Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
70
Nonni saqlash haroratining 37 °C dan 25 °C gacha pasaytirilishi uning kasallanishini ma’lum muddatga to‘xtatib turadi. Nonning 16 °C haroratda saqlanishi esa kasallanishni butunlay oldini oladi. Non namligining yuqori boiishi, uning kartoshka kasalligi bilan kasallanishining asosiy sababi hisoblanadi. Respublikamizda 1 apreldan 1 oktabrgacha navli bug'doy unidan tayyorlangan nonning kartoshka kasalligi bilan kasallanishining oldini olish va kartoshka tayoqchasi bilan zararlangan unni qayta ishlash muhim vazifa hisoblanadi. Xamir kislotaliligining turli tadbirlar yordamida oshirilishi, nonning kartoshka kasalligiga qarshi kurashning eng asosiy yoilaridan biri hisoblanadi. Kislotaliligi 12° gacha boigan javdar unidan tayyorlangan nonda umuman kartoshka kasalligi kuzatilmaydi. Non saqlash xonasining haroratini tabiiy va sun’iy usullar yordamida mumkin boigan darajagacha sovitish, kasallikning yuzaga kelishini sekinlashtiradi. Kartoshka tayoqchalari kasalligi bilan kasallangan nonni tezlik bilan ishlab chiqarish korxonasidan olib ketish lozim. Uni hayvonlar yemi sifatida ishlatilishi, har bir alohida holda, veterinariya nazorati orqali tashkil etiladi. Zararlangan unni qayta ishlashdan keyin ishlab chiqarish xonalari va jihozlari tozalanadi va dezinfeksiyalanadi. Nonning mog‘orlashi. Mog'orlarning rivojlanishi uchun qulay boigan sharoitlarda saqlaganda non mog‘orlashi mumkin. Non va non mahsulotlarining mog'orlashi ko‘p hollarda Aspergillus, Penicilium, Mucor, Monilla Candida zamburugiari ta’sirida yuzaga keladi. Mog‘or zamburugiari tabiatda keng tarqalgan boiib, don va unda ular har doim mavjud boiadi. Ammo xamir zuvalalarini pishirishda zamburugiar va ularning sporalari butunlay halok boiadi. Nonning mog‘or bosishiga mog‘or zamburug‘i sporalarining pishgan nonga tushishi sabab boiadi. Zamburugiar rivojlanishi uchun qulay sharoit paydo boiishi bilan mog'orlash boshlanadi. Mog‘orlarning o‘sishi va rivojlanishi uchun harorat 5 dan 50 °C gacha boiishi kerak. Bu nuqtayi nazardan non mahsulotlarining muzlatib qo'yilishi ularning mog'orlashi bilan bir qatorda kartoshka kasalligi bilan kasallanishining ham oldini oladi. Non saqlanayotgan xonada havo nisbiy namligining yuqori boiishi mog‘orlarning rivojlanishini oshiradi. Namligi 40-50% oraligida boigan Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling