Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o‘rash jarayoni
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Poroshoklar tasnifi. Poroshoklarga qo‟yilgan talablar.
9-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o‘rash jarayoni
Kukun tarkibidagi moddalarning yomon ta'mi, hidi va mazasini niqoblash, rangli moddalarning ifloslantirishini yo‘qotish maqsadida (metilen ko‘ki, riboflavin, faollashtirilgan ko‘mir) hamda dori moddalarni me'da suyuqligi ta'siridan saqlash maqsadlarida elaki dorilar kraxmal yoki jelatinadan yasalgan kapsulalarga joylashtirilishi mumkin (13-rasm). Kapsulalarga joylangan kukunlar karton quticha yoki shisha idishlarda beriladi. Kukun tarkibiga uchuvchan moddalar kirsa, ular og‘zi yaxshi yopiladigan shisha idishlarga solinadi. Tarkibida zaharli moddalar saqlagan kukunlarni qadoqlashda uning mustahkamligiga e'tibor berish kerak. Zarurat bo‘lsa ularni surgich yoki mum bilan muhrlash zarur. Dozalanmagan kukunlarni qog‘oz xaltalarda hamda karton qutichada qadoqlab berish yoki shisha, plastmassa va tunuka idishlarga solish mumkin. 5.Poroshoklar tasnifi. Poroshoklarga qo‟yilgan talablar. Bir xilligi. Tayyorlangan poroshok oq qog‘ozga sochilib ko‘riladi (100g). Namuna poroshok massasining chetidan, oldidan, orqasidan olinadi. Har bir namunada poroshokning miqdori bir xil bo‘lishi kerak. Zarrachalar o‘lchami. Qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rilganda poroshok zarrachalar o‘lchami bir xil bo‘lishi kerak. Sochiluvchanligi. Poroshok massalari bir xil bo‘lishi, qotib qolgan nam qatmoqlar bo‘lmasligi kerak. Massa oson sochilishi, oqishi kerak. Mazasi. O‘ziga xos mazali bo‘lishi kerak. Achchiq mazani korregirlash kerak. Poroshoklarning og‘irligi. Ichish uchun poroshoklar judayam kam (0,1 g kam ) yoki ko‘p (1 g ko‘p) og‘irlikka ega bo‘lmasligi kerak. Bu qo‘llash uchun qulaylikka ega bo‘lish uchun. 2 Tarozining metrologik tavsifi uning turg‘unligi ishonchliligi, sezgirligi va doimiyligi kabi ko‘rsatkichlami o‘z ichiga oladi. Turg‘unligi - bu tarozi elkasini muvozanat holatidan chiqib ketib 4-6 marta harakatlangandan keyin yana dastlabki muvozanat holatini egallashga aytiladi. Ishonchliligi- bu tarozini o‘lchanadigan modda va tosh o‘rtasidagi muvozanatiga aytiladi (tosh bilan o‘lchanadigan moddani almashtirib qo‘ygan xolatda ham birinchi muvozanat xolatini ko‘rsatishiga aytiladi). Doimiyligi - bu tarozining bir xil sharoitda birorta moddani bir necha marta o‘lchaganda ham, bir xil ko‘rsatkichni ko‘rsatishiga aytiladi. Sezgirligi - bu tarozining juda kichkina og‘irlikni sezib, o‘z muvozanat holatidan chiqib ketishiga aytiladi. Og‘irlik o‘lchov birligi qilib kilogramm qabul qilingan. Kilogramm platina - irridiy qotishmalaridan tayyorlangan silindrsimon massa. Dorixonada ikkinchi sinf texnik toshlar qo‘llaniladi. Ularga may da (milligramm) - 10 mg dan 1000 mg gacha va yirik (grammli) - lg dan 200 g yoki 500 g gacha bo‘lgan toshlar kiradi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling