Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Efir moyi qo‘shib poroshok tayyorlash
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlanishi
- Suyuqliklar bilan poroshok tayyorlash
- Pasporti
Efir moyi qo‘shib poroshok tayyorlash
Efir moyi poroshok tarkibiga qand bilan aralashgan holda qo‘shiladi va bu aralashmani efir moy-qand aralashmasi (eleosaccharum) deb ataladi. Efir moyi poroshok tarkibiga ta‘sir etuvchi va ma‘lum ta‘m beruvchi modda sifatida ham qo‘shiladi. Efir moy-qand aralashmasi 2,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo‘shib tayyorlanadi. Ammo efir moy-qand aralashmasi atirgul va achchiq apelsin efir moyidan tayyorlanadigan bo‘lsa, u holda 4,0 g qandga 1 tomchi efir moyi qo‘shiladi. Efir moy-qand aralashmasi kerak bo‘lganda tayyorlanadi, chunki efir moylari oddiy sharoitda ham uchuvchan bo‘ladi. Tayyor efir moy-qand aralashmasi ogzi jips berqiladigan shisha idishlarda, miqdorlarga bo‘lingani esa pergament kogozlarda beriladi. Rp.: Elaeosacchari Menthae 0,4 Natrii hydrocarbonatis 0,1 Misce fiat pulvis Da tales doses N10 Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. Pasporti: Yalpizmoyi2 tomchi qand poroshogi 4,0 Natriy gidrokarbonat 1,0 m umumiy =1q4=5g m 1 ta poroshokning og‘irligi 5∕10=0,5 g Tayyorlanishi: 4 g qand kukuni hovonchaga solib yaxshilab maydalanadi, uning ustiga 2 tomchi yalpiz efir moyi tomizib aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan yalpiz efir moy-qand aralashmasi pergament kogozga olib quyiladi. So‘ngra hovonchaga 1,0 g natriy gidrokarbonat solib maydalanadi, uni ustiga tayyorlab quyilgan yalpiz efir moyi-qand aralashmasi solib, sochiluvchan poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,5 g dan pergament qogozga qadoqlanib, qogoz xaltachaga solinadi, so‘ng kerakli erlik epishtiriladi. Suyuqliklar bilan poroshok tayyorlash Murakkab poroshoklar tarkibiga ayrim hollarda nastoykalar kiradi. Nastoyka deb, o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan har xil konsentratsiyali spirt, spirt-efir yordamida olingan ajratmalarga aytiladi. Nastoykalar odatda 1:5 va 1:10 nisbatda tayyorlanib, dorixonalarga tayyor holda keltiriladi. Suyuqliklar poroshok tarkibiga qo‘shib tayyorlanganda, ularning sochiluvchanlik darajasiga ta‘sir etmasligi kerak. Agarda sochiluvchanligi talabga javob bermasa, u holda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi: Poroshok tarkibidagi nastoykani ta‘sir etuvchi moddasi uchmaydigan bo‘lsa (masalan, belladonna nastoykasi) u holda poroshok qizdirilgan hovonchada tayyorlanadi. Poroshok tarkibidagi nastoykani ta‘sir etuvchi moddasi uchsa (masalan, valeriana nastoykasi), u holda poroshokka indifferent modda (qand, sut qandi) qo‘shib tayyorlanadi. Indifferent modda poroshok tayyor bo‘lguncha qo‘shiladi va qancha olinganligi retsept hamda signaturada ko‘rsatiladi. Rp.: Tincturae Belladonnae gtt. II Sacchari 0,3 Misce fiat pulvis Da tales doses №6 Signa. Bitta poroshokdan kuniga 2 mahal ichilsin. Pasporti: Belladonna nastoykasi 12 tomchi qand poroshogi 1,8 g m umumiy =1,8g m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,8∕6=0,3 g Tayyorlanishi: bu retsept buyicha 1,8 g qand kukuni qizdirilgan hovonchada maydalanib, uning ustiga 12 tomchi belladonna nastoykasi tomiziladi va sochiluvchan poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,3 g dan 6 ta mumli kogozga qadoqlanib, kogoz xaltachaga solinadi, so‘ng kerakli erlik epishtiriladi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling