7-rasm. TK-3 dozalash apparati
Qoshiqcha asosiy metal korpusi (1), ortiqcha kukunni tekislab dozani to‘grilashga
mo‘ljallangan tekislagich (2) va qoshiq (3) hajmini o‘zgartirib ma'lum hajmga to‘g‘rilash uchun
o‘rnatilgan muruvvat (4, 5) dan iborat. Qoshiqcha bilan ishlashdan oldin uning hajmini kerakli
miqdorga to‘g‘rilash zarur. Buning uchun hovonchada kukun tayyor holga keltirilgandan so‘ng,
undan qoshiqchaga botirib olinadi, hovoncha ustida tutib turgan
holda bosh barmoq bilan
kukunning ortiqchasini, tekislagichni qoshiq
uchigacha surib tushiriladi, so‘ng tekislagichni
avvalgi
joyiga qaytarib, qoshiqdagi kukun tarozi pallasiga solib tortiladi va og‘irlik
belgilangandan ko‘p yoki kam bo‘lsa, muruvvatni burab qoshiq hajmi ko‘paytiriladi yoki
kamaytiriladi. Mo‘ljallangan dozaning hajmi topilgandan so‘ng dozatorni ishlatib dozalashni
boshlash mumkin. DPR-2 dozatorining ishlash jarayoni ham shunga o‘xshash.
8-rasm. DPR-2 poroshoklarni dozalash apparati
Elaki dorilarni
qadoqlash
Dozalangan kukunlarni qadoqlash uchun asosan 7,5*10 sm o‘lchamda kesilgan qog‘oz
yoki shu o‘lchamda fabrikada tayyorlangan qog‘oz kapsulalar ishlatiladi. Gigroskopik
xususiyatga ega bo‘lgan
moddalar, uchuvchan va kuchli hidli moddalar mumli (charta cerata)
yoki parafinlangan qog‘ozlarga (charta paraffinata), moysimon xususiyatli moddalar pergament
qog‘ozlarga (charta pergamenta) o‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: