Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
-mavzu. Ko‘z surtma dorilari, xususiy texnologiyasi. Antibiotiklar bilan
Download 4.79 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtik texnologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-mavzu. Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari
- IV.Amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar
17-mavzu. Ko‘z surtma dorilari, xususiy texnologiyasi. Antibiotiklar bilan
tayyorlanadigan yumshoq dorilar texnologiyasi Ko‘z surtma dori turlari, ularning texnologiyasida qo‘llaniladigan asoslar. Ko‘z surtmalarining texnologiyasi, sifatini baholash. Antibiotiklar bilan surtmalar tayyorlash, qo‘llaniladigan asoslar Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan surtmalarning ofitsinal tarkiblari. Antibiotiklar bilan shamcha dori turini tayyorlash texnologiyasi. 18-mavzu. Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari Dori shakllarida uchraydigan nomutanosibliklar, ularni bartaraf etish usullari (dori moddalarni va erituvchilarni almashtirish, dori shaklini almashtirish, preparat tarkibidagi bitta moddani alohida berish). Nomutanosibliklarning tasnifi. Fizikaviy nomutanosibliklar: ingredientlarning erimasligi, ingrediyentlarning aralashmasligi, kolloid eritmalar va YuMBlar eritmalarining koagulyasiyasi va b. Kimyoviy nomutanosibliklar: cho‘kma hosil bo‘lishi, dori preparatining konsistensiyasini o‘zgarishi va b. farmakologik nomutanosibliklar. IV.Amaliy mashg`ulotlar bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar “Farmasevtik texnologiya” fanidan amaliy mashg`ulotlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Fan bo’yicha mashg’ulotlar 50% nazariy (ma'ruza va laboratoriya mashg’ulot) va 50% laboratoriya qismdan iborat bo’lgan holda o’tkaziladi. Laboratoriya mashg’ulotning nazariy va laboratoriya qismi o’zaro bog’liq holda o’tkaziladi. Laboratoriya mashg`ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi. 5-semestr 1. Og‘irlik, hajm va tomchi bo‘yicha dozalarga bo‘lish. Retsept va unda ishlatiladigan qisqartmalar. Tarozilarning metrologik tavsifi. 2. Qiyin maydalanadigan, to‘zg‘uvchi va bo‘yovchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash, sifatini baholash. 3. Turli agregat holatdagi ekstraktlar va efir moylari bilan poroshoklar tayyorlash, sifatini baholash. 4. Trituratlar texnologiyasi. Zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bilan murakkab poroshoklar tayyorlash, sifatini baholash. 5. Yig‘malar. Tuzlar, efir moylari va spirtda eruvchi moddalarni yig‘malar tarkibiga kiritish. Yig‘malar sifatini baholash. 6. Suvli eritmalar. Qiyin eriydigan va kompleks birikma qosil qiladigan moddalardan eritmalar tayyorlashni o‘ziga xos tomonlari 7. Konsentrlangan eritmalarni tayyorlash, ularni suyultirish va quyultirish usullari. 8. Byuretka qurilmasidan foydalanib konsentrlangan eritmalar, galen preparatlari, 3% va undan ko‘p quruq moddalardan foydalanib miksturalar tayyorlash. 9. Kimyoviy va shartli nomlar bilan keltirilgan farmakopeya suyuqliklarni suyultirish usullari. 10. Uchuvchan va uchuvchan bo‘lmagan erituvchilarda eritmalar tayyorlashning xususiy texnologiyasi. 11. Sirtga va ichish uchun mo‘ljallangan tomchilar tayyorlash texnologiyasining o‘ziga xos tomonlari, sifatini baholash. 12. Chekli va cheksiz bo‘kuvchi yuqori molekulali birikmalar texnologiyasini o‘ziga xos tomonlari. Kolloid eritmalar texnologiyasi. 13. Gidrofil moddalaridan suspenziyalar tayyorlashning xususiy texnologiyasi, ularning sifatini baholash. 14. Kuchli va kuchsiz gidrofob xususiyatga ega moddalardan suspenziyalar tayyorlash. Sifatini baholash. 15. Moyli va urug‘li emulsiyalar tayyorlash xususiy texnologiyasi, ular bilan bog‘liq hisoblar. 16. Suvli ajratmalar. Damlamalar tayyorlash, damlamalarga dori moddalarini qo‘shish usullari. 17. Qaynatmalar tayyorlash va ularga dori moddalarni qo‘shish usullari. 18. Shilimshiqlar va ularni tayyorlash. Suyuq va quruq ekstrakt konsentratlardan suvli ajratmalar tayyorlash. Download 4.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling