Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

15 Laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: MOYLI VA URUG'LI EMULSIYALAR TAYYORLASH XUSUSIY
TEXNOLOGIYASI, ULAR BILAN BOG’LIQ HISOBLAR.
O‘qitish maqsadi: Moyli va urug’li emulsiyalar tayyorlash xususiy texnologiyasi, ular
bilan bog’liq hisoblar bilan tanishish, ma‘lumotlarni o’rganish.
Mavzuni ahamiyati: Moyli va urug‗li emulsiyalar tayyorlash xususiy texnologiyasi, ular
bilan bog‗liq hisoblar haqida bilimga ega bo‘lish, ma‘lumotnomalar, adabiyotlarni o‗rganish.
Vaziyatli masalalar:
Rp.: Olei Ricini 10,0 
Aq. purif. ad 
100,0
Misce ut fiat emulsum
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
50 g kraxmal eritmasi tayyorlab olinadi, so‘ng uni sovitib havonchaga solinadi. Ustiga oz-
ozdan 10 g kanakunjut moyi qo‘shib emulgirlanadi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgach, 50 ml 
suv qo‘shiladi. Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?
Rp.: Emulsi ex oleis 200,0
D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.
Havonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So‘ng unga oz-ozdan 20 g shaftoli 
moyi (bodom moyi, zig‘ir moyi) qo‘shib bir tomonga qarab aralashtiriladi. So‘ng oz-ozdan 
qolgan 155 ml suv aralashtiriladi. Tayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan qo‘ng‘ir 
idishga solinadi. Emulsiya hosil bo‘lganini qachon bilish mumkin?
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
Emulsiya deb qaysi dori turiga aytiladi?
Yog‘li emulsiyalar tayyorlash bosqichlari qanday?
Emulsiya tarkibiga dori moddalarni kiritish usullari qanday?
Yog‘li emulsiyalarni tayyorlashda qaysi emulgatorlardan foydalaniladi?
Emulsiyalarning barqarorligi nimalarga bog‘liq?
Emulsiyalarning barqarorligini oshirishda emulgatorlarni roli nimadan iborat?


Emulsiya barqarorligi qaysi faktorlarga bog‘liq?
Emulsiyalar necha tipda bo‘ladi va qanday aniqladi?
Emulsiyalarni saqlanish davrida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?
Emulsiyani sifatini aniqlashda asosiy ko‘rsatkichlari nimadan iborat ?

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling