O’qitish maqsadi: Ko‘z surtmalari. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan yumshoq (surtma
va shamchalar) dorilar texnologiyasi bilan tanishish, ma’lumotlarni o‘rganish.
Mavzuni ahamiyati: Ko’z surtmalari, antibiotiklar bilan tayyorlanadigan
yumshoq dori
turlari klassifikasiyasi, tayyorlash texnologiyasini, аntibiotiklar bilan tayyorlanadigan shamchalar
va surtmalarning texnologiyasining o’ziga xosligi, antibiotiklar bilan tayyorlanadigan dori turlari
ko’z surtmalariga qo’yiladigan talablar, ma’lumotnomalar, adabiyotlarni o‘rganish.
Vaziyatli masalalar:
1. Oling: Benzilpenitsillin natriyli tuzidan 100000 TB
Vazelin moyidan 1,0
Lanolindan 1,0
Vazelindan 8,0
Aralashtir.Ber. Belgila. ko’zga 2 mahal
Talaba 0,05 g antibiotikni 10,0
g vazelin moyi bilan ezib, unga asos qo’shib aralashtirdi. “Koz
uchun” yorlig’i bilan yorliqlandi. Retsept to’g’ri tayyorlandimi?
2. Oling: Streptomitsin sulfatdan 100000 TB
Analgindan
Novokaindan teng barobar 0,2
Kakao moyidan 1,5
Aralashtiring shamcha hosil bo’lsin
Shunday miqdorda 20 dona ber.
Belgila. 1ta shamchadan 2 mahal
Talaba 2,0 g antibiotikni
havonchada maydaladi, unga 4,0 g analgin va novokain qo’shib , oz-
ozdan 30,0 g kakao moyidan qo’shdi. Bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtirdi. So’ngra unga
lanolin qo’shib aralashtirdi. 20 dona shamcha yasadi. Qadoqlab, yorliqladi.
Do'stlaringiz bilan baham: