Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Tushuntirish matni
Emulsiyalarning hosil bo‘lish nazariyasi
Emulsiyalar hosil bo‘lishidagi asosiy masalalardan biri agregat turg‘unlikni o‘rganishdir. 
Emulsiyalarda agregat turg‘unlik bu har tomonlama dispers sistema bo‘lib, dispers faza, 
dispersion muxitda ko‘prok vaqt ichida bir xilda muallak tarqalishdir. Bunda asosan har bir 
zarracha alohida koagulyasiya holatisiz yoki koalessensiyasiz cho‘kmaga tushadi. Dorixonada 
tayyorlanadigan emulsiyalarning hosil bo‘lishida agregat turg‘unlik asosiy hisoblanganligi 
uchun emulsiya hosil bo‘lish nazariyasidagi ba‘zi bir masalalarga to‘xtalib o‘tamiz.
Emulsiyalar xususiyatiga va eng asosiy agregat turg‘unligiga qarab, emulsiyalar ikkiga
bo‘linishi mumkin: suyultirilgan va konsentrlangan. Suyultirilgan emulsiyalarda dispers 
fazaning hajmi (yog yoki suv) 0,1% dan oshmaydi. Aniqlanishicha, suyultirilgan emulsiyalarda 
osilgan zarrachalarni elektr zaryadi yordamida stabillash asosiy omillardan biridir yoki 
suyultirilgan emulsiyalar kolloid zoliga o‘xshashdir. Tibbiyotda ishlatiladigan emulsiyalarga 
konsentrlangan emulsiyalar kiradi. Undagi dispers fazaning miqdori 5% dan oshik. Bu 
sistemadagi stabillash — (turg‘unligini oshirish) holati kolloid eritmalardan birmuncha 
farqlanadi. Dispers fazada zarrachalarning elektr zaryadi — emulsiyalarda ikkinchi o‘rinda 
turadi. Agarda o‘simlik moyi va suv teng hajmda olinib aralashtirilsa, disperslanish nazariy 
jixatdan bir xil bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ikkala turdagi m/s va s/m emulsiyasi hosil bo‘ladi. 
Bu holat bir fazaning ikkinchi fazadan oshikrok turg‘unligiga bog‘liq. Bu konsentrlangan 
emulsiyalarning suyultirgan emulsiyalardan birinchi farqi hisoblanadi. Ikkinchi farqi shundaki, 
konsentrlangan emulsiyalar ikki xil toza suyuqlikdan tashkil topgan bo‘lib, dispergirlashni 
to‘xtatish bilan bu sistemaning butunlay turg‘unligi buzilib bo‘laklarga bo‘linadi. Bu holatning 
turg‘unligini oshirish va dispers sistemadagi tomchilar bir-biri bilan yopishib ketishiga yo‘l 
ko‘ymaslik uchun uchinchi bir modda qo‘shiladi.
Bunday modda dispers fazadagi tomchilarning qo‘shilib ketmasligiga va turg‘un 
bo‘lmagan emulsiyalarni turg‘un emulsiyalarga o‘tishiga — emulgirlanishiga olib keladigan 
modda hisoblanib bu moddalar emulgatorlar deyiladi. Emulgatorlar xossalariga ko‘ra har xil 
bo‘ladi: biri emulsiyani moyni suvdagi turini turg‘unligini oshirsa, boshqasi suvni moydagi 
emulsiyasini barkarorligini kuchaytiradi. Faol emulgatorlar yordamida yuqori konsentrlangan 
emulsiyalar hosil kilish mumkin. Masalan: 99% li benzol va 1% li natriy oleat tuzi eritmasidan 
moyning suvdagi (m/s) yuqori konsentrlangan emulsiyasi hosil qilingan. Bunda dispersion 
muxit yupka pardadan iborat bo‘lib (kalinligi atigi 10 mkm ga yakin) shaklini yo‘kotayotgan 
yog‘ tomchilarining o‘rtasida joylashgan. Bunday emulsiyalar studen holatida bo‘lib, ularni 
pichok bilan kesish mumkin.
Emulsiyalarni agregat turg‘unligi va emulsiyalash qoidasi
E =  * s
bu
E — emulsiya hosil kilish uchun sarf bo‘lgan energiya (n/m)


— emulsiya zarrachalari yuzasining umumiy yigindisi 
(m
2
) у — sirt taranglik kuchi (n/m)
Agregat turg‘unlikka ega bo‘lgan emulsiyalarni tayyorlashda (konsentrlangan emulsiya 
nazarda tutiladi) shu xildagi aralashmalar uchun to‘la faol emulgatorlar topish kerak. 
Emulsiyalarning tayyorlanishi har doim mexani- energiyani sarf bo‘lishi bilan bog‘li-dir.
Emulsiyalarning hosil bo‘lishi zarrachalar sonini oshishi va shu barobarida yangi yuza 
hosil bo‘lishi bilan bog‘li- jarayon hisoblanadi.
Emulsiya hosil bo‘lishida sarflangan quvvati esa ana shu yuza va sirt taranglik kuchi 
bilan bog‘li-dir.
Formuladan ma‘lumki, fazaning sirt taranglik kuchi qancha katta bo‘lsa, undagi erkin sirt 
energiyasining kuchi shuncha ko‘p bo‘ladi, emulsiya hosil kilishda sarflangan quvvati 
ko‘payadi. Bunday holat termodinamik jixatdan barkaror bo‘lmay, o‘z-o‘zidan sistemadagi 
erkin zaxira energiyasini kamaytirish tomoniga siljitadi.
Amalda bu holat tomchilarning bir-biri bilan birlashib, o‘z-o‘zidan yiriklashishiga sabab 
bo‘ladi. Yiriklashish natijasida emulsiyalarning to‘liq buzilishi va ikki qavatga ajralishi yuz 
beradi. Emulsiyalarni alohida mayda zarrachalar holida agregat turg‘unligini sa-lash uchun 
dispers holatda saqlash kerak. Buning uchun esa sirt taranglik va ayniqsa, erkin sirt energiya 
birmuncha kamaytirilishi zarur.
Amaliyotda bu vazifa suyuqliklardagi sirt taranglikni kamaytiradigan, suyuqliklar sathida 
mustaxkam ximoya parda hosil kila oladigan moddalar yordamida amalga oshiriladi. Bunday 
moddalar sirt-faol moddalardir (SFM). Misol orqali tushuntirilganda: benzolni suv bilan 
aralashmasida E=35 dina/sm bo‘lsa, emulsiya tez katlamlarga ajraladi. E=10 dina/sm bo‘lganda 
emulsiya hosil kilish osonlashadi. E=1 dina/sm bo‘lsa aralashma o‘z-o‘zidan emulgirlanib, 
hosil bo‘lgan emulsiyaning turg‘unligi bir necha marta oshadi. Sirt-faol modda — emulgator 
elektrolit bo‘lsa, dispers fazadagi zarrachalarning ustki qismida ikki qavatli elektr katlamini 
hosil qiladi va barkarorligini oshiradi.
Sirt-faol moddalar emulgatorlar faza sathidagi moy-suv sirt oraligidagi erkin kinetik 
energiyani kamaytiradi va sistema turg‘unligini ta‘minlaydi.
Bu holat dispers fazada yopishgan emulgatordan hosil bo‘lgan, ximoya qavat, ya‘ni sirt-
faol modda qavati xususiyatiga bog‘liq. Emulgatorlar molekulasi yoki mitsellasi faza 
chegarasida tartibli ravishda chegaralangan chizma bir yoki bir necha qator bo‘lib joylashadi. 
Mitsellalar joylanishi shu emulgator molekulasi tarkibidagi funksional kimyoviy guruhlar 
xossasiga bog‘liq. Bu guruhlar gidrofil xossaga ega bo‘lsa, mitsellalarning ana shu guruhlari 
suvda eriydi va suv bilan yaxshi aralashadi. Natijada suv emulgirlangan zarrachalar —
mitsellalar bilan yaxshi aralashadi. Emulgator yaxshi eriydigan suyuqlik dispersion muhit 
hisoblanadi. Shunday qilib turg‘un m/suvdagi emulsiyasini hosil kilish uchun gidrofil xossasi 
bo‘lgan, suvda yaxshi eriydigan va yog‘ tomchilari sathini o‘rab ustida ximoya parda hosil qila 
oladigan emulgator kerak. Suvning yog‘dagi emulsiyasini hosil kilish uchun oleofil yoki 
yog‘da yaxshi eriydigan emulgator zarur. Dispers fazadagi tomchilarning katta-kichikligi 
sarflangan energiyani miqdoriga, ikki faza o‘rtasidagi sirt taranglik kuchini pasayishiga bog‘liq. 
Ayniqsa gomogenizatsiya usuli bilan emulsiya tayyorlashda katta mexanik kuch sarflansa 
turg‘un emulsiya hosil kilish mumkin. Gomogenizatsiya usulida emulsiyani faqatgina 
dispersligi oshmasdan, uning turg‘unligi ham oshadi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling