Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet45/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

69


tayyorlanadi. Masalan II navli undan shahar qoqnoni, 1 navli undan kofeli, qandli va boshqalar, oliy navli undan boisa-bachkana, havaskor, saryogii, vanilli va boshqa navli qoqnonlar ishlab chiqariladi. Qoqnonlar naviga ko‘ra retsepturasiga yog‘, shakar va tuxum kiritish ko‘zda tutilgan. Ayrim qoqnonlarning yuzasini bezatish uchun bodom, qo‘shimcha miqdorda shakar qoilanishi ham mumkin.


Milliy non mahsulotlari Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlarida non mahsulotlarining ommaviy navlari bilan bir qatorda ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarish, tub aholining tarixiy shakllangan urf- odatlariga ko‘ra rivojlangan.
Parhezbop non mahsulotlari. Aholining ovqatlanishini ilmiy talablarga muvofiq ta’minlash, yuqorida bayon etilgan non mahsulotlaridan tashqari, parhezbop va turli kasalliklarni davolash uchun moijallangan non mahsulotlarini ishlab chiqarishni ham ko‘zda tutadi. Bularga tuzsiz, kislotaliligi pasaytirilgan, uglevodlar va oqsil miqdori kamaytirilgan (oqsilsiz), don va kepak qo‘shib tayyorlangan, yod miqdori oshirilgan non mahsulotlari kiradi.

  1. §. NONNING KASALLIKLARI

Nonning eng ko‘p tarqalgan kasalliklaridan kartoshka tayoqchalari kasalligi va mog‘orlashni qayd etish mumkin. Nonning boshqa kasalliklari kam uchraydi.
Nonning kartoshka tayoqchalari kasalligi. Nonning kartoshka tayoqchalari kasalligining mohiyati shundaki, bu kasallikni yuzaga keltirgan mikroorganizmlar ta’sirida non mag‘zi cho‘ziluvchan, yelimsimon, badbo‘y chirigan kartoshkaning yoqimsiz hidiga ega boiib qoladi. Kasallikni qo‘zg‘atuvchilari-Bacillus mesentericus (kartoshka tayoqchalari) turiga kiruvchi sporasimon mikroorganizmlar hisoblanadi. Kasallikning yuzaga kelishiga Bacillus subtilis (pichan tayoqchalari) turidagi mikroorganizmlar ham sabab boiishi mumkin. Bu mikroorganizmlar tabiatda keng tarqalgan, har bir donda va har qaysi unda uchraydi.
Bacillus mesentericus sporalari ovalsimon shaklga ega va haroratning o'zgarishiga chidamli boiadi. Ularni halok etish uchun harorati 100 °C boigan suv bug‘i bilan 5-6 soat davomida, 109-113 °C da-45 minut va 122-123 °C haroratda-10 minut ta’sir ko‘rsatish kerak. Pechdagi non mag'zining harorati 100 °C dan oshmasligini hisobga oladigan boisak, bu holda Bacillus mesentericus sporalari nonni pishirishda hayot faoliyatini yo‘qotmasligi mumkin.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling