Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovunli linimentlar — Saponimenta
Emulsiya tipidagi linimentlarni tayyorlash. Emulsiya tipidagi linimentlar geterogen
sistema bo’lib, suvning yog’dagi yoki yog’ning suvdagi emulsiya tiplari ko’rinishida bo’ladi. Bu tipdagi linimentlarning turg’unligini oshirish uchun ularga emulgatorlar (sirt faol moddalar) qo’shiladi. Emulsiya tipidagi linimentlarga ammiakli yoki uchuvchan liniment (Linimentum 20 I.I. Krasnyuk, G.V. Mixaylova, L. I. Muradova Farmatsevtichesaya texnologiya texnologiya lekarstvennix form.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2011. (422 bet) ammoniatum seu Linimentum volatile) va ohakli liniment (Linimentum calcis) ni misol qilib keltirishimiz mumkin. DF IX bo’yicha tarkib: Rp: Solutionis Ammonii caustici 25,0 Acidi Oleinici 1,0 Olei Helianthi 74,0 M.DS. Dorixatni tayyorlash uchun quruq idishga 74,0 g kungaboqar moyidan va 1,0 g olein kislotasidan tortib olib to kislota erib ketguncha yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga novshadil eritmasidan 25 ml quyib bir xil oq rangli suyuqlik hosil bo’lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan emulsiya tipidagi linimentda emulgator rolini olein kislotasining ammoniyli tuzi — oleat ammoniy o’taydi. C 17 H 33 COOH + NH 3 = C 17 H 3 COONH 4 Uchuvchan liniment bir xil oq-sarg’ish rangli quyuq suyuqlik bo’lib, kuchli ammiak hidiga ega. Saqlash davrida ammiakning uchishi hisobiga, uning miqdori kamayishini hisobga olgan holda bu liniment keragida tayyorlanadi. Sovunli linimentlar — Saponimenta Sovunli linimentlar asosida tana haroratida erish xususiyatiga ega bo’lgan natriyli sovun spirtlari yotadi. Sovunli linimentlar tarkibiga odatda efir moylari, ammiak eritmasi, yod, ixtiol, fenol, kamfora, rezorsin kabi moddalar kiradi. Rp.: Saponis medinalis 8,0 Spiritus aethylici 84,0 Camphorae 2,0 Ol. Citri Ol. Rosmarini 0,4 Ol. Thymi 0,2 Sol. Ammonii caustici 5,0 MDS. Revmatizmda surtish uchun. Kolbada meditsina sovunini 90% li etil spirtida, suv hammomida eriguncha qizdiriladi va tezda filtrlanadi. Issiq eritmada kamfora eritilib, sovugandan so’ng efir moylari va ammiak eritmasi qo’shiladi. Aralashmani shisha idishlarga qadoqlab to’liq soviguncha sovitgichga quyiladi. Geterogen tipdagi linimentlarga emulsion linimentlar kiradi. Emulsion linimentlar S/M va M/S tipiga bo’linadi. Oling: Kungaboqar moyi 74,0 Ammoniy eritmasi 25,0 Olein kislota 1,0 Aralashtiring. Bering. Belgilang. Bo’ginlarga so’rtish uchun yuqoridagi birikmalar emulsiya tipdagi linimentni hosil qiladi (M/S). Bemorga beriladigan shisha idishda olein kislotani kungaboqar moyida eritib, ustiga ammoniy eritmasi qo’shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Bu liniment uchuvchan liniment yoki ammoniyli linimenti deb ataladi. (Linimentum ammoniatum seu linimentum volatile) Oling: Zigir moyi Kaltsiyli suv teng miqdorda 25,0 Aralashtiring. Bering. Belgilang. Kuygan joyga ishlatilsin. Tayyorlash: 25 g zig’ir moyi va 25 g kaltsiyli suv shisha idishda yaxshilab chayqatib aralashtiriladi. Tayyor mahsulot emulsiya tipidagi (S/M) linimentni hosil qiladi. Bu liniment (Linimentum calcis) deb ham yuritiladi. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling