Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologiyasi
Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash. gidrofob moddalar:
kuchli gidrofob xossasiga ega kuchsiz gidrofob xossasiga ega moddalardir. Gidrofob moddalardan turg‘un suspenziyalar tayyorlash uchun ularga stabilizator qo‘shish kerak. Stabilizatorning turi va miqdori stabillanayotgan dorivor moddaning xususiyati va gidrofoblik darajasiga bog‘liqdir. Gidrofil moddalar kuchsiz gidrofob xususiyatli (terpengidrat, fenilsalitsilat, streptotsid, norsulfazol, sulfodimezin, sulfodimetoksin) va kuchli gidrofob xususiyatli (kamfora, mentol, timol, sera) bo‘ladi. Suspenziyalarni tayyorlashda zarrachalarning yiriklashishi – agregatsiya xolatini -aytarish hamda uning bar-arorligini oshirish maqsadida stabilizatorlar qo‘shiladi. Bunda gidrofil kolloid xosil -iluvchi jelatoza, elimlar, shilimshiq, 1%li MS, natriy KMS va shunga o‘xshash moddalar -o‘llaniladi. Bular odatda gidrofob moddalarning yarmi yoki barobar miqdorda olinadi. Kamfora, mentol spirtda yaxshi erigani uchun ulardan suspenziyalar tayyorlashda spirtning 90 % ligi bilan (kerakli miqdor da) xovonchada eziladi, so‘ngra kamfora mentolga barobar miqdorda elim yoki jelatoza va bq. emulgatorlar qo‘shilib, aralashtiriladi va suv bilan yuvib, beriladigan shisha idishga o‘tkaziladi, so‘ngra jihozlanadi. Endi kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan terpingidrat suspenziyani tayyorlashni ko‘rib chiqamiz. Oling: Terpengidrat 2.0 Natriy gidrokarbonat 2.0 Tozalangan suv 100 ml A.B.B. 1 des. - 3 maxal ichilsin. Hisoblash: Terpengidrat 2.0 g Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20) – 40ml Tozalangan suv – 60 ml Jelatoza 1.0 g Umumiy hajm 100 ml 60 ml tozalangan suv va 40 ml 5% li natriy gidrokarbonatni o‘lchab olamiz. Hovonchaga 2.0 g terpengidrat olib, 1 g jelatoza va 1.5 ml natriy gidrokarbonat eritmasidan (terpengidrat va jelatozaning yarmicha miqdorda) olib, bir xildagi massa xosil bo‘lguncha aralashtiramiz. Xosil bo‘lgan ―pulpa‖ning ustiga oz-ozdan natriy gidrokarbonat eritmasidan quyib, bemorga beriladigan idishga o‘tkazamiz. ―Ichishdan oldin chayqatilsin‖ yorlig‘i bilan jixozlab, bemorga beriladi. Endi kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan kamfora suspenziyani tayyorlashni ko‘rib chiqamiz. Oling: Kamfora 1.0 Tozalangan suv 100 ml A.B.B. 1 osh q. kuniga 3 maxal ichilsin. Texnologiyasi: Xovonchada 1.0 g kamfora 1 ml 90 % li spirtda maydalaniladi. Ustiga 1.0 g jelatoza va 0.5 ml suv qo‘shib , yaxshilab eziladi va oz-ozdan suv bilan bemorga beriladigan shisha idishga yuvib o‘tkaziladi. Tiqin bilan yopib, kerakli etiketkalar yopishtiriladi. Oltingugurt kuchli gidrofob xususiyatga ega bo‘lgan moddadir. Lekin bunga aloxida stabilizator qo‘shiladi. CHunki xamma ishlatiladigan stabilizatorlar uning farmakologik xususiyatini pasaytiradi. 1 g oltingugurtga 0.1-0.2 g kaliyli sovun qo‘shiladi. Kalili sovun kislotalar, og‘ir metallar tuzlari bilan erimaydigan tuzlar xosil qiladi, shuning uchun agar retseptda oltingugurt bilan birga shunday moddalar yozilgan bo‘lsa, kaliyli sovun miqdori ikki barobar oshiriladi.(1 g ga 0.2-0.4 g stabilizator). Oling: Oltingugurt 2.0 Glitserin 5.0 Tozalangan suv 100 ml A.B.B. Sirtga -o‘llash uchun Texnologiyasi: Xovonchada 2.0g oltingugurtni 1.0 g glitserin bilan eziladi va qolgan glitserinni solib aralashtiriladi. Aralashmani oz-ozdan suv bilan yuvib, beriladigan idishga to‘liq o‘tkaziladi, so‘ngra 0.2-0.4 g meditsina sovuni qo‘shiladi va chayqatiladi. Tiqin bilan berkitilib, ―Sirtga qo‘llash uchun‖ va ―qo‘llashdan oldin chayqatilsin‖ kabi yorliqlar bilan jihozlab, bemorga beriladi Suspenziyalarni kondensatsion usulda tayyorlash. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling