Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
§. YORMA TEXNOLOGIYASI
Yorma -qobigiar, aleyron qatlami va murtagidan tozalangan, qo‘shimcha ishlov berilgan butun yoki maydalangan dondir. Donning qayta ishlash mahsuloti sifatida yormalar ishlab chiqarish hajmi va ahamiyati bo‘yicha undan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Boshoqli donlar, grechixa va dukkakli ekinlardan olinadigan yormalar keng tarqalgan oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Yuqori oziqaviylik qiymatiga, mazali ta’mga ega boiganligi tufayli uy sharoitida va umumiy ovqatlanishda turli- tuman taomlarni tayyorlash uchun keng qo'llaniladi. Yormadan parhezbop va bolalar ovqatlanishida, oziqaviy konsentratlar va ayrim konservalar tayyorlashda ham keng foydalaniladi. Past namlikka (12-15%) ega ekanligi tufayli u odatdagi sovitishni talab qilmaydigan omborxonalarda uzoq muddat saqlash va olis joylarga tashish uchun yaroqli. Yorma ishlab chiqarish texnologik sxemasi quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: donni aralashmalardan tozalash, o‘lchamlari bo'yicha saralash, donni oqlash, oqlash mahsulotlarini saralash, silliqlash yoki sayqallash, tozalash va saralash, qadoqlash va joylash. 26
chiqarishda ishlatiladigan jihozlar qoilaniladi, ammo ularning ishchi organlari (elaklar teshikchalarining shakli va oichami, triyerlar uyachalarining diametri va hokazo) va ish tartibi o‘zgartiriladi. Donni tozalashda yengil, kichik va yirik aralashmalar, metall aralashmalar, kichik va puch donlar ajratiladi. Tozalash jarayoni yormaning tozaligi bilan bog‘liq. Amaldagi me’yorlar bo‘yicha yormada begona aralashmalarning miqdori 0,3-0,5 % dan oshmasligi kerak, shuning uchun mahsulot iloji boricha begona aralashmalardan tozalanishi maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ayrim ekinlar donini tozalashda ularga gidrotermik ishlov beriladi. Bunda don namlanadi va 0,15-3 MPa bosimga ega bug1 bilan 3-5 minut ishlov beriladi, keyin 12-15% namlikkacha quritiladi. Gidrotermik ishlov berishda don qobiqlaridagi yelimli moddalar parchalanadi, endospermning tashqi qatlamlarida kraxmal qisman kleysterlanadi, oqsillar denaturatsiyalanadi. Boshoqli donlarning qobig‘i, grechixa gul qobig‘ining mo‘rtligi, mag'zining mustahkamligi ma’lum darajada ortadi, nafas olishdagi oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari to‘xtab qoladi va fermentlarning faolligi pasayadi. Shu sababli gidrotermik ishlov berish donni oqlash jarayonini yengillashtiradi, maydalanmagan yorma chiqishini oshiradi. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling