Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Donni o‘lchamlari bo‘yicha saralash


Download 462.71 Kb.
bet16/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Donni o‘lchamlari bo‘yicha
saralash
bir o‘lchamli fraksiya olish,
kichik va puch donlarni ajratish maqsadida elakdonlar, separatorlarda
elash yoii bilan amalga oshiriladi. Bu jarayonning bajarilmasligi yorma
chiqishini kamaytiradi va uning sifatini yomonlashtiradi. Donni oqlash
deb, gul qobig'ini (grechixaning meva qobig‘ini) ajratish jarayoni
tushuniladi. Bu jarayon oqlash mashinalarida-vales-dekali dastgohlarda,


1.7-rasm. ZSHN rusumli oqlovchi- silliqlovchi mashinasi:


1-abraziv disklar; 2-teshikchali qopqoq (elak); 3-chiqaruvchi quvur.


27




Don nomi

Donning quruq moddalarga nisbatan miqdori,%

kul

selluloza

pentozanlar

Oqlanmagan tariq

3,5

13,0

6,5

Oqlangan tariq

1,5

1,0

2,5

Oqlanmagan grechixa

2,2

14,5

8,0

Oqlangan grechixa

2,2

1,3

2,0

Oqlanmagan suli

4,5

13,0

14,0

Oqlangan suli

2,0

2,0

3,0

Oqlanmagan sholi

6,0

15,5

3,3

Oqlangan sholi (guruch)

1,2

0,8

1,2


Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, oqlash natijasida dastlabki massasiga nisbatan olib tashlanadi (foizlarda): tariqdan kul-57, selluloza-92, pentozanlar-61; grechixadan selluloza—90, pentozanlar-75, sulidan kul-56, selluloza-85, pentozanlar-79, sholidan- kul-80, selluloza—90, pentozanlar -64.
Oqlovchi mashinadan chiqqan mahsulot oqlangan butun va maydalangan, oqlanmagan donlar, qipiq, unsimon mayin maydalangan zarrachalar (ozuqa uni)dan iborat bo‘ladi. Toza mag‘izni ajratib olish uchun mahsulot tozalanadi va saralanadi.
Qipiq (qobiqning bo‘lakchalari) aspiratsion qurilmalarda-qipiq sovuruvchilarda sovuriladi, oqlanmagan, butun mag‘iz va uning bo‘laklari, oziqa uni elakdonlarda elash yo‘li bilan ajratiladi. Suli, tariq, va sholini qayta ishlashda oqlanmagan va oqlangan don yorma ajratgichlarda, paddi-mashinalarda va triyerlarda ajraladi. Qipiq va oziqa uni (ba’zida maydalangan mag‘iz) chiqindi hisoblanadi, oqlanmagan don takroriy oqlashga, butun mag‘iz esa silliqlangan bug‘doy, perlovka va makkajo‘xori yormalarini tayyorlash uchun navbatdagi ishlov berishga yuboriladi.
Silliqlash va sayqallash tariq va suliga (silliqlash) guruch va no‘xatga (silliqlash va sayqallash) ishlov berishda qo‘llaniladi. Maydalanmagan yormani silliqlash va sayqallash, murtak va qobiq qismlarini ajratish uchun, yirik maydalangan (perlovka, makkajo'xori, bug‘doy) yormaga 28




ma’lum shakl berish, bir jinsliligini ta’minlash va iste’molboplik xossalarini yaxshilash maqsadida tashqi qismlarini olib tashlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Silliqlash va sayqallashdan keyin mahsulot yana tozalanadi va saralanadi. Bu jarayonlar yormaning tashqi ko‘rinishi, kimyoviy tarkibi va iste’molbop xossalarini sezilarli darajada o‘zgartiradi, mazasi yaxshilanadi, pishirish davomiyligi qisqaradi, pishirishdan keyin hajmi oshadi.
Qadoqlash va joylashdan oldin yorma metall aralashmalardan tozalanadi, nazorat sovurish va elash mashinalaridan o‘tkaziladi. Yorma mato xaltalarga joylanadi. Uning katta qismi qog‘oz va boshqa materiallardan tayyorlangan paketlarda qadoqlanadi.
Yormani saqlash shart-sharoitlari unni saqlashnikidan farq qilmaydi. Yormaning turlari saqlashda har xil yaroqlikka ega. Suli, makkajo‘xori, tariq yormasi saqlashga uncha chidamli emas. Guruch, grechixa, arpa yormalari (14% namlikda) saqlashga juda chidamli. Noqulay sharoitlarda saqlanganda yormaning mazasi taxirlanishi, mog‘orlashi, o‘z-o‘zidan qizishi, ombor zararkunandalari tomonidan zararlanishi mumkin.
Yorma sifatiga qo‘yiladigan talablar. Yormaning sifati organoleptik va fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari bo‘yicha baholanadi. Uning organoleptik sifat ko‘rsatkichlari rangi, hidi, ta’mi va mineral aralashmalarning mavjudligi (yo‘qligi) kabi ko'rsatkichlardan iborat.
Yormaning rangi donning xususiyatlari (so‘kning rangi och sariqdan, sariqqacha, guruchniki-oqdan biroz kulranggacha, no‘xatniki sariq yoki yashil, oddiy grechixaniki-och jigarrang, tezpishar grechixaniki jigarrang va hokazo), ishlov berish sifati (yaxshi ishlov berilgan perlovkaniki-oq, yomon ishlov berilganniki-kulrang), saqlash sharoitlari (uzoq muddat saqlashda rangi o‘zgaradi), nuqsonli don ishlatilishi bilan bogiiq. Hidi turiga xos, mog‘or, zax va begona hidlarsiz boiishi kerak. Ta’mi o‘ziga xos, taxir, achchiq va begona ta’msiz boiishi lozim.
Fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlardan yormaning namligi alohida ahamiyatga ega. Yuqori namlikka ega, quruq yormaga nisbatan yomon saqlanadi, tezda o‘z-o‘zidan qiziydi, mog‘orlaydi, achiydi. Ayrim yormalarning namligi 14% dan (suli, grechixa, so‘k, bug‘doy yormasi), manniy yormasiniki-15,5% dan, arpa, makkajo'xori va no‘xat yormala- riniki—15 % dan oshmasligi kerak.
Aralashmalarning miqdori yorma sifatini belgilovchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Barcha yorma turlarida begona va zararli aralashmalarning miqdori aniqlanadi. Zararli aralashmalarning


29




miqdori turiga ko‘ra 0,02-0,05% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Begona aralashmalarga-mineral, organik aralashmalar, begona o‘simliklarning urug'i, boshqa donlarning urug‘i taalluqli. Mineral aralashmalarning miqdori 0,05 % dan ko‘p boimasligi kerak.
Yaxshi sifatli mag‘izning miqdor ko‘rsatkichi har bir yorma turi bo‘yicha belgilangan. Guruch, grechixa, suli yormalari yaxshi sifatli mag‘izning miqdor ko‘rsatkichi bo'yicha navlarga bo‘linadi. Yaxshi sifatli mag‘iz miqdorini foizlarda ifodalash uchun 100 dan aralashmalarning foizlarda ifodalangan umumiy miqdori ayiriladi. Aralashmalarning umumiy miqdoriga quyidagilar kiradi: begona aralashmalar, oqlanmagan don, buzilgan magiz, oziqa uni hamda standart tomonidan o‘rnatilgan me’yordan ortiq miqdordagi singan mag‘iz. Masalan, yormada begona aralashmalarning miqdori 0,3%, oqlanmagan donlarniki-0,5, buzilgan mag‘izlarniki-0,2, oziqa unniki-0,1 va singan mag‘izlarniki-2% ni (me’yor 1 %) tashkil qilganda, yaxshi sifatli mag'izning miqdori: 100— (0,3+0,5 + 0,2+0,l)-(2-l)=97,9% dan iborat boiadi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling