Pepsin- proteolitik ferment bo‘lib , chuchqa osh-ozonining
shilliq qavatidan olinadigan
preparatdir. Uning 2,3,4% li eritmalari xlorid kislotasi bilan birgalikda ishlatiladi.
Misol
: Rp: Pepsini 2.0
Acidi hydrochlorici 5 ml
A-ua purificatae 200ml
Misce. Da . Signa. 1-2 osh - ovqat vaqtida 2-3 maxal
Texnologiyasi: YOrdamchi idishga 155 ml tozalangan suv va 50 ml xlorid kislotasi
(1:10) solinadi. Olingan eritmada 2,0 pepsin solinadi va tuli- erishi uchun qo‘yib quyiladi. Va
shisha idishga 1 yoki 2- sonli shisha filtr orqali suziladi.
Filtrlash mumkin emas, chunki oqsil filtr qog‘ozga adsorbsiyalanib qolishi mumkin.
Cheklangan bo‟kuvchi YUMB lar eritmasini tayyorlash
Dori texnologiyasida eng kup ishlatiladigan -isman bukuvchi YUMB larga jelatin,
kraxmal, metilselyuloza,
natriy karboksimetilselyuloza, polivinol va xakozalar kiradi. Bu
eritmalar texnologiyasi o‘ziga xos bulib, xar biri qo‘shimcha jarayonlarni talab qilinadi.
Jelatin- oksil tabiatli YUMB bo‘lib, jelatina eritmalari asosan me‘da , o‘pka, ichaklar
yalliglanishi va qon aralash suyuqliklar chiqqanda qonni to‘xtatish maqsadida qo‘llaniladi va
uning tarkibida kalsiy bo‘lishi uni qon to‘xtatish xususiyati bilan bog‘liq deb tushuniladi. Jelatina
bo‘kish jarayonida ma‘lum xajmgacha kattalashib bo‘kish jarayonida to‘xtaydi.
Misol: Rp: Solutionis Gelatinae 4%-50 ml
Misce. Da . Signa. 1 osh -oshi-dan xar 2 soatda.
Texnologiyasi: CHinni kosachaga 2,0 jelatin solinadi va 4-10 barobar suv -uyib 30-40 da-i-
aga qoldiriladi. Keyin suvning qolgan qismini qushib suv xammomiga 60-70єS
da erib
ketguncha quyiladi. Bemorga beriladigan idishga 2 kavat doka orqali suzib o‘tkaziladi va
yorliqlanadi
Kolloid suzi grekcha kolla-elim eidos-o‘xshash so‘zlaridan kelib chiqqan. Kolloid
eritmalar mikrogeterogen sistema bo‘lib, ularda dispers faza mitsellalardan iboratdir.
Zarrachalar o‘lchami 1-100 nm. Bu eritmalar termodinamik jihatdan turg‘un bo‘lmagan
tizimlar bo‘lganligi uchun tez kaogulyasiyaga uchraydi. Natijada cho‘kmaga aylanishi ham
kuzatiladi. Kolloid
eritmalar elektrolitlar, harorat mexanik ta‘sir, yorug‘lik, elektr toki ta‘sirida
ham kaogulyasiyaga uchraydi.
Kolloid eritma hosil qiluvchi dorivor moddalarga protargol, kollargol,
ixtiol va boshqalar
kiradi. Bu moddalardan eritma tayyorlash usuli mitsellalarning tarkibiga bog‘liq. Farmatsevtika
amaliyotida asosan gidrozollyar ishlatiladi, bularda dispersion muhit sifatida tozalangan suv
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: