Unning boshqa turlari. Makkajo'xori, arpa, grechixa, soya va no‘xat unlari faqatgina milliy va maxsus taomlar tayyorlashda foydalanish maqsadida kam miqdorlarda ishlab chiqariladi. Masalan, grechixa uni-parhezbop taomlar ishlab chiqarish, suli uni-pecheniyning maxsus navini (sulili pecheniy) ishlab chiqarish va guruch uni—bolalar va parhezbop ovqatlanish uchun mahsulotlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Unni saqlash. Unni saqlash tarali yoki tarasiz usulda amalga oshiriladi. Tarali omborxonalarda un solingan qoplar shtabel ko'rinishida (balandligi ko‘pi bilan 10-12 qator) yog‘och stellajlarga teriladi. Stellajlar orasidan havo o‘tib turishi uchun ular yerdan 15 sm balandlikda taxlanadi. Shtabellar orasi ochiq bo'lishi, har 10—11 m oraliqda orasiga kamida 0,5 m o‘tish joyi bo‘lishi lozim.
25
Zamonaviy usul-unni tarasiz tashish va saqlash hisoblanadi. Bunda og‘ir mehnat bilan shug‘ullanadigan ishchilar soni qisqaradi, omborxonalarning sanitariya holati yaxshilanadi, ishlab chiqarish madaniyati oshadi, unning yo'qotilishi kamayadi. Tarali usulda saqlashga nisbatan iqtisodiy samaradorlik oshadi.
Unni saqlash turli muddat davom etishi mumkin. Tegirmonlarda navli unga qisqa muddatli dam beriladi (5-10 kun). Chunki tegirmondan chiqqan un 40 °C atrofidagi haroratga ega. Dam olish vaqtida harorat atrof-muhit bilan muvozanatga keladi, unning nonboplik xossalari biroz yaxshilanadi. Yirik omborxonalarda un bir necha oy, ayrim hollarda 1 yilgacha saqlanishi mumkin. Un sifatini yomonlashtirmasdan saqlashning asosiy shartlari—omborxonaning tozaligi, shamollatilishi, zarakunandalardan xoli bo‘lishi hisoblanadi.
Yuqori bo‘lmagan harorat (0-5 °C, ammo 15 °C dan yuqori emas) va namlikka (14-14,5%) ega un yaxshi saqlanadi. Muvofiq sharoitlarda saqlaganda unning sifati yaxshilanadi, ayniqsa, kuchsiz un yetiladi. Noqulay sharoitlarda (harorat va namlikning keskin o'zgarishi) unning sifati yomonlashadi, o‘z-o‘zidan qizishi, taxir ta’mga va yoqimsiz hidga ega bo‘lishi, mog‘orlashi, ombor zarakunandalari tomonidan zararlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |