Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali 12-ma’ruza. Omixta yemlarni saqlash. Reja
Download 0.99 Mb.
|
12-maruza; Omixta yemlarni saqlash.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Omixta yem saqlash organish ob’yekti sifatida
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI SHAHRISABZ FILIALI 12-ma’ruza. Omixta yemlarni saqlash. Reja: 1. Omixta yem saqlash o'rganish ob’yekti sifatida. 2. Omixta yemlarni saqlash usullari. Omixta yem saqlash o'rganish ob’yekti sifatida Chorvachilikning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bulgan va mahsulot birligidagi barcha turdagi ozuqalar xarajati qisqarishini ta’minlaydigan omixta yemlar don massasi, un va yormaga nisbatan murakkabroq va qiyin saqlanadigan obyektdir. Bu, uning tarkibiga kiruvchi komponentlar sonining kupligi va har bir komponentning turli xil fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalarga ega ekanligi bilan tushuntiriladi. Omixta yemlar tarkibida nafaqat har xil donlar, balki hayvon oqsillari va yog’lari (baliq, gusht, don va gusht suyak uni va h.k. kurinishida), usimlik uni, kunjara, lavlagi, mineral qushimchalar (osh tuzi, kalsiy birikmalari, suyak uni va boshqalar) ham mavjud. Xatto vitaminlarni, almashilmaydigan aminokislotalarni, antibiotiklarni, ferment preparatlarni, antioksidantlarni saqlovchi murakkab aralashmalar kurinishidagi maxsus dushimchalar ham mavjud. Shunday qilib, saqlash paytida har bir komponentda va umuman kompleks kurinishidagi omixta yemda sodir buladigan uzgarishlarni urganish zaruriyati tug’iladi. Sungi yillarda omixta yem ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi va omixta yem ishlab chiqarishning keskin usishi sababli omixta yem sanoatida ishlatiladigan har bir xomashyoni, tasdiqlangan retseptlar va texnologiya buyicha ishlab chiqariladigan har bir tayyor mahsulot (omixta yem)ning qimmatli xususiyatlarini saqlash bilan bog’liq bulgan masalalarni urganish zaruriyati tug’ildi. Bu yunalish buyicha talaygina tadqiqotlar BDITI ning omixta yem laboratoriyasida, sobiq Butunittifod omixta yem ilmiy taddidot institutida (BOYeITI), sobid Butunittifod sirtqi oziq-ovqat instituti (BSOOI) va bir qator boshqa ilmiy va uquv markazlarida hamda korxonalarda utkazilgan. Ushbu bobda omixta yem saqlash naza- riyasi va amaliyotining asosiy mazmuni umumlashtirilgan holda bayon qilinadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida bugungi kunda omixta yemlarni saqlash paytida ularning yem-xashaklik qimmati yaxshilanganligi kuzatilmadi. Aksincha, bu mahsulotni va uni ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolarni uzoq vaqt yoki notug’ri saqlash odibatida ularning yem-xashaklik qimmati pasayishi, ba’zan esa zaharlovchi xususiyatga ega bulishi ham mumkin. Omixta yemlarni saqlash paytida ularning chidamliligi va yem-xashaklik qiymatini tushurmasdan saqlashning davomiyligi quyidagilarga bog’liq: dastlabki xomashyoning sifati va uni saqlashga yaroqliligiga; reseptura va tayyorlash texnologiyasiga; atrof-muhit omillariga. Ma’lumki, don massalarini saqlash paytida ularning chidamliligi dastlabki xolatiga bog’liq. Agar ularni saqlashga quyishdan oldin mahsulotda mikroorganizmlar faol rivojlangan bulsa, ularda yoqimsiz jarayonlarning (mog’orlash, uz-uzidan qizish va sh.u.) paydo bulishi keskin kutariladi. Bu amalda barcha turdagi o’simlik xomashyolariga taalluqlidir. Xuddi shunday holat hayvonlardan olingan xomashyolar uchun ham xosdir. Misol uchun kupgina omixta yemlarning komponenti hisoblanmish yog’i past (10 % gacha yog’) baliq uni tugrisida ma’lumot keltiramiz. Bu xomashyoni kuzatishlar shuni kursatdiki, ma’lum sharoitlarda u ancha darajada avtolizga uchraydi, mikroorganizmlar ta’sirida parchalanadi va oksidlanadi. Bu jarayonlar natijasida oqsillar miqdori pasayadi va amin azot, ammiak va uchuvchi birikmalar azoti yig’iladi. Xuddi shunga uxshash uzgarishlar yog’ fraksiyalari uchun ham xosdir: hul yog’ miqdori kamayadi va uning kislota va perekis sonlari sezilarli harajada oshadi. Bu ja-rayonlarning jadalligi baliq uni saqlangan haroratga va namlikka bevosita bog’liq. Bu holatni tasvirlash uchun saqlash paytida baliq unining sifatini baholash buyicha olingan natijalarni keltiramiz (126-127-rasmlar, 77-jadval). Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling