Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Suspenziyalarni kondensatsion usul bilan tayyorlash 2 xil usulda olib boriladi
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiyasi
- Tushuntirish matni Suspenziyalarni kimyoviy usul bilan tayyorlash
Suspenziyalarni kondensatsion usul bilan tayyorlash 2 xil usulda olib boriladi. Bu
usul bo‘yicha tayyorlashni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin. Oling: Kaliy bromid eritmasi 3%-100 ml (1:5) Natriy bromid 3.0 (1:5) Valeriana tindirmasidan 5 ml A.B.B. 1des.-. 3 max.ich. Hisoblash: Kaliy bromid eritmasi (1:5) 3x5=15 ml Natriy bromid eritmasi (1:5) 3x5= 15 ml Tozalangan suv 100-30 =70 ml Valeriana tindirmasidan 5 ml Umumiy hajm 105 ml Texnologiyasi: Bemorga beriladigan qo‘ng‘ir shisha idishga 70 ml suv o‘lchab olinadi va ustiga 15 ml (1:5) kaliy bromid va 15 ml natriy bromid (1:5) eritmalaridan qo‘shib va oxirida 5 ml valeriana tindirmasidan oz-ozdan qo‘shib , chayqatiladi (aks xolda cho‘kma xosil bo‘lib qolishi mumkin) va tiqin bilan berkitilib, jixozlab, bemorga beriladi. Tushuntirish matni Suspenziyalarni kimyoviy usul bilan tayyorlash . Kimyoviy yo‘l bilan suspenziya tayyorlashga qo‘rg‘oshin atsetat bilan ammoniy xloridni misol qilib keltirish mumkin. Oling: Ammoniy xlorid 3.0 qo‘rg‘oshin atsetat 3.0 Oltingugurt 3.0 Glitserin 25 ml Etanol 25 ml Tozalangan suv 200 ml gacha A.B.B. Sochga surtish uchun Buning uchun xar ikki moddani xovonchada ezib, oz-ozdan suv qo‘shib aralashtiriladi, bunda quyidagi reaksiya boradi: NH 4 Cl - Pb(CH 3 COO) 2 = PbCl 2 - 2CH 3 COONH 4 Texnologiyasi: Havonchada oltingugurt glitserin ishtirokida ―qiynash‖ usulida tayyorlanadi. 100 ml suvni ikkiga bo‘lib, bir qismida ammoniy xloridni, yana qismida qo‘rg‘oshin atsetatni eritib olamiz. Ikkala eritmani bemorga beriladigan idishga filtrlab o‘tkazamiz, analiz vaqtida zarrachalar kattalashuvi ko‘zga tashlanadi, so‘ngra xovonchada maydalangan oltingugurtni glitserin va qolgan 100 ml suv bilan yuvib idishga o‘tkazamiz. Oxirida etil spirtining 90% ligidan (% ko‘rsatilmasa 90% ligi olinadi 582 – buyruqqa binoan) 25 ml qo‘shiladi. Jihozlab bemorga beriladi. Kuchsiz gidrofob xossani namayon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari , terpingidrat , benzaftol, fenilsalitsilat kabilari kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga qalqib chiqib flokulyasiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. SHunday xodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab kilinadi. Gidrofillash uchun ishlatilatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Masalan stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1g kuchli gidrofob xossaga ega bulgan moddaga -1g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bulgan moddalarga-0,5 jelatoza kushiladi. Stabilizatorlar ro‘yxati: O‘simliklardan olinadigan shilimshiq moddalari; Jelatoza(jelatinani chala gidroliz mahsuloti); Kraxmal kleysteri; Polisaxarid komplekslari; MS,KMS,PVP; Bentonitlar; Poliglyukin; Elimlar ; Spanlar; Tvinlar. Misol: Rp.: Sol. Natrii bromidi 0.5%-120 ml Camphorae 1.0 Coffeini natrii-benzoatis 0.5 M.D.S. 1 qoshiqdan 3 mahal Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy eritmasi (1:10), 3 ml 90% li etanol bilan maydalanadi. Sungra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldindan tayyorlab quyilgan eritma bilan chayib solinadi. Misol: Rp.: Extr. Bellalonnae 0.15 Phenylii salycilatis 2.0 Aquae puripicatae 100 ml M.D.S. 1 desert qoshqdan 3 mahal Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling