Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Jo’valash usulida tayoqchalar tayyorlash
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamchalarni tayyorlash usullari. Quyish usuli
Jo’valash usulida tayoqchalar tayyorlash.
Rp.: Xeroformii 0,2 Ol. Cacao 2,0 Ut. fiat bacillae longitudine 4 sm et diametro 4 mm. M. Divide in partes aequales N 4. D.S. Kseroform modda sifatida asosda ham, suvda ham erimaydi (shuning uchun kseroformni suspenziya ko’rinishida kiritiladi), uni yog’ning yarim miqdori bilan havonchada aralashtiriladi, keyin asosning qolgan miqdori qo’shiladi. Tayyor massa teng miqdorda 4 qismga bo’linadi, har qaysi qismdan 4 sm uzunlikda tayoqcha jo’valab olinadi. Tayoqchaning qalinligi uzunasiga bir xil bo’lishi va bir tomoni uchli bo’lishi kerak. Shamchalarni tayyorlash usullari. Quyish usuli Quyish usuli bo’yicha shamcha, sharcha va tayoqchalar tayyorlanadi (3, 4, 5-rasmlar), bunda hamma turdagi asoslar qo’llaniladi. Quyish maxsus qoliplar yordamida olib boriladi. Agar shamcha, sharcha va tayoqcha tarkibiga kiruvchi moddalar asosida eritilsa, bunda bu jarayonda quyiladigan moddalar oz-moz isitilgan holda quyiladi va oxirida sovutiladi. 3-rasm. Shamcha quyish qolipi. 4-rasm. Sharcha quyish qolipi. 5-rasm. Tayoqcha quyish qolipi. Tarkibga kiruvchi moddalar asosda erimasa solishtirma og’irligi har xil bo’lishi natijasida yaxshi aralashmaydi, unda modda taqsimlanishi har xil bo’lib ta’sir doirasi ham buzilish xavfi tug’iladi. Bunday hollarni oldini olish maqsadida quyidagilarga e’tibor berish kerak: 1. Eritilgan asosni konsistensiyasi quyuq bo’lishi kerak. 2. Massani qoliplarga quyishni tezlik bilan bajarish kerak. 3. Quyilgan formalar tez sovutilishi kerak. Quyish usulida gidrofob asoslarda shamchalar tayyorlash uchun kerakli miqdordagi dori modda va asos tortib olinadi. Shamcha asosini maxsus cho’michda yoki chinni kosachada suv hammomida 40-45 0 haroratda eritib olinadi. Erigan asosga yaxshi maydalangan dori modda qo’shib shisha tayoqcha yordamida aralashtiriladi. Ko’pincha aralashtirish jarayonida ko’plab havo pufakchalari kirib qoladi. Shunday paytda aralashtirishni to’xtatib, qorishmani suv hammomida biroz qizdirib olish kerak bo’ladi. Idishdagi qorishma bir oz sovigach quyuqlasha boradi va harorat 37-40 0 bo’lganda uni qoliplarga quyish mumkin. Qoliplar albatta sovitgichda kamida bir soat tutib turilgan bo’lishi kerak. Maxsus voronka yordamida qorishma qolipga quyiladi. Shamchalar qolipdan yaxshi ajralishi uchun qolip uyalarini oldindan vazelin moyi yoki sovunli spirt bilan artish kerak. Shamchalar to’liq qotguncha sovitgichda (taxminan 20-30 daqiqa) saqlanadi. Tayyor shamchalar yuqorida aytib o’tilgan tartibda jihozlanadi. Shamchalarni quyish usulda tayyorlashda kerakli asos miqdorini oldindan hisoblab topish kerak. Ma’lumki, qolip uyasining hajmi kakao moyi sig’imini ko’rsatadi. Masalan, qolip uyasining hajmi 3 g bo’lsa, u holda shu qolipda kakao moyidan quyib tayyorlangan shamchalar og’irligi 3 g bo’ladi deb tushuniladi. Dori modda ma’lum bir hajmni egallashini hisobga olgan holda, asos miqdorini bir oz kamaytirib olishga to’g’ri keladi. Aks holda qolipga qorishmani quyish vaqtida uning bir qismi ortib qoladi va natijada shamchalar tarkibidagi dori modda miqdori kam bo’lib qoladi (dozasi kamayadi). Demak, asosning kerakli miqdorini aniq bilish uchun dori modda qancha y hajmni egallashini topish kerak. Buning uchun o’rin olish koeffitsiyenti (K u ) yoki teskari o’rin olish koeffitsiyentidan (1/K u ) foydalaniladi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling