surtma tarkibidagi suv va xushbuy hidli moddalarning bug’lanishiga bog’liq. Sovituvchi surtmalar
yallig’lanish jarayonlari, o’tkir va qisman o’tkir formadagi ekzemalarda, dermatit
va boshqa teri
kasalliklarida ishlatiladi. Bu surtmalarning sovituvchi ta’siri tabiiy ravishda o’ziga xos bo’lib,
bunda suv uzluksiz-tutash faza hosil qiladi va hech qanday qarshilikka uchramay bug’lanadi,
sovituvchi ta’siri suvning bug’lanishi natijasidir. Moy/suv tipidagi emulsion surtmalarning bu
ta’siri bilan ham bog’lam ta’sir kuchi tenglashtiriladi. Suv/moy tipidagi
surtmalar sovituvchi
ta’sirga ega emas. Lanolin emulgatori bilan barqarorlashtirilgan bu surtmada mayda suv tomchilari
moyli asos bilan o’ralgan bo’ladi , bu esa suvning bug’lanishiga qarshilik ko’rsatadi. Surtma qalin
qatlamining ta’siri kompress bilan tenglashtiriladi. Biroq ba’zi hollarda suv/moy tipidagi emulsion
surtmalar sovituvchi ta’sirga ega bo’lishi mumkin. Bu hol qachonki suvli faza yirik o’lchamdagi
tomchilardan tashkil topsagina yuz beradi. Bunday surtmalar kvaziemulsion sistemalarni tashkil
qiladi.
Simob-metall emulsion surtmasi. Bu surtmalar dorixonalardan
tayyor shaklda yoki
offitsinal konsentrlangan kulrang simob surtmasini suyultirib beriladi. Quyida keltirilgan dorixatda
metallni simob emulsiyasi surtma tayyorlash jarayonida hosil bo’ladi.
Rp.: Hydrargyri oxydi flavi 1,0
Resorcini
Acidi salicylici aa 3,0
Vaselini
Lanolini
Adipis suilli depurati aa 10,0
M.f.unq.
D.S.Piodermiyani davolash uchun (Dare surtmasi).
Surtmaning davolovchi ta’siri sariq simob oksidi va rezorsin o’rtasidagi oksidlanish-
qaytarlish reaksiyasi natijasida aktiv simob hosil bo’lishiga asoslanadi. Lanolin va cho’chqa
yog’ining issiq aralashmasida salitsil kislota va rezorsin eritiladi. 0,6-0,7 ml vazelin moyida sariq
simob oksidi eziladi, shundan so’ng vazelin bilan yaxshilab aralashtiriladi. Keyinroq ikkala qismni
aralashtiriladi. Hosil bo’ladigan simobning mayda tomchilari
lanolin yordamida
turg’unlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: