Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


-rasm. Vinkler firmasining novvoylik pechi


Download 462.71 Kb.
bet41/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

2.8-rasm. Vinkler firmasining novvoylik pechi.




harorati 220-280 °C atrofida saqlab turiladi. Pishirishning boshlang'ich bosqichlarida pishirish kamerasini namlashga mo'ljallangan qurilmalar ham mavjud.


  1. §. NONNI SAQLASH

Nonning sovishi va qurishi. Pechdan chiqarilgan non soviydi va qurish natijasida uning massasi kamayib, sifati ham o'zgaradi.
Saqlash vaqtida non yuzasidan namning bug‘lanishi hisobiga uning massasining kamayishi-saqlashdagi sarflar deb ataladi. Saqlashdagi sarflar bu nonning pechdan chiqish vaqtidagi massasi bilan sovigan non massasi (uni saqlash tugagan vaqtdagi) orasidagi farqning foizlarda ifodalangan qiymatidir.
Pechdan chiqish vaqtida non qobig'ining harorati 180 °C ni, mag‘zining harorati 100°Cga yaqinni, nonning o‘rtacha harorati esa taxminan 130 °C ni tashkil etadi. Qobiqning namligi bu vaqtda nolga teng bo‘ladi. Mag‘izning namligi esa xamir namligidan 1-2% yuqori bo‘ladi.
Harorat 18-25 °C ga teng bo‘lgan, saqlash xonasiga keltirilgan non tez soviy boshlaydi va qurish natijasida massasining kamayishi yuzaga keladi. Nonning sovishi uning yuza qatlamlaridan boshlanib, mag‘izga qarab siljiy boshlaydi.
Qobiqning sovishi va 12-14% gacha namlanishi non saqlash xonasining harorati, non massasi va uning taxlanish sharoitlariga bog‘liq holda nonni pishirishdan keyin 2-4 soat saqlash mobaynida sodir bo‘ladi. Qobiqning 12­14% namligi, taxminan, muvozanat namlikka mos keladigan namlik bo‘lib, nonning bundan keyingi saqlanishi vaqtida o‘zgarmaydi, saqlash vaqtida non mag‘zining namligi esa muntazam ravishda pasayib boradi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling