlashda hosil boiadigan qo‘shimcha xomashyolar kiradi. Ular katta miqdordagi to‘la qimmatli oqsillar, mineral moddalarga egaligi va yaxshi hazm boiishi bilan farq qiladi. Shuning uchun hayvonlarning barcha turlari va guruhlari uchun moijallangan omixta yemlarga qo‘shiladi. Go'sht-suyak uni hayvonlarning iste’molga yaroqsiz boigan etlaridan va go'sht kombinatlarida hayvonlarni so‘yish vaqtida hosil boiadigan turli xil chiqindilaridan ishlab chiqariladi. 100 kg go‘sht-suyak uni 71-90 oziqa birligiga mos keladi. Go'sht uni yuqori sifatli oqsilli oziqa. Hayvonlarning ichki organlari, ivigan qonlari, go'sht-konserva sanoatining chiqindilari va boshqa turdagi chiqindilardan ishlab chiqariladi. 100 kg go‘sht uni 100120 oziqa birligiga mos keladi. Qon uni qondan, fibrindan va suyakdan ishlab chiqariladi. U yaxshi hazm boiadigan proteinga ega yuqori oqsilli yem hisoblanadi. 100 kg qon uni 98 oziqa birligiga mos keladi. Suyak uni hayvonlarning suyaklariga ma’lum usul bilan ishlov berib olinadi. Suyak uni omixta yemlar tarkibidagi fosfor va kalsiy orasidagi nisbatni muvozanatlash uchun qoilaniladigan mineral qo‘shimcha hisoblanadi. 100 kg suyak unining oziqaviy qiymati 84 oziqa birligiga mos keladi. Oziqaviy yog'lar A va E vitaminlariga boy. Parrandalar jo'jalarining omixta yemlariga qo'shilganda katta samara beradi. Yogiarni omixta yemlarga qo‘shish ularning mazasini yaxshilaydi, yem tarkibida mavjud boigan vitaminlarni turg‘unlashishiga yordam beradi. 100 kg yogiarning oziqaviy qiymati 350 oziqa birligiga to‘g‘ri keladi. Baliq uni baliqni qayta ishlash sanoatining chiqindilaridan ishlab chiqariladi. U mikroelementlarga, vitaminlarga, asosan, B12 vitaminiga boy. Sifatiga qarab 100 kg baliq unining oziqaviy qiymati 88—150 oziqa birligiga mos keladi. Omixta yem tarkibiga mineral moddalardan osh tuzi, bo‘r, oziqaviy fosfatlar, molluskalarning chig‘anoqlaridan tayyorlangan un, travertin uni, ohak va boshqalar qo‘shiladi. Antibiotiklar chorva mollarining o‘sishini rivojlantirish xossasiga ega. Omixta yemlarga antibiotiklar toza holda emas, balki preparatlar ko‘rinishida, davolash maqsadida qo‘shiladi. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling