Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Qattiq dispers
faza
0,1-100 mkm
gax гача
Суюк
дисперс
мухит
46- rasm. Suspenziyaning tuzilishi
Suspenziyalar turg‘unligiga ta‘sir etuvchi eng muhim omil qattik modda zarrachalarining 
o‘lchami xisoblanadi: modda qancha yaxshi maydalangan bo‘lsa, suspenziya shuncha turg‘un 
bo‘lib, dozalash xam aniqroq, terapevtik ta‘siri samaraliroq bo‘ladi.
Suspenziyalar juda kup suyuq dori shakllarida (miksturalar tomchilar, sirtga ishlatiladigan 
suyuqliklar, in‘eksiya uchun ishlatiladigan dori shakllarida) uchraydi.
Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori 
moddalar yuqori darajada disperslangan bo‘lib, kukunglarga nisbatan organizmga tezroq 
so‘riladi va samarali davolash xususiyati bo‘ladi.
Suspenziyalarni tayyorlashni 2 xil usuli mavjud:
dispersion usul
kondensatsion usul.
Disperion usulda suspenziyalar zarrachalarni maydalanish natijasida xosil bo‘lsa, 
kondensatsion usulda esa ularning kattalashishi natijasida.
Tushuntirish matni
Suspenziyalarni Dispersion usulda tayyorlash
Qo‘pol dispersli moddalarni suspenziya xolatigacha maydalanishi quyidagicha amalga 
oshiriladi:
Mexanik dispergirlash.
Elektr yordamida dispergirlash
Ultratovush yordami bilan dispergirlash.
Kimyoviy yo‘l - peptizatsiya bilan dispergirlash.
Dorixonalarda suspenziyalar mexanik dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. qolgan usullar 
korxonalarda qo‘llaniladi. Mikstura- suspenziyalarda dispers darajasini oshirishda – eng oddiy


usul mexanik dispergirlash usuli bo‘lib, xovonchada suyuq xo‘llanuvchi muhitda moddalarni 
maydalashdir. Poroshoklarni quruq xovonchada ezilganda 50-5 mkm dan kam bo‘lgan 
zarrachalarni olish mumkin emas. Dispergirlash davrida suyuqlik qo‘shilgan zarrachalarni katta-
kichikligini 5-0.1 mkm gacha etkazish mumkin. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. 
Maydalangan moddalarni qattiqligini kamaytirish va undan keyin suyuqliklarni bo‘laklarga 
bo‘lish xossasiga asoslanib, suyuqlik moddalarni mayda teshiklariga kirib olib, ularni 
kengaytiradi va yana ham maydalanishiga olib keladi.
Suspenziyalarni ushbu usul bilan tayyorlashda xamma dorivor moddalar suvga nisbatan 
gidrofob va gidrofil xususiyatga egaligini eslatib o‘tish lozim. (slayd).

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling