Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet10/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Bir martalik don tortishda donni tegirmondan bir marta o‘tkazish natijasida un va qobiqlar aralashmasi olinadi. Unning rangi qoramtir, zarrachalarining o‘lchami turlicha, sifati past. Sifatini biroz yaxshilash uchun elash yo‘li bilan yirik kepagi ajratiladi. Ibtidoiy tegirmonlarda un xuddi shu usulda olingan.
Mexanizatsiyalashtirilgan tegirmonlarda un takroriy tortish yo‘li bilan olinadi.
Donni tortish valli dastgohlarda (stanoklarda) amalga oshiriladi. Ularning asosiy ishchi organini ikkita teng diametrga ega, har xil tezlik bilan aylanadigan, sirti taram-taram silindrik cho‘yan valeslar tashkil qiladi. Valeslar orasidagi masofa tortishning turiga ko‘ra rostlanadi. Don valeslar orasiga tushganda pastroq tezlikka ega bo‘lgan pastki valesda ushlanib qolib yoriladi va tez harakatlanadigan yuqori valesning taram- taram (tishli) yuzasi bilan eziladi, maydalanadi, qisman unga va asosan, yormaga aylanadi. Mahsulotlarni o'lchami bo‘yicha saralash uchun har


15




bir valesli dastgohdan so‘ng ustma-ust joylashgan, turli raqamli (turli o‘lchamli teshikchali) elaklardan iborat elakdon o‘rnatiladi. Elash natijasida ikki fraksiya hosil bo‘ladi: elak teshikchalaridan o‘tmagan-qoldiq va elak teshikchalaridan o‘tgan-elanma. Eng yuqorigi qoldiqning yirik o'lchamli zararchalarining oichami 1-1,6 mm ni tashkil qiladi, keyingilari yirikligi bo‘yicha yormacha (zarrachalar o'lchami 0,31-1 mm) va dunstlar (zarrachalar o'lchami 0,16-0,31 mm) deb ataladi. Eng oxirgi mayda fraksiya (zarrachalar o‘lchami 0,16 mm dan kichik) elanma undan iborat.
Valesli dastgoh elakdon bilan birgalikda sistemani tashkil qiladi. Sistemalarning maydalovchi
(yormalash) va yormani unga aylantirishga mo‘ljallangan yanchish (tortish) turlari mavjud. Maydalovchi sistemalarda valeslar taram-taram novli (tishli) bo'lib, tez aylanadigan vales tezligining sust aylanadigan vales tezligiga nisbati K=2,5 ni tashkil qilib, ular donni yormachalar va dunstlargacha maydalash uchun moijallangan. Yanchish sistemalarida valeslar g‘adir-budur yuzali, K= 1,5 bo‘lib, ular tortish oraliq mahsulotlarini (yormacha va dunstlarni) unga aylantirish uchun xizmat qiladi.
Takroriy tortish oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin.
Oddiy un tortish shunisi bilan farq qiladiki, birinchi yormalash sistemasidan boshlab vallarning ishi past rejimda (vallar orasidagi masofa eng kam bo‘lgan holda) olib boriladi va donning katta qismi unga aylantiriladi. Buning uchun valli dastgohning yuqorigi va pastki vallari birinchi sistemadan boshlab kichik masofada o'rnatiladi. Bug‘doy yoki javdar doni birinchi yormalash sistemasiga kelib tushadi, maydalanadi va elanadi.
Katta zarrachalar keyingi sistemaga yuborilib, yana maydalanadi va un ajratib olinadi. Elakdan o‘tmagan mahsulotlar keyingi sistemalarga yuboriladi, oxirgi sistemadan o'tmagan mahsulot oldingi sistemaga yuboriladi. Shunday qilib don to‘liq maydalanadi. Barcha sistemalardan olingan unlar aralashtirib bitta navga birlashtiriladi, nazorat elaklarida elanadi va magnitlar orqali o‘tkaziladi, keyin qadoqlanadi yoki qopsiz saqlanadi va tashiladi. Javdar donidan olingan jaydari unning chiqishi 95%, bug‘doy donidan olingan jaydari unning chiqishi 96%, kepakning chiqishi 1% ni tashkil qiladi. Sidirma javdar uni (chiqishi 87 %) olish uchun 9 % kepak ajratib olinadi.
Murakkab takroriy un tortish jarayoni yormachalarni boyitmasdan (masalan, chiqishi 63% bo'lgan javdar elanma unini olish uchun) yoki yormachalarni boyitish (navli unlarni olish) yo‘li bilan bajarilishi mumkin. 16




Yormachalarni boyitish yo‘li bilan bajariladigan murakkab takroriy un tortishda donni tozalash va konditsiyalash kengaytirilgan usulda olib boriladi. Yormalash jarayoni 4 yoki 6 ta sistemada amalga oshirilib, yormalarning qobig‘i (kepagi) qamchinli va shyotkali mashinalarda ajratiladi. Bunda iloji boricha dondan ko‘proq yorma, kamroq miqdorda un olish kerak, chunki don hali navlarga saralanmagan bo‘ladi.
Yormalarni boyitish deganda ularni sifati (endospermaning miqdoriga ko‘ra) va oichamlariga qarab elaklovchi-sovuruvchi mashinalarda saralash tushuniladi. Saralash havo oqimi purkaladigan elaklarda amalga oshirilib, zarrachalarning turli xil aerodinamik xossalariga asoslangan. Toza endospermali yormalarning zichligi katta boiganligi tufayli havo oqimining qarshiligini yengib elakdan o‘tadi, qobiqqa ega bo'lgan yengil va katta zarrachalar alohida ajralib chiqadi.
Boyitish yormalarni qo‘shimcha silliqlash yoii bilan ham amalga oshiriladi. Silliqlash deb, yormalardan qolgan qobiqni ajratib olish uchun ularni bir nechta valli dastgohlardan o‘tkazish jarayoni tushuniladi.
Yormalarni maydalash yanchish sistemalarida amalga oshiriladi. Alohida sistemalarga yo'naltirilayotgan yormalar, oldindan kattaligi va sifatiga qarab guruhlarga ajratiladi. Maydalash sistemalarining soni yormalash sistemalariga nisbatan ikki marta kattaroq.
Un navlarini shakllantirish deganda turli tortish sistemalaridan kelayotgan un oqimlarini ikki yoki uchta navga ajratib aralashtirish tushuniladi. Un navlarini shakllantirishda kuldorlik, rang, kleykovina miqdori va un zarrachalarining o‘lchami kabi ko'rsatkichlar inobatga olinadi. Aralashmalardan tozalash va zarrachalarning bir xil oichamini ta’minlash uchun shakllantirilgan un navlari nazorat elaklaridan o‘tkaziladi.
Bundan so'ng un magnit separatorlaridan o‘tadi va qadoqlash bo‘limiga yoki unni qopsiz saqlash va jo‘natish siloslariga yuboriladi.
Yormachalarni boyitish yo‘li bilan bajariladigan murakkab takroriy un tortish usuli turli un navlari ishlab chiqarish imkonini beradi. Agar barcha yormalash va yanchish sistemalaridan olingan unni yagona nazorat tagdondan o'tkazilsa, u holda unning bir navi olinadi, bunda tortish bir navli deb nomlanadi. Masalan, chiqishi 72% bo‘lgan birinchi navli bug'doy unini olish mumkin. Unni ikki navini olish ham mumkin, bu holda tortish ikki navli deb nomlanadi. Bunday tortishda birinchi yanchish sistemalaridan 40% miqdorda birinchi navli un olinadi, qolgan 38% i ikkinchi navli unni tashkil qiladi. Unning umumiy chiqishi 78%.


17




Murakkab tortishda olingan un miqdorini (78%) uch navga bo'lish mumkin, bunda un tortish uch navli deb nomlanadi. Masalan, oliy navli un 25%, birinchi navli un-40% va ikkinchi navli un 13% ni tashkil qilishi mumkin.
Javdardan navli un tortish jarayoni bug‘doydan navli un tortishga qaraganda soddaroq tarzda amalga oshiriladi. Javdar donining qovushqoqroq strukturaga ega bo‘lgan endospermasi bug‘doy doniga nisbatan qobiq va aleyron qavat bilan mustahkamroq bog‘langan bo‘ladi. Shuning uchun javdar donidan yormalar olish va ularni boyitish jarayonlari samarasiz hisoblanadi va javdardan navli un tortish sxemalarida bu jarayonlar ko‘zda tutilmagan. 4 yoki 5 ta sistemada yormalash va elaklash jarayonlari amalga oshirilgach, mahsulotlar 6-7 ta maydalash dastgohlarida maydalanadi. Bundan keyin un navlarini shakllantirish va ularni nazorat qilish amalga oshiriladi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling