Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Vaziyatli masalalar:
1. Oling: Natriy bromid eritmasidan 3% - 90,0


Analgindan 0,75
Valeriana nastoykasidan 2,0
A.B.B. 1 desert -. 3 maxal
Farmatsevt yordamchi idishga 70ml suvda 0,75g analgin eritib va oldindan chayilgan paxta 
tampon orqali tayyorlab qo‗yilgan idishga suzdi, qolgan 6,5ml suv paxta orqali solindi. Ustiga 
byuretka moslamasidan 13,5 ml natriy bromid eritmasi solindi. Og‗zi berkitilib jihozlanadi. 
Retseptda qaysi dori shakli qo‘shilmadi?
Oling: Magniy sulfatdan 10,0 
Tozalangan suvdan 120,0 Yalpiz 
nastoykasidan 3,0 A.B.B. 1 osh -
. Kuniga 2 maxal
O‗lchov idishida 100ml suv olinib, unda 10,0g magniy sulfat eritiladi (sovitilgangan 
holda) va qolgan suv 120 mlgacha solinadi, suziladi. Idishga pipetka orqali 3ml yalpiz nastoykasi 
solinadi. Og‗zi berkitilib jihozlanadi. Retseptni tayyorlashdagi xatolikni toping.
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
Suyuq dorilarni tayyorlashda qanday hajm o‗lchov asboblari ishlatiladi?
Agar mikstura tarkibiga 3% dan ko‗p quruq modda kirsa, uni qanday tayyorlanadi?
Agar mikstura tarkibiga 3%gacha quruq modda qo‗shilsa, uni qanday tayyorlanadi?
Mikstura tarkibiga nastoyka, suyuq ekstrakt, sharbat, novogalen preparatlari va boshqa 
suyuqliklar qanday qo‗shiladi?
Qand sharbatini dozalashning o‗ziga xosligi nimadan iborat?
Xushbo‗y suv saqlovchi miksturani tayyorlashni o‗ziga xosligi nimada?
Nastoykalar, suyuq ekstraktlar, sharbatlarni mikstura tarkibiga qo‗shish
tartibi qanday?
Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning ―Loyiha‖ usulidan foydalanib o‗tkaziladi.
Laboratoriya mashg‗ulotini olib borishda ―Loyiha‖usulidan foydalanish tartibi
talabalar kichik guruhlarga ajratiladi;
talabalar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
talabalarga Mustaqil o‗rganish uchun mavzu bo‗yicha retsept tarqatiladi;
berilgan retseptlar talabalar tomonidan yakka tartibda Mustaqil o‗rganiladi
Bunda guruh talabalari retseptni daftarlarida uning lotin tilida yozadilar, pasport tuzadilar 
va texnologiyasini keltiradilar
har bir guruh a‘zolaridan 1-, 2-,3-,4-raqamlilardan yangi guruh tashkil etiladi;
yangi guruh a‘zolarining har biri guruh ichida navbati bilan Mustaqil o‗rgangan 
retseptlarini tushuntirib beradilar;
berilgan ma‘lumotlarni o‗zlashtirilganlik darajasini ani-lash uchun guruh ichida ichki 
nazorat o‗rnatiladi, ya‘ni guruh a‘zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar;
yangi guruh a‘zolari dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
talabalar tomonidan barcha retseptlar qay darajada o‗zlashtirilganligini aniqlash 
maqsadida o‗qituvchi talabalarga savollar bilan murojaat etadi, og‗zaki so‗rov o‗tkazadi;
savollarga berilgan javoblar asosida guruhlarni to‗plagan umumiy ballari aniqlanadi;
guruhlar to‗plangan umumiy ballar guruh a‘zolari o‗rtasida teng taqsimlanadi.
Talabalar bergan javoblar umumlashtirilib,o‗qituvchi tomonidan talabalar baholanadi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling