Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Ekstraktlar bilan miksturalar tayyorlash


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Ekstraktlar bilan miksturalar tayyorlash
Suyuq dori tarkibiga kiruvchi quruq ekstraktni dastlab hovonchada maydalab olinadi, 
so‗ng erituvchi bilan yordamchi idishga yuvib solinadi.
quyuq ekstrakt filtr kogozida ulchab olinadi, so‗ngra hovoncha dastasining boshchasiga 
epishtiriladi. Filtr qogozga bir necha tomchi suv tomizilib ekstraktdan ajratib olinadi. Ekstrakt 
hovonchada ozrok suv bilan eritiladi, keyin qolgan suvni qo‗shib tulik erib ketguncha 
aralashtiriladi. Tayyor eritma shisha idishga solinadi.
Suyuq ekstraktlar esa tayyor miksturaga oxirida qo‗shiladi.
Rp.: Extracti Belladonnae 0,2
Natrii salicylatis 0,6
Glycerini 20,0
Aquae Menthae 180 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Agar dorixonada belladonnaning quruq ekstrakti bo‗lsa, undan 0,4 g olib hovonchada 
eziladi va 90 ml yalpiz suvida eritiladi. qolgan 90 ml xushbuy suvda natriy salitsilat eritilib, 20 g 
glitserin ulchab olingan idishga suziladi. Ustiga ekstrakt eritmasi qo‗shib chayqatiladi. Tayyor 
miksturaga tegishli yorliq epishtiriladi.
CHeklangan bukuvchi YUMB lar eritmasini tayerlash
Dori texnologiyasida eng ko‗p ishlatiladigan cheklangan bukuvchi YUMB larga jelatin,


kraxmal, metilsellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza, polivinol va xokazolar kiradi.
Bu eritmalar texnologiyasi o‗ziga xos bo‗lib, har biri qo‗shimcha jarayonlarni talab qiladi.
Rp.: Chlorali hydrati 5,0
Mucilaginis Amyli 200,0
M.D.S. 1 osh qoshiqdan yotishdan oldin.
Pasporti: Kraxmal 4,0
Sovuq suv 16 ml
qaynoq suv 180 ml
Xloralgidrat 5,0
M um =200,0
Kraxmal eritmasi VII DF ning 304-maqolasi buyicha 1:50 nisbatda og‗irlik usulida 
tayyorlanadi. CHinni kosachada 4 g bugdoy kraxmali 16 ml sovuq suv bilan aralashtiriladi. Hosil 
bo‗lgan suspenziya 180 ml kaynok suv ustiga solinib, qaynaguncha qizdiriladi. Agar eritma 
kartoshka kraxmalidan tayyorlansa, 1—2 daqiqa qaynatiladi. Undan ko‗p qaynatilsa kraxmal 
gidrolizga uchrashi mumkin. Eritma sovutilib og‗irligi 200 g ga (tozalangan suv bilan) etkaziladi 
va eritmada 5 g xloralgidrat eritilib doka orqali kungir idishga suziladi, kerakli erlik epishtiriladi.
Xloralgidrat issiq suvda parchalanadi, qizdirilganda esa uchib ketadi. SHuni esda tutish 
lozim.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling