Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish: Test nazorat savollari.
Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash
Tarkibida antibiotik bo’lgan surtma dorilar asеptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazеlin (4:6) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Chunki pеnitsillin va boshqa antibiotiklar toza vazеlindagi aralashmada tеriga qiyin so’riladi. Asoslar stеril holatda ishlatiladi. Rp: Unguenti Benzylpenicillini - natrii Unguenti Erythromycini ana 10,0 Misce. Da. Signa. Ko’z surtmasi. Stеril havonchaga 50000 TB (0,03 g) pеnitsillin (1 g surtma doriga 5000 TB to’g’ri kеladi) va 100000 TB (0,11 g) eritromitsin (1 g surtma doriga 10000 TB to’g’ri kеladi) o’lchab olinadi, unga stеrillangan asosdan oz-ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» dеb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Tеtratsiklin gidroxlorid, strеptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori yuqorida kеltirilgandеk tayyorlanadi. Antibiotiklarning ko’pchiligi yorug’lik ta'siriga chidamsiz bo’ladi. Shuning uchun ularni og’zi mahkam bеrkiladigan chinni yoki shisha idishga solib bеrish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga» va qo’shimcha «Salqin joyda saqlansin» dеb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Talabalarini o‘zlashtirishini tekshirish: Test nazorat savollari. 1. Antibiotiklar bilan surtmalar tayyorlashda asosni qanday tayyorlanadi? -60 qism vazelin+30 qism lanolin; -60 qism vazelin +40 qism lanolin; -70 qism vazelin + 30 qism lanolin; -50 qism vazelin + 50 qism lanolin. 2. Levomitsitin antibiotigining xossasi qanday? -suvda spirtda yaxshi eriydi; -haroratga chidamli; -zarrachalari yirik; -tez oksidlanuvchan. 3. Levomitsitin, penitsillinlarni eritish uchun qanday eritmalar qo’llaniladi? -izotonik eritmalar; -bufer eritmalar; -organik erituvchilar; -spirtlieritmalar. 4. Antibiotiklar qanday olinadi? -Antibiotiklar zamburug’lardan va sintetik usullarda olinadi; -Antibiotiklar o’simlikdan olinadi; -Antibiotiklar mikrorganizmlardan olinadi; -to’g’ri javob yo’q. 5. Antibiotiklar bilan eritma tayyorlashda pH sharoiti hisobga olinadimi? -Ha; -Yoq. 6. Antibiotiklar bilan tayyorlangan suyuq dorilar saqlanish muddati qancha? -1 kun; -2 kun; -5 kun; -1 oy. 7. Antibiotiklar bilan poroshoklar qanday tayyorlanadi? -Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni umumiy tayyorlash texnologiyasiga asoslangan holda tayyoralanadi; -Antibiotiklar bilan poroshoklar umumiy tayyorlash bo’yicha tayyorlanadi; - Antibiotiklar bilan poroshoklar oddiy usulda tayyorlanadi; -Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlashda og’irlik usulda tayyorlanadi. 8. Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlanganda qanday usulda o’lchanadi? -og’irlik usulda; -og’irlik hajm usulda; -hajm usulda; -hammasi to’g’ri. 9. Antibiotiklar qanday sharoitda tayyorlanadi? -Antibiotiklarni aseptik sharoitda tayyorlanadi; -Antibiotiklarni tayyor yordamchi moddalarga aralashtirib tayyorlanadi; -Antibiotiklarni tayyor yordamchi moddalar bilan birga sterillab tayyorlanadi; -Antibiotiklarni qayta sterillab tayyorlanadi. 10. Ko’rsatilgan retseptni qaysi biri to’g’ri? - Oling: Sintomitsin Streptotsid Sulfadimezin teng miqdorda 1,0 A.B.B - Oling: Sintomitsin 25 TB Streptotsid Sulfadimezin teng miqdorda 1,0 A.B.B - Oling: Sintomitsin 500000 TB Streptotsid Sulfadimezin teng miqdorda 1,0 A.B.B - Oling: Sintomitsin 250 TB Streptotsid Sulfadimezin teng mikdorda 1,0 A.B.B Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling