Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet42/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

Nonning eskirishi. Nonni odatdagi harorat sharoitlarida (15-25 °C) saqlashda taxminan 10-12 soatdan so‘ng, saqlash muddatining uzayishi bilan kuchayadigan eskirish belgilari paydo bo‘la boshlaydi. Bunda yangi nonning yumshoq, oson siqiladigan, uvoqlanmaydigan mag‘zi saqlash jarayonida borgan sari qattiq, kam siqiladigan va uvoqlanadigan bo‘lib boradi; yangi nonning silliq, qattiq va mo‘rt qobig'i saqlash paytida yumshoq, qovushqoq va ba’zida bujmayib boradi; hidi va ta’mi: yangi nonning aniq seziladigan yoqimli hidi va ta’mi saqlashda borgan sari yo‘qolib boradi. Non uzoq vaqt saqlash natijasida eskirgan nonga xos bo‘lgan hid va ta’mga ega bo‘ladi.
Nonning eskirishi haqida turli xil fikrlar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi nonning eskirishi-mag‘iz kraxmalining retrogradatsiyasi 66




(qaytadan o‘z holatiga qaytishi) bilan bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Pishirilayotgan xamir zuvalasida koagulatsiyalangan oqsil moddalar ajratgan namni kraxmal yutib qisman kleysterlanadi. Buning natijasida kraxmal boshlangich kristall holatidan o‘zgargan amorf holatiga o‘tadi. Pishirilgan nonni saqlash vaqtida uning mag‘zida kraxmalning retrogradatsiyasi, ya’ni kraxmalning qaytadan pishirishdan oldingi holatiga yaqin boigan, kristal holatiga o‘tishi yuz beradi. Bunda kraxmalning strukturasi zichlanadi, eruvchanligi kamayadi va kleysterlanishda yutib olingan namning ajralishi kuzatiladi.

Nonning nam o'tkazmaydigan o‘rovga o‘ralishi nonning yangiligining yo'qotilishini sekinlashtirsa ham, eskirish jarayonini to‘xtatmaydi. Nonning qattiq muzlatilishi eskirishning oldini olishning samarali usuli hisoblanadi. Bunda qurish ham kamayib, nonga xos boigan ta’m va hid saqlanadi. Eritilgan non yangidek boiadi.
Javdar unidan tayyorlangan nonning yangiligi bug'doy noniga qaraganda uzoqroq saqlanadi. Bug‘doy unida oqsil miqdori qanchalik ko‘p va kleykovinasi kuchli boisa, non shunchalik sekin eskiradi. Shakar, yog‘ va sut mahsulotlari ham nonning eskirishini sekinlashtiradi.
Eskirgan nonni qaytadan qizdirish bilan yangilash, qadim zamonlardan qoilanilib kelgan. Nonning yangilanishi uning namligi 30% dan yuqori boiganidagina yuz berishi mumkin. Buning uchun harorat non mag‘zining markazida 60°Cga yetgunicha qizdirish kerak. Ammo yangilangan non yangi pishgan nonga qaraganda tezroq eskiradi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling