1.6-rasm. Grechixa mag'zining kesimi
a - ko'ndalangiga; b - uzunasiga.
to‘q jigarrang, qizil rangda bo‘ladi. Sholi donining o‘rtacha kimyoviy tarkibi: 14% suv, 7,3% oqsillar, 63,1% uglevodlar, shu jumladan 55,2% kraxmal, 2,0% yog‘lar, 9,0% selluloza, 4,6% mineral moddalardan iborat.
Donni saqlash. Don yetishtiriladigan hududlarda donni saqlash mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalarga ega don qabul qilish maskan- larida, shuning bilan birga, donni iste’mol qilish va qayta ishlash joylarida (tegirmonlar va yorma ishlab chiqariladigan korxonalar qoshida) katta quvvatli elevatorlarda amalga oshiriladi. Bu korxonalar donquritgichlar va faol shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan. 0‘rib olinganidan so‘ng birdaniga omborxonalarga keltirilgan donda o'rib olishdan keyingi yetilish jarayoni deb ataluvchi faol biologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Bu jarayonning davomiyligi don o‘simligining turi va navi, uni saqlash sharoitlariga qarab 2—3 kundan 10-16 kungacha davom etadi. Tozalangan don quritilganda va shamollatiladigan omborxonalarda saqlanganda yetilish jarayoni tezlashadi. Yangi o‘rib olingan va hali yetilmagan don kislorodni yutib, uglerod ikki oksidi, suv va issiqlik chiqarib faol nafas oladi. Bir vaqtning o‘zida zaxira uglevodlar, oqsil moddalar va yog'larning shakllanishini tugallovchi jarayonlar sodir bo'ladi. Bunda qand, oqsilmas azot, erkin yog‘ kislotalarining miqdori kamayadi,
1 kraxmal, oqsil va yog‘lar miqdori ortadi. Olrib olishdan keyingi yetilish jarayonida chuqur sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. Don odatdagi unish xossalariga, uzoq muddat saqlashga yaroqli bo‘ladi, uning texnologik xossalari yaxshilanadi. Quruq, toza, to‘liq yetilgan don qulay sharoitlarda oziqaviylik qiymati va texnologik xossalarini yo‘qotmasdan uzoq muddat saqlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |